O'raqova Safargulning Biokimyo fanidan mustaqil ishi oqsillarning hazm bo'lishi


-jadval Me’da shirasining tarkibi


Download 68.51 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi68.51 Kb.
#1590927
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oqsillarning hazm bo\'lishi

22-jadval
Me’da shirasining tarkibi

Solishtirma og‘irligi

1,006-1,009

pH

1,5-2,0

Suv

99,0-99,2%

Quruq qoldiq

0,8-1,0%

Organik moddalar

0,4-0,5%

Xloridlar (xlorid k-ta va uning tuzlari)

0,5-0,65%

Xlorid k-ta umumiysi

0,45-0,6%

Erkin xlorid k-ta

0,2-0,5%

Boglangan xlorid k-ta

0,04-0,08%

Oqsil

0,4% 260

Me’da bezlarining asosiy hujayralarida pepsinning o‘tmishdoshi pepsinogen oqsil sintezlanadi. Uning molekulyar og‘irligi 40000. Pepsinogen polipeptid zanjiri pepsin (molekulyar massasi 34000), pepsin ingibitori (molekulyar massasi 3100) va qoldiq polipeptiddan iborat. Pepsin ingibitori lizinni 8 qoldig‘i va argininni 4 qoldig‘ini tutgani uchun kuchli asos xususiyatiga egadir. Me’da bezlarining shirasida pepsinogendan molekulasining 42 ta aminokislota qoldig‘ini o‘z ichiga oladigan N-uchli qismi ajralib chiqadi. Oldin polipeptid qoldiq ajraladi, so‘ng ingibitorni ajralishi kuzatiladi. Qolgan qismining konformatsion tarzda qayta qurilishi natijasida faol markaz yuzaga keladi. Pepsin fermenti hosil bo‘ladi. Pepsinogenning pepsinga aylanishi xlorid kislota yoki pepsinning oz ta’siri bilan, yani autokatalitik yo‘l bilan borishi mumkin.


HCI
Pepsinogen —→ pepsin (asta-sekin)
pepsin
Pepsinogen —→ pepsin (tez)
Xlorid kislota ishtirokida yuzaga chiqadigan reaksiya asta-sekin rivojlanadi. Holbuki, autokatalitik jarayon juda tez o‘tadi. Shunday qilib xlorid kislota ishtirokida hosil bo‘lgan biroz miqdorda pepsin me’da shirasi ajralib chiqqandan keyin ko‘p otmay pepsinogen qolgan qismining tezgina pepsinga aylanishiga olib keladi.
Pepsin peptid zanjirining uchlaridan olisdagi peptid bog‘larini gidrolizlaydi, bunday peptidgidrolazalar endopeptidazalar deb ataladi. Shu munosabat bilan pepsin ta’siri natijasida me’dadagi oqsillar polipeptidlargacha parchalanadi. Pepsin pH 1-2,5 bo‘lganda barchasidan katta faollik ko‘rsatadi. Pepsin ayniqsa, aromatik aminokislotalar karboksil gruppasidan hosil bo‘lgan peptid bog‘larini uzadi. U deyarli barcha tabiiy oqsillarini parchalaydi. Alifatik va dikarbon aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga sekin ta’sir etadi. Ayrim keratinlar, prota’minlar, gistonlar, muko‘proteinlar bundan mustasnodir. Pepsin ozining gidrolitik ta’sirini denaturatsiyaga uchragan oqsillarda ko‘rsatadi.
Gastriksin molekulyar massasi bo‘yicha pepsinga yaqindir (31500). Uning pH optimumi taxminan 3,5 teng. Gastriksin dikarbon aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larga ta’sir ko‘rsatadi. Me’da shirasida pepsin/gastriksin nisbati 4:1 teng. Yara kasalligida uni gastriksin tomonga siljishi kuzatiladi. Me’dada bu 2 proteinazalarni birgalikda ta’siri organizmni turli xil ovqatlanishga moslashtiradi. Masalan: o‘simlik va sut mahsulotlari bilan ovqatlanishda oshqozon shirasining kislotali muhitini qisman neytrallanishiga olib keladi va oqsillarni pepsin ta’sirida emas, balki gastriksin ta’sirida parchalanishiga olib keladi.
Pepsin va gastriksin ta’sirida oqsillar polipeptidlar (albumozlar va peptonlargacha) parchalanadi, oqsillarning asosiy parchalanishi esa ingichka ichakda yuz beradi.

Download 68.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling