Sayrlar, ekskursiyalar, yurishlar. Sayrlar, ekskursiyalar va sayyohlik yurishlar katta ta’lim va tarbiya ahamiyatga molik. Chunki bu jarayonda bolalar tabiat, jonajon o’lka va uning diqqatga sazovor joylari bilan tanishadilar. Bu tadbirlar yurish, yugurish va o’yin malakalarining takomillashishiga yordam beradi, organizmni chiniqtiradi va bolalar sog’ligini mustahkamlaydi hamda yurish-turish, o’z-o’ziga xizmat qilish, joyni mo’ljalga olish ko’nikmalarni egallashga imkon yaratadi. Shuningdek, ular bolalar jamoasini qaror toptirish va mustahkamlashda, do’stlik, o’rtoqlik hissini tarbiyalashda bebaho rol o’ynaydi. Bu tadbirlar yordamida bolalar tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari quyosh, suv, havo yordamida chiniqib boradilar, mamlakatimizning tabiati va tarixiy obidalari xaqida tushanchaga ega bo’lib boradilar. Sayyohlik yurishlar davomida o’quvchilarda hayotiy zarur jismoniy harakatlar yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish, oshib o’tish, malaka va ko’nikmalari shakllanish bilan birga tabiat omillari yordamida chiniqish va suv muolajalarini suzish, cho’milish bilan qabul qilish amalga oshiriladi. O’quvchilarda sayyohlik yurishlarda kerakli jihozlardan foydalanish harakatlanish usullari dala joylarida ovqatlanish va dam olish, o’yinlar bilan madaniy hordiq chiqarish tadbirlari o’tkaziladi.
O’yinlar. Ko’ngil ochishlar. O’quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishning eng oddiy va ommaviy, shakli o’yin hamda ko’ngil ochishlardir. O’yinlar o’quvchilarning kichik guruhlari bilan ham, ikki-uchta sinf o’quvchilarining katta guruhlari bilan ham uyushtiriladi. Guruh qanchalik katta bo’lsa, o’yin tashkilotchilari va o’yinboshi o’quvchilar unga shunchalik yaxshi tayyorlangan bo’lishlari kerak. O’yinlar bolalarning darsdan tashqari paytdagi sevimli mashg’uloti sifatida faqat maxsus "O’yin soatlari" da emas, shuningdek, tanaffuslarda, bayramlarda, sayrlarda, ekskursiyalarda va boshqalarda xam o’tkaziladi.
Sport musobaqalari va bayramlari. Sport musobaqalari maktabdagi jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishning eng qiziqarli shakllaridan biridir. Ular o’quvchilarni uyda va jismoniy madaniyat jamoalaridagi doimiy jismoniy mashg’ulotlarga jalb etishga yordam beradi, o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, bolalar jamoasini mustahkamlaydi. Musobaqalar, sinfdan tashqari ishning boshqa turlari qatori, maktabning umumiy yillik ish rejasiga kiritiladi. O’quv yilining boshida musobaqalarni o’tkazish muddati, qoidalari va dasturlari aniq belgilab olinadi. Bu muddatlarni hisobga olgan holda musobaqalarga oldindan tayyorgarlik ko’riladi. Har bir musobaqa muayyan nizomga muvofiq o’tkaziladi. Nizomda musobaqaning maqsadi va vazifalari, vaqti va o’tkazilish joyi, qatnashuvchilar, dasturi, o’tkazilish sharti va hisobga olish, eng yaxshi ishtirokchilarni va komandalarni mukofotlash tartibi, arizalar shakli va ularni taqdim etish muddati ko’rsatiladi. Sport bayramlari tantanali kunlarga bag’ishlanib o’tkazilish mumkin. Bunda o’quvchilarning sportchilarda tuzilgan guruhlari ishtirok etadilar. Sport bayramlari sportchilarni chiqishlari, bayramni ochilishi, bayroq ko’tarish, davlat madhiyasi va yoshlar madhiyasini ijro etilishi, sportchi o’quvchilarni jismoniy mashqlar va harakatlarni tashkil etishi, ommaviy tadbirlar o’yin kulgi, kontsert hamda g’oliblarni aniqlash va bayram yakunida bayramni yopilishi o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |