Orfoepiya va orfografiya reja
Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go`sht, past kabi so`zlar oxiridagi d, t undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik me’yordir
Download 72.64 Kb.
|
1 2
Bog'liqORFOEPIYA VA ORFOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologik tamoyil.
Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go`sht, past kabi so`zlar oxiridagi d, t undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik me’yordir.
Matbaa, metall, kilogramm, kilovatt, kongres singari o`zlashma so`zlarning talaffuzida qo`sh unli (undosh)larning faqat bittasi talaffuz etiladi. Shartli qisqartmalarni kengaytirilgan holatda o`qimaslik adabiy talaffuz normasiga ziddir: AQSH – Amerika Qo`shma Shtatlari, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, A. Navoiy – Alisher Navoiy, A.Qod. – Abdulla Qodiriy kabi. Oftob, kitob, adab, maktab, Tolib, hisob singari so`zlar oxiridagi b undoshi jarangsiz jufti bilan almashtirilib, n tarzida yalaffuz ‘tilishi deyarli barcha sheva vakillari nutqiga xosdir va bu hol orfoepiya uchun me’yoriy hodisa hisoblanadi. Orfoepiya notiqlik san’ati, nutq madaniyatidagi barcha talaffuz xususiyatlarining yig`indisini, radio, televideniyeni adabiy normaga solib turuvchi mezon hisoblanadi. Angliya, Buyuk Britaniya, Amerika kabi o`nlab rivojlangan mamlakatlarda matbuot sohasida, ayniqsa, televideniyeda orfoepik me’yorlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Talaffuz normalaridan chetga chiqish hollari ro`y bergan ko`rsatuvlar (u har qanday dolzarb masalalar bilan bog`liq bo`lishidan qat’iy nazar) efirga berilmaydi, mabodo bunday ko`rsatuvlar tasodifan efirga uzatilsa, ko`rsatuvni tayyorlagan jurnalistga televideniye muharririga katta miqdorda jarima solinadi, ba`zi holatlarda ular ishdan chetlatilishi ham mumkin. O`zbekiston televideniyesi, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari haqida hamma vaqt ham bunday gapni aytib bo`lmaydi. Ba’zi radio eshittirishlarida, televideniye ko`rsatuvlarida shevaga berilib, bu holatni “xalqona soddalik”, “dehqontabiatlilik” sifatida izohlab, adabiy talaffuz me’yorlarini qo`pol ravishda buzish madaniyatsizlikning bir ko`rinishi ekanligini unutmasligimiz lozim. Orfografiya grekcha so`z bo`lib, orthos – to`g`ri va grafo – yozaman, “to`g`ri yozuv” degan ma’noni ifodalaydi. Orfografiya tovush va harflar, so`z va uning ma’noli qismlari, qo`shma, juft, takroriy, qisqartma (jumladan, shartli qisqartmalarning ham) so`zlarning qo`shib, ajratib va chiziqcha orqali yozilishi, bo`g`in ko`chirish, bosh hamda kichik harflardan foydalanish o`rinlari haqidagi yagona qoidalar tizimidan iboratdir. Orfografiya og`zaki nutqni yozuv orqali to`g`ri ifodalash uchun har bir tilning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yozuv qoidalarining umumiyligini ta’minlaydi.Bu esa og`zaki nutqni imloda bir xil yozish imkoniyatini tug`diradi. Odatda, adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan shevalardan farqlanib turadi. Morfologik tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zshakllar qanday talaffuz etilishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishi talab etiladi. Demak, morfologik prinsip asosida yozilgan so`zlar jonli so`zlashuvdagi talaffuzga muvofiq kelmaydi. O`zbek tilining orfografiyasi (imlo qoidalari ), asosan, shu tamoyilga asoslangandir. Chunonchi, yozibdi, ishda, maqtamoq, to`qson, qochdi, rost, po`stdumba, Samarqand, muomala, gazeta singari so`zlar (jonli nutqda yozipti, ishta, maxtamoq, to`xsan, qoshti, ros, po`sdumma, Samarqan, muomila, gazet tarzida aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi Download 72.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling