O`quvchilarni kasbga yo`naltirishning diagnostik metodikasi


Kasbga yo‘naltirish bosqichlari mazmuni


Download 171 Kb.
bet6/8
Sana12.02.2023
Hajmi171 Kb.
#1192295
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish

Kasbga yo‘naltirish bosqichlari mazmuni. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bitirgan o‘quvchilarning taxm inan 90 foizi kasb-hunar kollejlariga, 10 foizi esa akademik litseylarga o‘qishga borishlari mo‘ljallangan. Bunday ijtimoiy talablarni qondirish maqsadida maktabda kasbga yo‘naltirish yuzasidan olib boriladigan ishlarni mazm unan yangilash, izchil yo‘lga qo‘yish zarurligi yuzaga kelmoqda. Dars jarayonida xalq xo‘jaligida bevosita ishlab chiqarish bilan mashg‘ul mehnat ahllariga hurm at va izzat tuyg‘ularini singdirib borishga alohida e’tibor qaratish lozim. Kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va metodlari o‘quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozim. Maktabda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini yo‘lga qo‘yishda an’anaviy amaliy mashg'ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o‘yin, konferensiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Umumiy o‘rta ta’lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mashg'ulotlar 8—9-sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda kasblar haqida «0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi» asosida axborot berish davom ettirilishi bilan bir qatorda o‘quvchilarga kasb egallash yo‘llari, kasb tanlashda tibbiy nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hokazo tushunchalar berib boriladi. iMaktabda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish birgina mehnat ta’limi o‘qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamc isining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi isliidir. Maktabda fan o‘qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog‘lab o‘tishsa, maktab psixologi va rahbariyati o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga oigan holda ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o‘quvchilarga kasb tanlashlarida ko‘mak bergan bo‘Iishadi. Shu bilan birga takrorlash zarurki, 0 ‘zbekiston Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning qabul qilinishi, o‘quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish, ish o'rinlarini bo‘shab qolish jarayonlari jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo‘yiladigan sifat talablari oshib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling