Oraliq variatsion qatorlarda moda va medialarni hisoblash


Moda va mediana oʼrtacha miqdor funktsiyasini bajar olmaydi. Ularning qiymati faqat simmetrik qatorlarda oʼrtacha qiymatga mos tushishi mumkin


Download 15.43 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi15.43 Kb.
#1837898
1   2   3   4
Bog'liq
Oraliq variatsion qatorlarda moda va medialarni hisoblash

Moda va mediana oʼrtacha miqdor funktsiyasini bajar olmaydi. Ularning qiymati faqat simmetrik qatorlarda oʼrtacha qiymatga mos tushishi mumkin.
Oʼrtacha miqdorlar yordamida, kuzatish birliklaridagi u yoki bu sabablar orqali boʼlgan farklarni tekislash jarayoni amalga oshiriladi. Masalan, doʼkondagi sotuvchining unumdorligi uning ish stajiga, yoshiga, sogʼligʼiga, xizmat koʼrsatish usuliga, maʼlumotiga, malakasiga va hatto tashqi koʼrinishiga xam bogʼliq. Oʼrtacha unumdorlik shu xususiyatlarni umumlashtiradi.
Oʼrtacha miqdor - mavhum miqdor, chunki u yoʼq birlikning mohiyatini xarakterlaydi. Bu degani toʼplam birliklarining birortasi ham oʼrtacha bilan teng boʼlmasligi mumkin. Oʼrtachalar mavhum miqdor ekan deb, ularni ilmiy tekshirmaslik va oʼrganmaslikka hech qanday asos yoʼq. Chunki mavhumlik Har qanday ilmiy tekshirishning zaruriy pogʼonasidir. Oʼrtacha miqdorlarda ham har qanday mavhumiylikka oʼxshab, alohida va umumiy dialektik birligi amalga oshiriladi.
Oʼrtachalarni qoʼllash umumiy va individual, ommaviy va alohida kategoriyalarning dialektik tushunishdan kelib chiqishi kerak.
Oʼrtacha har bir obʼekt (birlik)da boʼlgan xususiyatlarni umumiisini roʼyobga chiqaradi. Shu xususiyat orqali oʼrtacha har bir birlikda koʼrinmaydigan va ommavii hodisalarga taaluqli qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatiga egadir.
Maʼlumki, individual koʼrsatkichlarnmng umumiydan farqlanishi – rivojlanish jarayonini namoyon boʼlishidir. Аyrim olingan birlik (obьekt)larda yangilik, ilgʼorlik, bozorboblik elementlari mavjud boʼlishi mumkin. Bunday sharoitda, oʼrtachalarni umumii koʼrinishda olingan aniq faktlarni, rivojlanish jarayonini xarakterlaydi. Shuning uchun ham, oʼrtachalarda tipik, real, oʼxshash darajalar ifodalanadi. Bu darajalarning makonda va zamonda oʼzgarishini baholash oʼrtacha miqdorlarning muhim vazifalaridan biridir. Masalan, bozor iktisodiyoti rivojining ayrim bosqichlarida ishchilar mexnat unumdorligi oʼzgarishi qonuniyatlarining korxonalarga xosligi; aholi farovonligi oʼzgarishining oʼrtacha ish haqi, oilaning oʼrtacha daromadi, oʼrtacha isteʼmol qilingan tovarlar va h.k. koʼrsatkichlaridagi ifodasi.

Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling