O‘quvchilarning dasturlashga oid ko‘nikmalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning amaliy samaradorligi


Download 42.08 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi42.08 Kb.
#1116239
1   2   3   4
Bog'liq
Jumabaev Q.---

Adabiyotlarning tahlili. Raqamli texnologiyalarini loyihalash, ishlab chiqish hamda joriy etish nazariyasi va amaliyotiga oid izlanishlar L.A. Aleksandrova, A.V. Bobylev, N.A.Bogdanova, A.I. Vasilyev, N.V. Dnepr, K.V. Kiuru, T.V. Makarova, T.V. Malkova, E.V. Martynova, O.V. Prixodko va boshqalar ning tadqiqotlarida keltirilgan.
Xususan, S.V.Lapteva raqamli ta’lim resurslarning imkoniyatlari, O.O. Jin zamonaviy ta’lim tizimida sun’iy intellektdan foydalanish masalalari, O.O.Djioeva, O.M.Tandelova, D.V.Chochitalar raqamli texnologiyalarning tasnifi, O.M.Shadrina ta’lim oluvchining mustaqil ishlarini tashkil etishda raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish usullari, L.R.Gabdrakipova va O.V.Shatunovalar ta’lim sifatini oshirish uchun raqamli vositalarni joriy etishda Quizizz, Kahoot!, Padlet, Mind Meister platformalarning xususiyatlari va imkoniyatlari, N.V.Chiganova o‘quvchilarga algoritmlash va dasturlashni o‘rgatishda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari, O.V. Mixalev va D.A.Zikov talabalarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish muammolari, L.M. Semenova raqamli o‘qitish usullari va texnologiyalarining xususiyatlari va imkoniyatlarini ochib bergan.
Keltirilgan tahlillarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlarni, shu jumladan “Dasturlash asoslari” bo‘limini o‘qitishda raqamli vositalardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
Tadqiqot metodologiyasi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning dasturlashga oid kompetrnsiyalarini shakllantirishda o‘qituvchidan nafaqat ta’limning an’anaviy usullari va shakllarini, balki o‘quvchilarni bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga faol jalb qilishga qaratilgan yangi ta’lim texnologiyalarini, xususan, raqamli rexnologiyalardan foydalanishning yangicha yondashuvlarini bilishni talab etadi.
Dasturlashning o‘rgatishda raqamli texnologiyalardan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: individual ta’lim traektoriyasini tanlash imkoniyati; boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish hamda bilimlarni baholash va nazorat qilish [5], [9].
Shu bois, raqamli ta’lim texnologiyalari yordamida dasturlash tillarini o‘qitish texnologiyasini va umumiy tashkil etish tizimini qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi [6].
Bu borada O.A.Voskrekasenko va N.S.Mendovalarning fikriga ko‘ra, fanlarni o‘qitishda raqamli texnologiylarning quyidagi afzalliklarga ega: tashkiliy (qulaylik, harakatchanlik, zamonaviylik, tezkorlik; vaqt resurslarini taqsimlash va boshqarish); didaktik (ta’lim motivatsiyasini oshirish, o‘quv jarayonini individuallashtirish va moslashuvchanlikka hissa qo‘shadigan turli xil ish shakllaridan foydalanish); o‘rganish qulayligi; o‘zini-o‘zi rivojlantirish (yangi axborot resurslari va ta’lim platformalaridan foydalanish, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tanlash, tizimlashtirish va qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish); ijtimoiy (tezkor fikr-mulohazalar, ijtimoiy masofani qisqartirish) [10].
Keltirilgan tahliliy ma’lumotlar asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarga dasturlashni o‘rgatishda quyidagi raqamli texnologiyalardan foydalanishni tavsiya etamiz [11]:
- o‘quv materialini vizualizatsiya qilish va tushuntirishda Miro, AMW, WhiteboardFox, Webwhiteboard kabi onlayn doskalardan;
- o‘quvchilarning mustaqil bilim faolligini oshirish uchun Wizer. me, Liveworksheets, Core interaktiv topshiriqlar;
- elektron ta’lim resurslarini yaratishga doir Canva, OBS Studio, Socrative, LearningApps, Mentimetr, Timegraphics, Mindmeister, iSpring va boshqalar),
- mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishda GoogleMeyet, Trello, Discord, Miro, Videomost, Teams Padlet, Zoom, Mentimeter, BigBlueButton, Microsoft Teams, Webinar.ru, Twiddla. Project2Manage, ProjectPier, Discord kabi dastrlar va platformalar;
- olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni baholash va nazorat qilishda Google shakllari, Kahoot, Online Test Pad, Mastertest kabi tizimlardan.
Keltirilgan raqamli vositalardan foydalanib, ummiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan fanlarni, jumladan “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirish mumkin.
Ushbu pedagogik dasturiy vositalar yordamida dasturlash tillarni o‘rganish va ulardan foydaolnib, turli misol va masalalarni dasturlashga o‘rgatishda samarali o‘quv vosita bo‘lib xizmat qiladi:
-o‘rganishga oid motivatsiyasini oshirish;
-qulay o‘quv muhitini yaratish;
- o‘rganishni intensivlashtirishga hissa qo‘shadi;
- mustaqil fodalanish uchun sharoit yaratadi.

Download 42.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling