Orfografiya (imlo). Imlo va uning qoidalari reja: Orfografiya va uning asosiy tamoyillari
Download 20.51 Kb.
|
ORFOGRAFIYA (IMLO). IMLO VA UNING QOIDALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial tamoyil
Meni kutgil va men qaytarmen (K.Simonov) Bas, yetar, cholg'uvchi, bas qil sozingni, Bas, yetar ko'ksimga urmagil xanjar (A.Oripov).2. Maqsad ma'nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -g'ali, -kali, -qali shakllari:Meni kutgil va men qaytarmen (K.Simonov) Bas, yetar, cholg'uvchi, bas qil sozingni, Bas, yetar ko'ksimga urmagil xanjar (A.Oripov).2. Maqsad ma'nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -g'ali, -kali, -qali shakllari: Ko'rgali keldingmu yor, Kuydirgali keldingmu yor (qo'shiq).3. Hozirgi-kelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi -ur shakli: Yulduzlar o'tiga bardosh berurman Fazolar taftiga qilurman toqat (A.Oripov)4.-mu shakli: Sevgini tortib bo'lurmu Toshu tarozi bilan (E.Vohidov) Qora qoshing oy yuzingda hilol emasmu (P.Mo'min)5. Navoiy, Fidoiy, Atoiy kabi so'zlar arab tilining qoidasini o'zlashtirish asosida orfografiyamizga kirib kelgan. Differensial tamoyilTalaffuzda bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o'zaro farqlari deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so'zlar yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi differensiyalash (farqlash) tamoyili deyiladi. Bu tamoyil kam qo'llanadi. Ayrim misollar: 1. O'zaro yaqin, shakldosh so'zlar yozuvda tutuq belgisi yordamida farqlab qo'llanadi: da'vo – davo, na'sha – nasha, she'r – sher, sur'at – surat, ta'qib – taqib kabi. 2. Ba'zi shakldosh so'zlar talaffuzda urg'u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so'zlarga urg'u belgisi qo'yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) – banda (qul), aralashma (qorishma) – aralashma (qo'shilmaslik). 3. -li va -lik qo'shimchalari yozuvda 1956 yilgacha farqlanmay qo'llanilar edi. 1956 yildan boshlab adabiy orfografiyamizda ularni farqlab qo'llashga o'tildi. Tegishlilik ma'nosini ifodalashda -lik affiksi: shaharlik, qishloqlik, toshkentlik; ega ekanlik ma'nosida esa -li affiksi qo'llana boshlandi: otli, to'nli. Buning natijasida imloda bir xillikka erishildi. Qat'iy nazar, mazkur affikslarni farqsiz qo'llash holatlari hali ham uchrab turadi. Qiyoslang: chelakli kishi – chelaklik kishi va b. 4. -lik affiksi bilan ham so'zlar farqlanadi: bog'liq – aloqador, bog'liq – mol yoki pichanni bog'laydigan narsa; bo'shlik – yuvosh, bo'shlik – fazo kabi. Download 20.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling