O'raqova Safargulning Biokimyo fanidan mustaqil ishi oqsillarning hazm bo'lishi


Download 68.51 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi68.51 Kb.
#1590927
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oqsillarning hazm bo\'lishi



O'raqova Safargulning
Biokimyo fanidan mustaqil ishi

OQSILLARNING HAZM BO'LISHI

REJA:


  1. Me’dada oqsillarni hazm bo’lishi

  2. O‘n ikki barmoqli ichakda oqsillarning hazm bo‘lishi

  3. Hazmlanish jarayonlarini boshqarilishi

  4. Endogen oqsillarining to‘qimalarda parchalanishi



Me’dada oqsillarni hazm bo’lishi
Oqsillar va peptidlarni hazm bo’lishida ishtirok etuvchi proteolitik fermentlar oshqozon-ichak yollarida proferment sifatida sintezlanadi va ajralib chiqadi. Ular nofaoldir va ozining oqsillarini parchalamaydi.
Me’dada oqsillar pepsin proteolitik ferment ta’sirida hazm bo‘lib boradi va bu jarayonda me’da shirasining xlorid kislotasi muhim rol o‘ynaydi. Xlorid kislota me’da bezlarining qoshimcha hujayralarida hosil bo‘ladi va me’da boshligiga ajralib chiqadi. Me’da boshligida uning konsentratsiyasi 0,16 M (taxminan 0,5% ga) yetadi. Shuning hisobiga me’da shirasiga pH qimmati pastdir, yani 1-2 atrofida bo‘ladi.
Emadigan yosh bolalarning me’da shirasida sutni ivitadigan renin fermenti bo‘ladi. Ca2+ ishtirokida renin sutning erigan kazeinlarini erimaydigan shaklga aylantiradi. Ma’lumki, suyuqliklar me’dada uzoq turmaydi. Sut ivitishning fiziologik ahamiyati uning oqsillari hazm bo‘ladigan vaqtgacha me’dada ushlab turishdan iboratdir. Katta yoshli odamlar me’dasida renin bo‘lmaydi. Ularda sut kislotali muhit bilan pepsinning birgalikda ta’sir qilishi natijasida ivib ketadi. Me’dada, pepsin ta’sirida, oqsillardan turli xil kattalikda polipeptidlar va ehtimol, uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi.
Meda shirasi rangsiz suyuqlik bo‘lib, kuchli kislotali reaksiyaga egadir. Odamda sutkasiga 1,5 litr oshqozon shirasi ajralib chiqadi.Uning tarkibida suv, oqsillar, fermentlar (pepsin, gastriksin, renin, mutsin, gastrin gormoni, xlorid kislota, kislota muhiti yaratuvchi fosfatlar va qator boshqa moddalar) mavjuddir (22-jadval).

Download 68.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling