Oraliq iste’mol ko’rsatkichini hisoblash
Download 68.84 Kb.
|
миллий хисоблар 2 ПАРА УЧУН
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish Resurslar
- Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti va uning ko’rsatkichlarini hisoblash
Iqtisodiyot uchun:
Yalpi foyda (aralash daromad) = YAIM + ishlab chiqarish va import uchun subsidiya – mehnat haqi – ishlab chiqarish va import uchun soliq; Sektorlar va tarmoqlar uchun: Yalpi foyda (aralash daromad) =YAQQ + boshqa ishlab chiqarish uchun subsidiya – mehnat haqi – boshqa ishlab chiqarish uchun soliq misol. Nomoliyaviy korxonalar sektori quyidagi shartli ma’lumotlari asosida daromadlarning shakllanish schyotini tuzing va schyotni balanslantiruvchi ko’rsatkichi yalpi(sof) foydani hisoblang.(joriy bahoda, mln so’m):
Yechish: Daromadlarning shakllanish schyotini tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblaymiz: Yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ) YAQQ=YAMX-OI=898-456=442 mln so’m. Yollanganlarni mehnat haqi (MH) MH=160+20+10+6+20+4=220 mln so’m. Boshqa ishlab chiqarish uchun sof soliq (BICHS) BICHS=20-2=28 mln so’m. Nomoliyaviy korxonalar sektorining daromadlarni shakllanish schyotini tuzamiz va schyotni balanslantiruvchi ko’rsatkichini hisoblaymiz: Daromadlarning shakllanish schyoti
misol. Quyidagi jadvalda mamlakat iqtisodiyotining shartli ma’lumotlari berilgan. (joriy bahoda, mlrd so’m):
Daromadlarni shakllanish schyotini tuzish uchun kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz: Yalpi ichki mahsulotni bozor bahosida hisoblaymiz: YAIM=YAMXa.b+(MS-MSU)-OI=4400+700-76-1230=3794 mln so’m. Yollangan xizmatchilarni mehnat haqini hisoblaymiz (MH): MH=Ish haqi+ijtimoiy sug’urta ajratmasi=1432+292=1724 mlrd so’m. Ishlab chiqarish va import solig’i (ICHIS): ICHIS=MS+BICHS=700+148=848mlrd so’m. Ishlab chiqarish va import uchun subsidiya (ICHISU): ICHISU=MSU+BICHSU=76+52=128 mlrdso’m. Daromadlarni shakllanish schyotini tuzamiz va uni balanslantiruvchi ko’rsatkichi iqtisodiyotni yalpi (sof) foydasi va yalpi (sof) aralash daromadini hisoblaymiz. Daromadlarning shakllanish schyoti
Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti va uning ko’rsatkichlarini hisoblash Birlamchi daromad deganda institutsional birliklarni ishlab chiqarishda qatnashganliklari tufayli to’lashlari lozim bo’lgan daromadlardan va o’zlariga qarashli mulklardan boshqa birliklardan foydalanib olgan daromadlari tushuniladi. Bularga foizlar, dividendlar, renta, to’g’ridan-to’g’ri investitsiya qilish natijasida olinadigan reinvestitsiya daromadi hamda sug’urta polisidan olinadigan daromad va boshqalar kiradi. Shunday qilib, nomoliyaviy va moliyaviy sektorlarning birlamchi daromadi yalpi foyda + sof mulkdan olingan daromaddan (mulkdan olingan daromadlardan, mulkdan foydalanganligi uchun berilgan mulk daromadi farqi) iborat bo’ladi. Davlat boshqaruv organlari (DBO) sektorining birlamchi daromadlari: sof ishlab chiqarish va import uchun soliq, sof mulk daromadi va DBO tegishli nokorporativ korxonalarning foydalarini yig’indisiga teng. Uy xo’jaliklarini birlamchi daromadlari mehnat haqi, aralash daromadlar va mulk daromadlari yig’indisiga teng. Uy xo’jaliklariga xizmat qiluvchi notijorat tashkilotlarning birlamchi daromadlari sof mulk daromadlaridan iborat. Iqtisodiyotning daromadlarni birlamchi taqsimlash schyoti
masala.Quyidagi jadvalda mamlakatning shartli iqtisodiy ma’lumotlari berilgan, (joriy bahoda, mln so’m):
Jadvaldagi ma’lumotlar asosida "Daromadlarning birlamchi taqsimlash” schyotini tuzing va yalpi (sof) milliy daromadni hisoblang. Yechish: Daromadning birlamchi taqsimlash schyotini tuzish uchun kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz. Yalpi ichki mahsulot bozor bahosida (YAIM), YAIM=YAMH(6000)+MH(280)-MS(54)-OI(2300)=3926 mln so’m. Ishlab chiqarish va importga soliq (ICHIH), ICHIH=MH(280)+BICHS(140)=420 mln so’m. Ishlab chiqarish va import uchun subsidiya (ICHIS), ICHIS=MS(54)+BICHS(30)=84 mln so’m. Yalpi foyda (YAF) va aralash daromad (AD), YSF va AD=YAIM(3926)-MH(1110)- ICHIH(420) + ICHIS(84)= =2480 mln so’m Endi daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti va uni balanslantiruvchi ko’rsatkichi yalpi va sof milliy daromadni(YAMD yoki SMD) hisoblaymiz. Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti
Daromadlarni birlamchi taqsimlash schyotining tuzilishi sektorlarning birlamchi daromadiga qarab, turli ko’rinishda bo’ladi. Nomoliyaviy korxonalarning daromadlarini birlamchi taqsimlash schyotini umumiy ko’rinishi quyidagicha:
masala. Nomoliyaviy korxonalar sektorini iqtisodiy faoliyatini ifodalovchi ma’lumotlari quyidagi jadvalda berilgan, (joriy baho, mln so’m):
Jadvaldagi ma’lumotlar asosida nomoliyaviy korxonalar sektorini “Daromadlarning birlamchi taqsimlash” schyotini tuzing va uni balanslantiruvchi ko’rsatkichi “Birlamchi daromad saldosi” ni hisoblang. Yechish: Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyotini tuzib, kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz; Mulkdan olingan daromad: 14 mln so’m Mulkdan foydalanganligi uchun to’lgan daromad: 4+6+8=18mln so’m. Nomoliyaviy korxonalar sektorini “Daromadlarning birlamchi taqsimlash” schyotini tuzamiz va schyotni balanslantiruvchi ko’rsatkichini hisoblaymiz. Daromadlarning birlamchi taqsimlash schyoti
Davlat boshqaruv organlarining daromadini birlamchi taqsimlash schyotining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Uy xo’jaliklari sektorining daromadlarini birlamchi taqsimlash schetini umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Download 68.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling