13. Qadimgi Yunonistonda materiya harakati inkor etiladigan falsafiy ta’limotning asoschisi kim? a) Pifagor; b) Zenon; v) Aristarx; g) Ptolemey.
14. Deizm falsafasining tub mohiyatini anglatuvchi belgi nimadan iborat?
a) dunyoning ibtidosi deb «dunyoviy ruh»ning e’tirof etilishi;
b) tabiat moddiy substansiyaning namoyon bo‘lishi deb e’tirof etilishi;
v) tabiat - «dunyoviy ruh»ning hosilasi ekanligini e’tirof etadi, lekin tabiatning keyingi rivojlanishi tabiiy qonunlar orqali ro‘y beradi deb hisoblovchi ta’limot;
g) tabiat bilan «dunyoviy ruh»ning yaxlitligini e’tirof etuvchi falsafiy ta’limot.
15. Qadimgi Yunon falsafasining eng ymymiy va alohida xususiyati nimada?
a) falsafaning alohida ijtimoiy ong bo‘lib shakllanganligida;
b) turli falsafiy oqimlarning shakllanganligida;
v) «falsafa - fanlarning fani» bo‘lib shakllanganligida;
g) a va b hollarda.
16. «Aristotel falsafasining o‘ziga xosligi» nimada ko‘rinadi?
a) uning dualizmida; b) metafizik metodida;
v) uning materializmida; g) uning ob’ektiv idealizmida.
17. Qadimgi Yunon falsafasida atomlar nazariyasining asoschisi kim?
a) Levkipp; b) Demokrit; v) Lukresiy; g) «a» va «b».
18. Pifagor ta’limoti bo‘yicha «tabiatdan oldin ...»
a) moddiy substansiya mavjud deb tushunilgan;
b) geometrik shakllar va matematik sonlar mavjud bo‘lgan;
v) vaqt va fazo mavjud edi deb tushuniladi;
g) har qanday miqdorni inkor etuvchi sonlar mavjudligi e’tirof etiladi.
19. Platon ta’limotidagi ideal jamiyatda davlatni kimlar boshqarishi zarur deyilgan? a) buyuk lashkarboshilar; b) faylasuflar;
v) saylanib qo‘yiladigan xalq vakili; g) b va v xollarda.
20. Aristotel falsafasidagi «moddiy olam to‘rtta unsurdan tarkib topadi» deganda nimalarni ko‘zda tutgan edi?
a) yer, quyosh, oy, yulduzlar; b) tosh, tuproq, suv, efir;
v) yer, suv, olov, havo; g) jism, harakat, fazo, vaqt.
Do'stlaringiz bilan baham: |