O‘quvchilarning hisoblash texnikasi xonasida ishlash qoidalari. Axborot va axborot texnologiyalari


-rasm. Axborot jarayonida ma’lumotlar va usullarning


Download 345 Kb.
bet3/25
Sana16.06.2023
Hajmi345 Kb.
#1515951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Axborot texnologiyalari I,

1.1-rasm.


Axborot jarayonida ma’lumotlar va usullarning
dialektik birligi

Yuqorida axborot haqida berilgan ta’rifini ko‘rib chiqib quyidagi holatlarga ahamiyat beraylik:


1. Axborotning dinamik xarakteri. Axborot statistik ob’ekt bo‘lmay, u dinamik tarzda o‘zgarib turadi va ma’lumotlar hamda usullarning o‘zaro ta’siri paytidagina mavjud bo‘ladi. Qolgan hamma vaqt davomida u ma’lumotlar holatida bo‘ladi. Shunday qilib, axborot faqat informatsion jarayoni paytidagina mavjud bo‘ladi. Boshqa hamma vaqt u ma’lumotlar ko‘rinishida bo‘ladi.
2. Usullarning adekvatlik talabi. Bir xil ma’lumotlarning o‘zi foydalanish (iste’mol qilish) paytida ular bilan o‘zaro aloqada harakatda bo‘lgan usullarning adekvatlik darajasiga qarab turlicha axborot berishi mumkin. Masalan, xitoy tilini bilmagan odam uchun Pekindan kelgan xat faqat kuzatish usuli orqali olingan axborot (sahifalar soni, qog‘oz ining rangi va navi, notanish belgilarning mavjudligi va hokazolar)nigina berishi mumkin. Bularning hammasi axborot, lekin xatda bayon qilingan, uning mazmuniga bitilgan to‘liq axborot emas. Bundan ko‘ra, adekvatroq bo‘lgan usullarni qo‘llash boshqacha axborotni beradi.
3. Ma’lumotlar va usullarning o‘zaro ta’siri va aloqasining dialektik xarakteri. Diqqatimizni ma’lumotlarning ob’ektivligiga, qaratamiz, chunki ular ob’ektiv mavjud bo‘lgan moddiy jismlar yoki moddiy maydonlardagi o‘zgarishlar keltirib chiqargan signallarni ro‘yxatga olish, qayd etishning natijalaridir. Shu bilan bir vaqtda usullar sub’ektivdir. Sun’iy usullar asosida odamlar (sub’ektlar) tomonidan tuzilgan va tayyorlangan algoritmlar (tartibga solingan buyruqlar izchilligi) yotadi. Tabiiy usullar asosida olingan axborot jarayonlariga sub’ektlarining biologik xususiyatlari yotadi. Shunday qilib, axborot ob’ektiv ma’lumotlarning va sub’ektiv usullarning o‘zaro dialektik ta’siri va aloqasi paytida vujudga keladi va mavjud bo‘ladi.
Axborotga ob’ektiv ma’lumotlarning sub’ektiv usullar bilan o‘zaro dialektik ta’sirni, aloqasi natijasida yuzaga keladigan alohida xususiyatli ob’ekt sifatida yondashish, ko‘pchilik hollarda, bir qator ilmiy nazariyalar va faraz (gipoteza)larni falsafiy asoslashdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.



Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling