“O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish” mavzusida


O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish


Download 69.18 Kb.
bet9/12
Sana08.03.2023
Hajmi69.18 Kb.
#1249838
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Bobojonova Shahnoza

2.2.O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanishning samarali usullari
Muxandis pedagog har kuni o'z oldiga yoshlarni tarbiyalash, o’qitish yoki ta'lim berish maqsadlarini qo'yadi. Shuningdek, ta'lim printsiplariga amal qilgan holda, o'z faoliyati mazmunini, o’quvchi talabalar faoliyatini shakllantiradi, buni amalga oshirish metod va vositalarini tanlaydi, uni talabalarga berish shakllarini takomillashtirishga intiladi. Pedagogik jarayonni yaratishga qaratilgan pedagogik faoliyatning eng umumiy va eng soddalashtirilgan algoritmi mana shundan iborat.
Bu ta'lim - tarbiya murakkab texnologiyasini yaratishga qarab qo’yilgan dastlabki bosqich hisoblanadi. Navbatdagi, nisbatan mas'uliyatli bosqich - boshqa bir komponentlarni yagona, bir butun va o'zaro mutanosib tizimga keltirishdan iboratdir. Buning uchun esa, o’qituvchi pedagogik loyihalash nazariyasini egallashi lozim bo'ladi.
Pedagogik loyihalash - talabalar va pedagogning bo'lajak faoliyatining asosiy qismlarini dastlabki fikran, mantiqiy ishlab chiqilishidir. Pedagogikaga loyihalash atamasi texnik bilimlardan kirib keldi. Texnikadagi loyihalash keyinchalik haqiqatda ro'yobga chiqarish uchun qilinadigan ishlarning ilgarilab ketilgan chamalashni anglatar edi. Pedagogik bilimlarning ortishi, tarbiya metodlari, vositalari va shakllarining ko'payishi, tarbiyaviy munosabatlarga ta'sir etadigan omillarning kengayib borishi pedagogik faoliyatni tobora murakkab kasbga aylanib borishiga olib keldi. Pedagogning bu bilimlarni egallab olishi, ayniqsa undan foydalanishi toboraqiyinilashib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogika fani texnokratik tavsiyanomalargina ishlab chiqishdan qochishga majbur bo'lmoqda.
Texnik loyihalashning anchagina sermahsul g’oyalarini o'ziga qamrab olgan pedagogik loyihalash, biz uchun qandaydir tartibsizday ko'ringan holatdan olib chiqishga, pedagogik bilimlarni boyitishga layoqatdir. Pedagogik loyihalash ishlab chiqarish ta'limi ustasi va texnik fanlar o’qituvchilari faoliyatini optimizatsiyalashga imkon beradi.
Pedagogik loyihalash har qanday pedagog funktsiyasi bo'lib, uning tashkilotchilik, gnostik (ya'ni talaba bilan muloqotga kirisha olish, aloqa o'rnatish, munosabatda bo'lish yo'llarini qidirib topa olish, ijodkorlik, ixtirochilik qobiliyati) yoki kommunikativ qobiliyatlari ustun bo'lishi mumkin. Pedagogik tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra texnik fan o’qituvchilari bu funktsiyani bajarish uchun o'z ish vaqtlarining 28% ni, ishlab chiqarish ta'limi ustalari esa 11% dan ko’proq qismini sarflar ekanlar.
Maktab va kasb-hunar kollejlarida o’quv-tarbiya jarayonlarini loyihalashtira olish tufayli bu murakkab jarayonni texnologik bo'lib qolishini ta'minlaydi.
Pedagogik loyihalash mohiyati bo'lajak faoliyatining taxminiy variantlarini yaratish uchun uni oldindan ko'ra bilish, uning natijalarini ko'ra bilishdir. Bunda pedagogning asosiy e'tibori yaratilgan yangilik mexanizmi va u yoki bu harakat, jarayon va tizimlar davom ettirilishiga, qo’llanilishiga qaratilishi kerak.
Darhaqiqat, aslini olganda muxandis-pedagog nimani loyihalaydi? U loyihalash ob'ektlarini aniqlashdan ish boshlaydi. Bu ob'ektlarning biri haqida biz aytib o'tgan edik - bu pedagogik jarayondir.
Bu o'z navbatida undan kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga bo'linadi. Bular uning tarkibiy qismlaridir. Ular jarayonning bir holatidan ikkinchi holatiga o'tishi bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonning o'zi ancha murakkab qurilmaning, ya'ni pedagogik tizimning bir qismidir. «Mayda» vaziyatlar jarayon tarkibiga kiradi, jarayon esa tizimga kiradi. («Matryoshkalar»). Masalan, biz ta'lim tizimida ishlaymiz yoki kasb-hunar ta'limi tizimida ishlaymiz. Har ikki holatda ham «tizim» atamasi umumiy belgilariga ega. Ularni ochishga harakat qilamiz. Aytaylik, talabalarga kasb tanlashlariga yordam berish maqsadida maktab talabalari o'rtasida kasb tanlashga yo'llash ishlarini olib borish zarur.
Pedagog kasb tanlashga ta'sir etadigan barcha omillarni (oila, auditoriya, ommaviy axborot vositalari ma'lumotlari, ko'cha-mahalla, o'smirning psixologik imkoniyatlari, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalari ehtiyoji va imkoniyatlarini) fikran to'play boshlaydi. Kasb tanlashga yo'llash (proforientatsiya) tizimida bu omillarning hammasi juda muhim.
Pedagogik tizim kichik, o'rta, katta va super katta bo'ladi. Kichik tizimga talabalarni tarbiyalashning ayrim tizimlari kiradi. Masalan, kollejlarda ishlab chiqarish ta'limi tizimsi talabalarning darsdan tashqari faoliyatlari, kasb tanlashga yo'llash tizimi, huquqiy tarbiya, kasbga uyushma ishlari, ekologik tarbiya va boshqalardan tashkil topadi. O'rtacha kattalikdagi tizim asosan kollej pedagogik faoliyatidan iborat katta pedtizim tuman, shahar, viloyat miqyosidagi ta'lim tizimlaridan iborat. Bu, odatda, katta sotsial-pedagogik majmuadan iborat bo'lib, unga maktablar va o’quv yurtlaridan tashqari madaniyat muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va maishiy xizmat muassasalari, shuningdek, mazkur hududni boshqarish boshqarmalari ham kiradi.
Pedagogik tizimning loyihalashtirishning ob'ekti bo'lishi - bu murakkab jarayon bo'lib, turli sifat ko'rsatkichlariga ega qismlardan iboratdir. Masalan, tizimga odamlar - pedagoglar, talabalar, moddiy texnika buyumlari - ta'limning texnika vositalari, elektron hisoblash mashinalari, ular bajaradigan funktsiyalar kiradi. Supertizimga (o'ta katta tizim) hajmi va maqsadlari jihatidan katta hududlar, respublika miqyosida yaratilgan tizimlar kiradi.
Mazkur tizim bizning tarbiyalanuvchilarimiz va bizning o'zimizdan iboratdir. Har bir tizim o'zining belgilangan maqsadiga, o'z navbatida o'z qismlari to'plami majmuiga ega. Masalan, kasb-hunar ta'limi supertizim bo'lajak ishchilarni tayyorlash bilan bog’liq faoliyat mazmunini, uning tuzilishi, printsiplarini, pedagogik jarayonlarini, jarayon qatnashchilari bo'lgan talabalar, pedagoglar, ota-onalar, ishlab chiqarish hodisalarini, ularning huquq va burchlarini, pedagogik tizimni boshqarishni, moddiy texnika ta'minotini, o’quv-uslubiy, ilmiy, moliyaviy-xo'jalik va huquqiy-yuridik ta'minot majmuasini o'z ichiga oladi.
Loyihalash tizim komponentlarini bilish har qanday pedagogik tizim uchun juda zarurdir, garchi ularning to'la to'plami har doim ham ta'minlanavermasa ham pedagog faoliyati uchun muhimdir. Ta'lim sohasiga EHMning kirib kelishi o'z-o'zini takomillashtirish, o'z ustida ishlashni keskin yaxshilashga yordam berdi.
Pedagogik tizimlar - bu alohida xos hosiladir (jarayon mahsulidir). Ularning har biri o'zining faqat o'ziga xos belgilariga ega: 
--ular har doim o'z maqsadlariga ega: talabalar va pedagoglarni rivojlantirish, ularni muhitning noxush ta'sirlaridan himoya qilish;
-- ularning har biri tizim sifatida tashkil topadi va faoliyat ko'rsatish, tashqi ta'sir ostida o'zgara oladi, va hatto bu ta'sirni qabul qilib olgan taqdirda ham uni yumshatishga, zarur tomonga bura olishga, tekislay olishga, kuchaytira olishga layoqatlidir.
Muxandis pedagog qaysi aniq pedagogik tizimlar bilan ishlaydi. Amaliy jihatdan barcha turdagi tizimlar bilan. Darhaqiqat, respublika, hududiy, viloyat, shahar, tuman ta'lim tizimi nisbatan tor tizimlar - maktablar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari faoliyatini belgilaydi, yo'naltiradi. Ular o'z navbatida talabalarning kasbiy tayyorligi tizimsiga, ularning estetik tarbiyasiga, ularning faoliyatiga ta'sir qiladi. Tizimlar doirasida pedagogik jarayonlar yaratiladi. O'z navbatida pedagogik tizim pedagogik jarayonlar yaratish uchun qulay sharoitlar yaratishni shakllantiradi. Shunday qilib, pedagogik jarayon pedagog uchun eng muhim loyihalash ob'ektidir.
Har doim u yoki bu pedagogik jarayon doirasida mavjud bo'ladi, u orqali esa ma'lum pedagogik tizim doirasida pedagogik jarayon yaratiladi. Pedagogik vaziyat - bu pedagogik jarayonning tarkibiy qismi bo'lib, uning ma'lum vaqt va ma'lum makondagi holatini belgilaydi. Pedagogik vaziyat har doim konkret bo'lib, dars o'tkazish jarayonida, imtixon paytida, ekskursiya vaqtida va hokazolarda yaratiladi yoki kelib chiqadi, odatda u shu zahoti hal qilinishi mumkin. Pedagogik vaziyatni loyihalash jarayonning o'zini loyihalash tarkibiga kiradi.
Pedagogik vaziyatni yarata olish va hal qilish pedagogik faoliyatda juda katta ahamiyatga ega. Chunki ular orqaligina pedagogik jarayon namoyon bo'ladi. Bu kichik qismlar o'zida pedagogik jarayon va umuman pedagogik tizimning barcha yutuqlarini va kamchiliklarini o'zida mujassamlashtiradi. Tarbiyaviy munosabatlarning konkret ifodasi pedagogik vaziyatlarning imkoniyatlarini amalga oshiradi.
Pedagogik vaziyat strukturasi tashqi ko'rinishidan juda sodda. Unga faoliyatning ikki sub'ekti - pedagog va talaba, va ularning o'zaro munosabatlari usullari kiradi. Lekin bu soddalik aldamchi va armonda qoldiruvchi bo'lishi mumkin (xushomadgo'ylik, tilyog’lamalik yoki qo'rs-qo'pollik har doim faoliyatda aynan bir natijani beravermasligi mumkin). Pedagogik vaziyat qatnashchilarining o'zaro ta'siri ularning murakkab ichki dunyosi, ularning tarbiyalanganlik darajasi va saviyasining qandayligiga bog’liq bo'ladi, hatto barcha komponentlarini bir yo'la qamrab olishi mumkin. Masalan, ishlab chiqarish ta'limi ustasi bir guruh talabalarining boshqa, alohida bir talabaga nisbatan zo'riqishini yumshatmoqchi bo'ladi. Bu talabaning ajoyib inson ekanligini, chiroyli va rostgo'y ekanligini nazarda tutib vaziyatni loyihalashtiradi. Buning uchun topshiriq berish, ota-onaning bolalar oldida chiqishlarini tashkil qilishni, ishonch va rag’batlantirish singarilardan foydalanishni maslahat beradi.
Pedagogik vaziyat tasodifan yoki avvaldan loyihalanib kelib chiqishi mumkin. Lekin har ikki holatda ham uni hal qilish, o'ylab ish ko'rishni taqozo qiladi. Pedagogik vaziyatlarni loyihalash konkret odamlarni real holatning eng mayda zarralarigacha hisobga olib pedagogik jarayonni «moslashtirish» jarayoni singari amalga oshadi. Pedagogikada vaziyat pedagog va talabalar o'rtasidagi munosabatlar o'zgarmas deb qaraladi. Aslida pedagog va talaba o'rtasidagi suhbatga uchinchi bir odam qo'shilishi yoki mavzuga aloqador bo'lmagan biror hodisa aralashuvi vaziyatni tamomila o'zgartirib yuboradi. Har bir pedagog uch tipdagi ob'ektlarni loyihalashda qatnashadi: pedagogik tizimni, pedagogik jarayonni va pedagogik vaziyatlarni. Bularning barchasi o'zaro bog’langan, ularning butunligi va ichki bog’langanligini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi.
Bolalarda mantiqni rivojlantirishda ularning yoshini hisobga olish va unga qarab quyidagi usulni tanlash kerak:

  • 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun aniqlik va soddalik muhim ahamiyatga ega. Bu yoshda poydevor qo'yiladi, bola ranglarni, turli xil narsalar va narsalarni ajratib olishni o'rganadi.

  • 3-4 yoshdan boshlab og'zaki shakldagi mantiq aniqlanadi. Ushbu yoshda rivojlanishning eng yaxshi usuli bitta qo'shimcha ob'ekt bilan rasm chizishdir.

  • Maktabgacha bolada raqamlar, savollar va nutq o'yinlari bilan topshiriqlarni bajarish kerak. Matematiklar va hisoblash mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.

  • 7 yildan so'ng barcha vazifalar nutq qobiliyatini oshirishga, umumlashtirish, tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilishi kerak. Ushbu davrda abstraktsiyalarga o'tish kerak.

Bolalarni qiziqarli qilish uchun mashg'ulotlarni o'yin shaklida o'tkazish va ularning shaxsiy qiziqishlari va moyilligini hisobga olish kerak. Agar bola uchun qiyin bo'lsa, vazifalarni soddalashtirish kerak. Siz unga murojaat qilishingiz, xulosalar chiqarishda yordam berishingiz mumkin, va eng muhim qoida bu yozuvlar emas.

Download 69.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling