TO‘G‘RI XULOSA Nilufar SAPAYEVA (G’unchadan)
(Maktabdan tashqari o’qish savodxonligini tekshirish uchun)
Ertak
Husniddin ismli kitobsevar bola bo‘lgan ekan. Ota-onasi unga har hafta yangi kitob sovg‘a qilarkan.
- Ey bolakay, kitob o‘qib bosh qotirib o‘tirasanmi? O‘sha kitobingdagi ertaklarning hammasi menda bor. Xohlagan kanalingni qo‘yib, yostig‘ingni quchoqlab, yonboshlab yotsang-chi? - dedi televizor.
- E-e, televizormi, - debdi kompyuter suhbatga aralashib. U dasturda bor multfilmlarnigina ko‘rsatadi. Menda internet bor. Multfilm nomini yozsang, bo‘ldi. Tanlab ko‘raverasan. Kitobingni qo‘y.
Bu paytda kitoblar kamtargina bo‘lib, javonda terilib turishardi. Shunda birdan chiroq o‘chib qolsa, deng. Bidillab turgan televizor va kompyuterning ovozi eshitilmay qoldi. Husniddin bundan to‘g‘ri xulosa chiqardi.
Savollar
1-savol.Husniddin qanday bola ekan?
a) odobli b) kitobsevar c) bilimdon d) aqlli
2-savol.Ota-onasi unga necha kunga bir kitob sovg’a qilarkan?
a) 3 kunga bir b) 6 kunga bir c) 7 kunga bir d) 30 kunga bir
3-savol.Televizor bolaga nima dedi?
a) ertaklarning hammasi menda bor
b) yangi kitob menda bor
c) kitobdan foyda yo’q
d) mendan katta foyda bor
4 -savol.Televizorni kim qoraladi?
a ) b) c) d)
5 -savol.Nimada internet bor. Multfilm nomini yozsang, bo‘ldi. Tanlab ko‘raverasan?
a ) b) c) d)
6 -savol.Javonda terilib turgan,kamtar…………..
a ) b) c) d)
7-savol.To’g’ri xulosa bu nima ekan?
a) kitob o’qimasdan televizor ko’rish
b) kitob o’qimasdan kompyuter o’ynash
c) bo’sh vaqtida kitob o’qish
d) bo’sh vaqtida dam olish
8-savol.Chiroq o’chib qolgandan keyin qanday hol yuz berdi?
a) Bidillab turgan televizor va kompyuterning ovozi eshitilmay qoldi.
b) Bidillab turgan televizor va kompyuter o’chdi.
c) Husniddin kompyuter o’ynay olmadi
d) Husniddin televizor ko’ra olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |