“O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish” mavzusida
O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish
Download 69.18 Kb.
|
Bobojonova Shahnoza
1.2.O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish ifodalovchi tamoyillari
O’quvchilarni mantiqiy fikrlashda loyhalash texnologiyasidan foydalanish juda samarali usullardan biri hisoblanadi. Biz mantiqiy fikrlashni rivojlantirishimizda loyihalash texnologiyasidan foydalanar ekanmiz avvalo loyihalash texnologiyasi haqida alumotga ega bo’lishimiz zarur. Loyihalash texnologiyasi hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Braziliya va Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda. J.Dyu oʻqitishni oʻquvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda oʻquvchilarning muayyan maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun oʻquvchilarga oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini amaliyotga qoʻllash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yoʻllarini koʻrsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻliq holda oʻqitish lozimligini uqtirgan. Bu jarayonda oʻquvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik muammolarni avval oʻzlashtirgan bilim, koʻnikmalarini amaliyotga qoʻllab hal etish orqali yangi bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtiradilar. Oʻquvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun oʻqituvchi ularga tegishli koʻrsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalarni tavsiya etishi, oʻqitishdan koʻzlangan natijaga erishish yoʻllarini koʻrsatishi, buning uchun muammoni hal etishda oʻquvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim. Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik boʻlgan muammoni hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishish hisoblanadi. Agar nazariy muammoni loyihalash lozim boʻlsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo boʻlsa, amaliyotga qoʻllash masalasi boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. Oʻquvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish koʻnikmalarini egallagan boʻlishlari, muammoni anglash va uni hal etish yoʻllarini izlashlari bu borada avval oʻzlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bogʻlanishlarini tasavvur qilishlari zarur. Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali oʻquvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bogʻlanishlarni amalga oshirish sanaladi. Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi: oʻrganilayotgan bilim, koʻnikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman. Bu gʻoya oʻquvchilarning fan asoslarini ongli oʻzlashtirishlari, hayotga moslashishlari va moʻljalni toʻgʻri olishlariga yordam beradi. Bundan ko’rinib turibdiki biz o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirishimizda loyihalash texnologiyasidan foydalansak erishmoqchi bo’lgan maqsadimizga tez va onson, shu bilan birga esa juda samarali natijaga ham ega bo’lamiz. Har bir loyiha oʻziga xos xususiyatga ega boʻladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga koʻra quyidagicha tasniflanadi: Loyihada koʻzda tutilgan faoliyatning ustunligiga koʻra: tadqiqot xarakteridagi loyihalar; ijodiy xarakterdagi loyihalar; rolli loyihalar; amaliy xarakterdagi loyihalar; izlanish va moʻljal olishga moʻljallangan loyihalar. Loyihalarning predmeti va mazmuniga koʻra: bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar; fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalar. Loyihalar xarakteriga koʻra: aniq natija olishga moʻljallangan loyihalar; koʻp yoʻnalishli natija olishga moʻljallangan loyihalar. Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga koʻra: yakka tartibdagi loyihalar; ikki oʻquvchiga moʻljallangan loyihalar; oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar. Loyiha koʻlamiga koʻra: bir sinf oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar; maktab oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar; shahar miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar; mamlakat miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar; dunyo miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar. Loyiha muddatiga koʻra: qisqa muddatli; uzoq muddatlilarga ajratiladi. Loyihalar predmeti va mazmuniga koʻra, bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar, fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalarga ajratiladi. Bu loyihalarni shakllantirishda oʻqituvchi mantiq sohasidagi muammoli, qiyin mavzularni olishi mumkin. Mazkur loyihalar mantiqni oʻqitishda tabiiy fanlar, adabiyot, ma’naviyat, madaniyat, san’at va gumanitar fanlar bilan fanlararo bogʻlanishni amalga oshirishga imkon beradi. Mantiqni oʻqitishda oʻqituvchi loyihalash texnologiyasidan foydalanishi uchun: -loyihalar toifasi, mavzusi va qatnashchilar sonini aniqlashi; -loyihani amalga oshirish uchun turli variantlardagi muammolar zanjirini tuzishi; -loyiha predmeti, vazifasi va bosqichlarini aniqlashi; -loyiha qatnashchilari uchun topshiriqlar tuzishi va ularni a’zolar oʻrtasida taqsimlashi; -ilmiy-izlanish, tadqiqot mavzulari boʻyicha oʻquvchilarning yakka tartibdagi, juftlikda yoki kichik guruhlarda mustaqil izlanishlarini tashkil etishi; -loyihadan kutilgan natijalarni aniqlashi, uni rasmiylashtirish va taqdimotini belgilashi; -loyiha ishini yakunlashi, baholash mezoni va xulosalar yasash yoʻllarini aniqlashi lozim. Loyihalash texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’limga asos boʻladi. Oʻquvchilarda aqliy va mantiqiy faoliyat koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga zamin tayyorlaydi, ijodiy va mantiqiy faoliyatning shakllanishiga asos boʻladi. Ma’lumki, ijodiy va mantiqiy faoliyat ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi sanalib, uni oʻqituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirib boʻlmaydi. Agar oʻquvchilar yuqorida qayd etilgan koʻnikma va malakalarni egallagan boʻlsalar, ular doimo oʻzgarib turadigan hayotga tezroq moslashishga, turli muammoli vaziyatlarni tahlil qilib ulardan chiqishning muqobil variantini topishga, turli vaziyatlarda moʻljalni toʻgʻri olish va har xil jamoalarda ishlab ketish imkoniyatiga ega boʻladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, mantiqiy fikrlash jarayonida “Loyihalash texnologiyasi”dan foydalanish orqali oʻquvchilarda tayanch hamda fanga oid xususiy kompetensiyalarni rivojlantirishda koʻzlangan samaradorlikka erishilishi kafolatlanadi. Download 69.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling