O`quvchilarni kasbga yo`naltirishning diagnostik metodikasi
Darslarda kasb tanlashga yo‘llash
Download 171 Kb.
|
mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yollash.
- 3. To‘garak mashgulotlarida kasb tanlashga y o ‘llash.
1. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. Masalan, o'qituvchi o‘quvchilarni ustaxonalardagi mashg‘ulotlar davomida bajaradigan ishi bilan bog‘liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi o‘quvchilar yog‘ochga ishlov berishni o‘rganayotganlarida duradgor, yog‘ochsoz, faner qoplovchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, tokar, parmalovchi kasblari haqida bilib oladilar. Bundan tashqari, o‘qituvchi korxonalarda yog‘ochga qo‘lda ishlov berish bilan bog‘liq ixtisosliklar o‘rnini egallagan dastgohchilar kasblari haqida ham gapirib beradi. 0 ‘quvchilarga ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda metallga ishlov berishni o‘rgatishda ular qator chilangarlik va dastgohchi lar kasblari: tunukachi chilangar, asbobsoz chilangar, ta’mirchi chilangar, asbobsoz chilangar, tokar, parmalovchi kasblari bilan tanishtiriladilar. Bundan tashqari, ayrim mavzularni o‘rganish davomida metallga ishlov berish korxonalaridagi ishchi kasblar: termik ishlov beruvchi, prokatlovchi, po‘lat erituvchi va hokazo kasblari to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish mumkin.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo'llash. Odatda ekskursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv dasturi doirasidan chiquvchi materiallar bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatlardan o‘quvchilarni kasb tanlashga yo'llash maqsadida foydalanish mumkin. Masalan, o‘quvchilar metallga va yog‘ochga ishlov beriladigan mexanika sexlariga borishganida uskunalarning ko‘p guruh va tiplarini ko‘radilar. Shuning uchun o‘qituvchiga ana shu uskunalarda ishlovchi kichik mutaxassis kasblari haqida gapirib berish tavsiya etiladi. Agar ishchilarning o‘zlari o‘z ishlari, tayyorlaydigan mahsulotlari haqida gapirib bersalar, o‘quvchilar bu kasblar to‘g‘risida ko‘proq tasavvurga ega bo‘lishadi. 3. To‘garak mashg'ulotlarida kasb tanlashga y o ‘llash. To‘garak mashg'ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi. Agar o‘qituvchi o'quvchini ishchi kasblardan biriga, masalan, yog‘ochga, metallga ishlov berishga moyilligi borligini sezsa u o‘quvchi bilan ish olib borib, uning bilim va malakalarini chuqurlashtirishi, unga yoqadigan kasbga nisbatan qiziqish uyg‘otishi zarur. To‘garaklardagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarga yuqori sinflarda mehnat ta’limining yo‘nalishini tanlashda yordam beradi. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling