O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi Reja: O’quvchilar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish
Jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlar
Download 34.94 Kb.
|
O‘quvchilarning harakat kun tartibini shakllantirishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya texnologiyasi 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport to’garaklari
Jismoniy tarbiyada sinfdan tashqari ishlar: Maktabdagi sinfdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishidir. Sinfdan tashqari ishning vazifalari quyidagilardan iborat. Maktab oldida turgan o’quv-tarbiya vazifalarini hal etishga yordam berish; O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga, organizmni chiniqtirishga, ularning xar tomonlama jismoniy rivojlanishiga yordam berish; O’quvchilarning jismoniy madaniyat darslarida olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda kengaytirish; Maktab o’quvchilarida tashkilotchi malakalarini tarbiyalash va rivojlantirish; O’quvchilarni yaxshi dam olishlarini tashkil etish; o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish. Sinfdan tashqari ishlarga o’quvchilarni yoppasiga jalb qilish uchun mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazishning xilma-xil shakllaridan foydalanish lozim. Bunda ularning yoshi, sog’ligi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinadi. O’quvchilar bilan amaliy ish olib borish uchun to’garaklar tuziladi. Yil davomida ishlaydigan umumiy jismoniy tayyorgarlik to’garaklari tashkil etiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport to’garaklari iloji boricha ko’proq o’quvchilarni, shu jumladan, jismoniy rivojlanishda bir oz oqsayotgan bolalarni ham jalb etish lozim. Sport to’garaklarining rahbarlari muayyan sport turining mashg’ulotlarini o’tkazish uslubiyatini, bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning o’ziga xosligini yaxshi bilishlari kerak. O’quvchilarining jismoniniy rivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini va yosh, jins xususiyatlarini hisobga olgan holda ular maktablardagi va maxsus sport muassasalaridagi jismoniy tayyorgarlik va sport to’garaklariga jalb etiladi. Sport mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etish va boshqarishda, bolalarni sport turlari bilan shug’ullanishida organizmi rivojlanishining hamda sport natijalarini ko’rsatishni ijobiy natijalariga erishish mumkin. Umumiy jismoniy tayyorgarlik to’garaklari o’quvchilarni jismoniy rivojlantirishni ta’minlab to’garak mashg’ulotlari ish faoliyati, yil davomiga quyidagicha rejalashtirish mumkin. Kuzda-harakatli va sport o’yinlari, engil atletika, qishda-qishki sport turlari, gimnastika, kurash mashg’ulotlari, bahorda- kross tayyorgarligi, sport o’yinlari, yozda-suzish mashg’ulotlari o’tkaziladi. Umumjismoniy tayyorgarlik mashg’ulotlari jismoniy tarbiya asosida tashkil etiladi. Musobaqalar va sport bayramlarida o’quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi nazorat qilib boriladi. To’garaklar a’zolari 15-20 kishidan iborat bo’lishi mumkin. Guruhlar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi bir xil darajadagi o’quvchilardan saralanadi. To’garak mashug’lotlari haftasiga bir yoki ikki marta o’tkaziladi. Har bir mashug’lot 60 minut atrofida bo’lishi mumkin. Jismoniy tayyorgarlik guruhlariga guruh sardorlari tayinlanib ular tarbiyachilarga yordam beradilar. Maktabda sport turlari bo’yicha to’garaklar ham faoliyat ko’rsatib, bu to’garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatli bo’lgan o’quvchilar jalb etiladi. Sport to’garaklari maktab jismoniy tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi o’quvchilarni jismoniy tayyorgarligi guruh mashg’ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat qilib turiladi. To’garak mashug’lotlari haftasiga 3-4 marotaba tashkil etilib, 60-90 minut davomida o’tkaziladi. Sport turi bo’yicha zaruriy jihozlar va mutaxssis tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg’ulot o’tish joylari talabga javob berishi maktab sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini beradi. Download 34.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling