Orfoepiya va uning qoidalari haqida ma’lumot bering, misollar asosida izohlang


Adabiy til va uning og‘zaki va yozma shakli nima


Download 0.58 Mb.
bet8/37
Sana14.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1772509
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
o\'zbek tili javob

7. Adabiy til va uning og‘zaki va yozma shakli nima
Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko’rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinish vositasidir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq dahosi va xusisiyatiga ega bo’ladi; nutq esa ayrim shaxsga oid bo’ladi. Har kim o’z qobiliyati, so’z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.
Til-aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni uni yaratgan xalqning o’zidek uzoq bo’ladi. Nutqning umri esa qisqa bo’ladi. Og’izdan so’z chiqdimi – uchadi-ketadi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug’ talab qo’yiladi: o’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir.
Tilni a’lo darajada sharaflagan Alishir Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi: «Til o’zining shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq no’maqul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir». Demak, tilning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo’ladi. Tilning qonun qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o’zgarishda bo’ladi; vaziyatga yoki nutqiy a’zolar faoliyatiga qarab so’zni tovush tomoni o’zgaradi. Nutq so’zlovchining saviyasiga, uslubiga, o’rin va mavqeiga qarab har xil bo’ladi.
Og’zaki adabiy tilda ommaviy axborot vositalari (radio,televideniye) ish ko’rsa, yozma adabiy tilda vaqtli matbuot ( gazeta, jurnal) badiiy va ilmiy adabiuot, rasmiy xujjatlar yaratiladi. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari o’z me’yorlariga ega. Uning o’g’zaki shakli bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasi hisoblanadi. Chunki yozuvda qog’oz, ruchka, yorug’lik bo’lishi kerak.
Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo’yiladi. Fikrning aniq va tushunarli bo’lishi, jumlaning to’g’ri, ravon hamda ta`sirli tuzilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir.
Lekin yozma va og’zaki nutq ayrim holatlari bilan bir-biridan farq ham qiladi. Aytilgan so’z – otilgan o’q sanaladi, uni tuzatib bo’lmaydi.
Biz xotiramizda saqlagan qoidalardan tezkorlik bilan foydalanib, biror fikrni yuzaga chiqarish uchun so’zlar va grammatik ma’no tashuvchi morfemalardan so’z shakllarni va gaplarni hosil qilamiz. Masalan: miyamizda u kitobni qayerdan olganini bilish fikri tug’iladi, deylik uni savol tariqasida shunday yuzaga chiqaramiz:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling