O`quvchilarni kasbga yo`naltirishning diagnostik metodikasi
Download 171 Kb.
|
mustaqil ish
Didaktik printsiplar
Maktabda tarbiya bilan chambarchas boglik ta`lim jarayonini tashkil etishga asos buladigan etakchi qoidalar didaktik printsiplar xisoblanadi. Didaktik printsiplarga ta`lim va tarbiyalning birligi, ilimiylik, nazariya bilan amaliyotning boglikligi, izchillik va sistemalilik, kursatmalilik, onglilik va aktivlilik kabilar kiradi. Didaktik printsiplar uzaro boglikdir. Shu sababli xar bir konkret mashgulotni utkazishda bir yula kator didaktik printsiplarning talablarini xisobga olish va ularni kompleks amalga oshishi uchun sharoit yaratish kerak. Masalan, ta`limda ilimiylik printsipini ta`minlash bilan ukuvchilarning onglilik va aktivligiga ason erishish mumkin va aksincha, agar ukuvchilar ta`limga nisbatan ongli va aktiv munasabatta bulsalar, ta`limning ilimiylik saviyasini ta`minlash oson buladi. Agar ta`limda kursatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning amaliyot bilan boglikligi printsipi xam amalga oshadi. Va aksincha, agar nazariyani urganish amaliyot bilan uzviy boglik olib borilsa, ta`limda kursatmalilikni ta`minlash uchun sharoitlar yaratiladi. Xamma ukuv predmetlari uchun didaktik printsiplar umumiydir, ammo xar bir konkret xolda ularni kullash uz xususiyatlariga ega. Didaktika pedagogikaning ta`lim jarayoni umumiy konuniyatlarini urganadigan kismidir. Didaktika grekcha suz bulib, sabok buladigan degan suzdan kelib chikadi. Suzma suz tajriba kilganda didaktika ta`lim nazariyasi demakdir. Didaktika xususiy metodikalar bilan boglangan xolda barcha ukuv fanlari uchun umumiy konun va koydolarni belgilab beradi. Mexnat va kasib ta`limi o`qitish uslubi fanidan bu tamoyilar mexnat darslari jarayonida qanday tadbiq etilishini ko`rib chiqamiz. 1.Onglilik va aktivlik printsipi- o`quvchilar o`z bilimlarini amalda ko`llay olsalargina ta`limda onglilikga erishilgan deb xisoblash mumkin. O`quvchi kilayotgan ishining mazmunini yakkol tasavvur kilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Ta`limdagi onglilik o`quvchilarning aktivligi bilan uzviy bog`likdir. Mexnat ta`limi jarayonida o`quvchilar aktivligining rivojlanishi uchun aloxida yaxshi sharoit yaratiladi. Bu sharoit avvalo mexnatning unumligi xarakteridan iborat buladi. Agar o`quvchilar o`z mexnatlarining natijasi biror ijtimoiy foydali maksadga muljallanganligini bilsalar, zo`r kizikish xamda topshiriqni sifatli va muddatida bajarish ishtiyoqi bilan ishlashi aniqlangan. Shu sababli korxonaning, otalikdagi bolalar bog`chasining maktab o`quv kabinetlarining o`quvchilar bajara oladigan va dastur mazmuniga javoban beradigan buyurtmalaridan mexnat ta`limi o`qituvchisi o`quvchilar aktivligini oshirishning muxim vositasi sifatida foydalanishi kerak. Bu printsip o`quvchilarda materialistik dunyoqarashni shakllantiradi. 2.Ilimiylik printsipi – Mexnat ta`limi jarayonida o`quvchilar xar xil materiallarga ishlov berish, elektro montaj ishlarini bajarish, mexanizmlarni yig`ish va boshqalarni o`rganadilar. Shu bilan birga ularda ma`lum malaka va kunikmalar tarkib topib kolmay, o`rganilayotgan mexnat operatsiyalarining ilmiy asoslari xakida tushincha xam xosil bo`ladi. Ilmiy asoslar o`quvchilarning umumiy rivojlanishini va fan asoslariga oid bilimlarini xisobga olib tushunarli formada bayon kilinadi. Mexnat ta`limida ilimiylik printsipini ta`limni eng yukori ilmiy-nazariy saviyada o`tkazish talabi sifatida emas, ta`lim jarayonini metodologik asosda, xozirgi zamon ilmiy-texnik ma`lumotlarga va o`quvchilarning fan asoslari buyicha bilimlariga tayangan xolda tashkil etish talabi deb tushinish lozim. Agar o`quvchilar xali o`rganmagan tabiiy ilmiy konuniyatlarga tayanadigan ma`lumotlarni bayon kilish zarur bulib kolsa, mexnat ta`limining vazifalarini bajarishdan bosh tortmaslik va ularni xal qilish yo`llarini izlash kerak. Xozirgi zamon texnologik ilg`or ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishadilar. Ilimiylik printsipi terminlarini to`g`ri ishlatishga o`rgatadi. (shtangen –tsirkul` tog`ri shtangan emas, kerno emas, kerner). 3.Sistemalilik va izchillik printsipi – o`qituvchi mexnat ta`limi jarayonida o`quv materialini ixtiyoriy ravishda emas, ma`lum koidalarga asosan bayon kiladi. O`quv materialini bayon kilishda uchraydigan ishlab chikarish texnologiyasidan birmuncha chetlanishlarning sababi soddadan murakkabga o`tishdek didaktik qoidani bajarish bo`lib xisoblanadi. O`rta maktabdagi mexnat ta`limining mazmunida ma`lum ketma-ketlik va sistemalilikni kayd etish mumkin. Boshlangich maktab o`quvchilari ishlov berish nisbotan osonrok va turmishda tez-tez uchrab turadigan materiallarga ishlov berish usullari bilan tanishadilar. Sinfdan-sinfga utgan sayin o`quvchilar murakkabrok mexnat kurollari ishlatishini, kup jismoniy kuch sarflash xamda psixik rivojlanishning yuksak darajada bulishini talab kiladigan materiallardan detallar tayyorlash usullarini o`rgana boradi. Sekin asta ular mashina mexnatiga, oldin sodda, keyinchalik murakkab mashinalarning kurilishini urganishga jalb kilinadi. O`quv materialini to`g`ri taksimlash ya`ni oddiydan murakkabka, oddiy operatsiyalardan qiyiniroq operatsiyalarni bajarishga o`tishni talab qiladi. 4.Nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi – nazariyaning amaliyot bilan bog`lig`lik printsipini amalga oshirish uchun ularning inson faoliyatining bir-biridan ajralmas ikki tamoni ekanini, nazariyadan amaliyotda foydalanish, amaliyot esa ko`pincha yangi nazariy kashfiyotlar uchun asos bulishi xa`ida qoidani o`quvchilarga tushintirish va ta`lim jarayonida doim eritib borish zarur. Mexnat ta`limi jarayonida ayniqsa nazariyani amaliyot bilan bog`lash uchun qulay sharoit yaratiladi, chunki ma`lumotlarning ko`p kismi o`quvchilarga ular ishni bilgan xolda topshirikni tog`ri bajara olishlari uchun beriladi. Mexnat ta`limi darslari odatda sof amaliy va sof nazariy darslarga bulinmaydi. Nazariy materiallar ayrim mashg`ulotlarga nazariy ma`lumotlarni o`rganishdan o`quvchilarning amaliy faoliyatiga bevosita o`tish ta`minlanadigan qilib taqsimlanadi. O`quvchilar nazariyaning amaliy faoliyat uchun axamiyatini va uzlashtirilgan amaliy tajriba orkali yangi nazariy bilimlar uzlashtirilishini bilib oladilar. Nazariyaning va amaliyotning xar xil formalari mavjuddir ( laborotoriya, ishlari, ekskursiya, praktik ish) bu bilan biz o`quvchilardagi bilimni sifatini oshirishga erishamiz. 5.Ta`lim va tarbiyaning birligi- ta`lim jarayonida o`quvchilarni tarbiyalash sodir bo`ladi. Mexnat ta`limi o`quvchilarga mexnat tarbiyasi berish, ularni mexnatga psixologik jixatdan tayorlash maxsadida maktab o`quv rejasiga majburiy predmet sifatida kiritilgan. Mexnat tarbiyasi muxim ta`limiy masalalardan biri sifatida qaralishi kerak, bu masala ish ob`ektlarini tanlashda, mashg`ulotlarni tashkil kilish va xakozalarda xisobga olinadi. O`quvchilarning mexnat ta`limi jarayonida faoliyatlarining xarakteri mexnat ta`limi uchun eng qulay sharoit yaratadi. Avvalo o`quvchilarda mexnatga ijobiy munosabat tarkib topadi va bu o`quvchilar o`z topshiriklarini katta ma`suliyat va juda ishtiyok bilan bajarishlarida namayon buladi. O`quvchilar unumli mexnatga qo`shilib, jismoniy mexnat uzining ijtimoiy axamiyati buyicha akliy mexnatdan qolishmasligini tushuna boshlaydalar. Mashg`ulotlar tug`ri tashkil qilinsa, o`quvchilarda kollektiv bulib ishlash xissi mustaxkamlanadi, chunki ular bir-birlari bilan ishlab chikarish munosabatlariga kirishadilar. Mexnat ta`limi jarayonida o`quvchilarga mexnat madaniyatining umumiy qoidalari (ish kiyimlariga karash, ish joylarini batartib tutish, sozlangan asbob bilan ishlash va boshqalar), materiallarga nisbatan tejamkorlik munasabatida bulish singdiriladi. Maktabda o`quvchi yolg`iz bilim ko`nikma va malakalarini egallabgina kolmaydi. Balki xar jixatdan mukammal tarbiyalanadi. Aqliy va jismoniy mexnat jarayonida xarakter xususiyatlari va xatti xarakat, ko`nikma va odatlarni tarbiyalaydi. Ta`lim jarayonida utilayotgan mavzu va mavzuchalarning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy ta`monlarini to`g`ri belgilash xam uni ta`lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta`minlash juda axamiyatga ega. 6.Ko`rsatmalilik printsipi- ustaxonadagi mashg`ulotlarda ko`rsatmalilik, avvalo texnik chizmaning xozirgi zamon ishlab chiqarishidagi ro`li bilan bog`lik xolda aloxida axamiyat kasb etadi. Chizmani o`qish mexnat topshirig`ini bajarish bosqichlaridan biri. Bundan tashqari chizmachilikka oid ayrim bilimlarsiz o`quvchilarga konstruktsiyalash va texnologiya elementlarini o`rgatib bo`lmaydi. Chizmachilik 7-sinfdan o`qitilishi sababli mexnat ta`limi o`qituvchisining uzi chizmachilik bo`yicha ma`lumotlar berishiga tug`ri keladi. Ustaxonalardagi mashg`ulotlarda o`quvchilar chizmachilikdan chizmani o`qish, uncha murakkab bo`lmagan detalni tekislikdagi tasviri bo`yicha fazodan tasavvur qila olish uchun yetarli bilimlarni olishi zarur. Ustaxonalardagi mashg`ulotlarda kursatmalilikning keng tarqalgan xamma turlari-tarkatma material, plakatlar, modellar, diapozitivlar, kinofil`mlar va boshqalardan foydalaniladi. Ko`rsatmalilik o`quvchilarini qiziqishini orttiradi va qiziqtiradi, o`tilaetgan darsni yaxshi esda saqlab qolishga yordamlashadi. 7.Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallashning puxtaligi (Mustaxkam puxta uzlashtirish)- xozirgi fan-texnika rivojlangan, yil sayin bilimlar xajmi g`oyat jadal o`sib borayotgan sharoitda o`kitish jarayonini shunday tashkil kilishga to`g`ri keladi, maktabni bitirib chiqqanlar o`z amaliy faoliyatlari jarayonida yangi bilimlar, malakalar, ko`nikmalarni mustaqil egallashlari uchun eng kulay sharoit yaratilsin. Buning uchun bilim, malaka va kunikmalar puxtagina emas, moslashuvchan xam bo`lishi, o`quvchilar ularni yangi ishlab chiqarish sharoitlarida qo`llay olishlari kerak. Bunga o`quvchilar faqatgina o`tilayotgan darsni o`zlashtirib qolmay oldingi o`tilgan darslar yuzasidan malaka va ko`nikmalarni takomillashtiradilar, kerak bo`lib qolganda esa esga tushirib praktik ish mobaynida qo`llaydilar, politexnik ta`lim tufayli erishiladi.O`quvchilarda turli mexnat qurollari, texnologik protsesslarni ularning samaradorligini aniqlash maqsadida analiz qilish, taqqoslash malakalarini shakllantirish xam yordam beradi. Mexnat ta`limi sharoitida bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallash puxtaliligiga avvalo yangi materialni samarali bayon qilish xisobiga erishiladi. Bilimlar va malakalarning puxtaligini ta`minlashda mashqlarni yo`lga qo`yish va ta`limning texnik vositalarini qo`llash, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta axamiyatga ega. 8. Mehnatning o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan bo`lishi. (O`quvchilarni yosh va individual xususiyatlarni xisobga olish) – Mehnat ta`limi bo`yicha o`quv materialining mazmuni fan va texnika tarakkiyotining xozirgi zamon darajasiga mos, o`quvchilarga tushinarli bo`lishi shart. Shuning uchun ko`pincha o`quvchilarning o`quv materialini o`zlashtirishlarini osonlashtiradigan va ularni ancha qiyin nazariy va amaliy masalalar bilan tanishtiradigan har xil metodlarga murojat qilishiga to`g`ri keladi. Mehnat ta`limi o`quvchilarga tushinarli va bajara oladigan bo`lishi uchun nazariy ma`lumotlargina emas o`quvchilar organizmiga tushadigan jismoniy nagruzkalarni xam nazarda tutish lozim. Mehnat darslarida o`qituvchi charchashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va shunga ko`ra jismoniy nagruzkani boshqarib borishi lozim. O`quvchilarning individual xususiyatlari o`quv materialini, mehnat malaka va ko`nikmalarini o`zlashtirishlaridagina emas, mehnatga munasobatlarida ham namayon bo`ladi. O`quv materiallarini o`zlashtirish qobiliyatlari bo`yicha o`quvchilar bir-biridan sezilarli farq qiladi. Buning sababi o`quvchilarning ba`zilari oilada, ba`zilari texnik tugaraklarda mehnatga birmuncha tayorgarlik ko`radi. Mehnat ta`limi o`qituvchisi topshiriqlar tanlashda ana shularning hammasini xisobga olishi kerak. Amaliy ishni bajarish buyicha o`quvchilarni shartli ravishda uch guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh o`z qobiliyatlariga to`la ishongan, o`zlari uchun yangi bo`lgan ishga ishtiyoq bilan kirishadigan, dastlabki qiyinchiliklardayoq uzini yo`qotib qo`ymaydigan, o`qituvchidan yordam so`rashdan uyalmaydigan o`quvchilardan iborat buladi. Bu gruppaga asosan oilada birmuncha mexnat tayorgarligi ko`rgan o`quvchilar kiritiladi. Ikkinchi gruppaga o`z qobiliyat va imkoniyatini yetarlicha baxolay olmaydigan o`quvchilar kiradi, ular ozgina qiyinchilik bo`lsa uzini yo`qotib qo`yadi, ishni to`xtatadi. Bunday o`quvchilarga aloxida axamiyat berish kerak, ularda o`z kuchiga ishonch xosil kilish kerak, ularning ishlarini baxolashda ozgina yutuqlarini xam aloxida aytib o`tib, ularni ishlashga qiziqtirish kerak. Uchunchi gruppaga uzining jismoniy mexnat qobiliyatini ortiqcha baxolaydigan o`quvchilarni kiritish mumkin. Bunday o`quvchilar o`zlariga ishonadi, maqtonchoqlik qiladi. Ular xar qanday ishning uddasidan chiqamiz deb o`ylaydi, birinchi gruppadagilar kabi ishga ishtiyoq bilan bajarishga kirishadilar, ammo qiyinchiliklarga duch kelgach, ularni bartaraf etishga urunib xam ko`rmay, to`xtab qoladilar. Bu o`quvchilar o`zlari uchun qiyin ishdan ko`pincha aynib qoladi, unga qiziqmay quyadi. O`qituvchi bunday o`quvchilarga qiyinchiliklarni bartaraf qilishda yordam berishi kerak. Har qanday mehnat kuch harakat, qatiyatlikni taqoza etishiga o`zlarining shaxsiy tajribalarida qayta-qayta ishonch hosil qilgach, bu o`quvchilar ishga aktiv kirishadilar va o`zlariga nisbatan ancha tanqidiy munosabatta bo`la boshlaydilar. 9.Politexnik printsip – bu printsip ta`limini o`quvchilarda xozirgi zamon ishlab chiqarishining umumiy ilmiy asoslariga doir bilimlar shakllanadigan va ular ishlab-chiqarish-texnik faoliyatining ko`p soxalarida qo`llanadigan umumlashgan malakalarni egallaydigan yo`sinda tashkil etishni talab qiladi. O`quvchilarga ular ustaxonalardagi mashg`ulotlar jarayonida oladigan texnik bilim va malakalarning universalligini; bu bilim va malakalardan yangi ishlab chiqarish sharoitlarida foydalana olish kerakligini ko`rsatish zarur. O`quvchilarni xozirgi zamon sanoati va qishlok xujaligi ishlab chiqarishining muxim tarmoqlari bilan ikki yo`l orqali tanishtirish mumkin: a) ularning xar birini izchil urganish; b) ishlab chikarish jarayonlarini ularning asosi bulgan tabiiy-ilmiy qonuniyatlarga bog`lik xolda klassifikatsiyalash va mazkur qonuniyatlarni xalq xo`jaligining bir-ikkita tarmog`i misolida o`rganish orqali. Birinchi yo`lni maktabda qo`llab bo`lmaydi, chunki u juda ko`p o`quv vaqtini sarflashni talab qiladi. Ikkinchi yo`l esa maktabda xalk xujaligining eng muxim tarmoqlarini o`rganish uchun real imkoniyat yaratadi va didaktik jixatdan ancha qimmatli, chunki u xalq xo`jaligining o`quvchilar maktabda o`rgangan tarmoqlari bilan o`rganmagan tarmoqlari orasida uzviy bog`lanishni ta`minlaydi. Xar xil ishlab chiqarish jarayonlari sirtdan qaraganda xar xilligidan qatiy nazar, anchagina o`xshashlik va umumiylikka ega, chunki ular ko`pincha tabiatning bir xil qonun va xodisalaridan foydalanishga asoslangan. Ta`lim jarayonining politexnik yo`nalishini ta`minlash uchun ayrim konkret ishlab chikarish jarayonlari misolida xozirgi zamon sanoati yoki qishloq xujalik ishlab chiqarishining umumiy asoslari o`rganiladigan didaktik vaziyatni vujudga keltirish talab qilinadi. Mehnat ta`limi boskichlari orasidagi izchillik politexnik printsip uchun katta axamiyatga ega. Ustaxonalardagi mashg`ulotlarda o`smirlar quyi sinflarda o`zlashtirgan qator politexnik malakalarni qo`llashi va takomillashtirishi juda muxim.Qog`ozni rejalashda chizgich, guniya va qalamdan foydalanish malakasini egallash va metallni rejalashda qo`llash kerak.Bu jixatdan o`quvchilarning andaza rejalash malakalari juda foydali bo`ladi.O`quvchilar kog`ozni, gazlamani va listli qaychi bilan qirqish orasida ko`pgina umumiylikni topadi. Modellashtirish jarayonida o`quvchilar yana shu ish bo`yicha quyi sinflarda olgan bilimlarini qo`llashi va xakozalar uchun cheklanmagan imkoniyatlar vujudga keladi. 10. Unimli mehnat asosida o`qitish printsipi - ayrim pedagogika nazarietchilari o`qitishni unumli mexnat bilan qushib olib borib bulmaydi degan fikirni ilgari surgan edilar. Mehnat ta`limi darslarida bajariladigan ishlar mashq asosida olib borilsa yetarli bo`ladi degan noto`g`ri fikirni ilgari surgan edilar. Lekin hayot shuni ko`rsatdiki bu fikr noto`g`ri ekanligini ya`ni o`quvchi o`z mehnatining yakunini ko`rgandagina unda mehnadga qiziqish hamda mehnat kishisiga hurmat ortishi isbotlangan. Shuning uchun ham mehnat ta`lim darslari unumli mehnat asosida olib borilmoqda. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling