Orfografiya (imlo). Imlo va uning qoidalari reja: Orfografiya va uning asosiy tamoyillari


Download 20.51 Kb.
bet4/5
Sana07.03.2023
Hajmi20.51 Kb.
#1245058
1   2   3   4   5
Bog'liq
ORFOGRAFIYA (IMLO). IMLO VA UNING QOIDALARI

Etimologik yoki grafik tamoyil


  • Etimologik yoki grafik tamoyil

  • O'zlashgan so'zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o'zlashma so'zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Maoniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so'zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o'zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so'zlar etimolo-gik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o'zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo'lgan ba'zi ruscha-internatsional so'zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko'ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyat-lariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi.

  • Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o'rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so'zlarning oxiridagi -viy, -iy qo'shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi.

  • Jo'nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi.

O'ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI. HARFLAR IMLOSI. UNLILAR IMLOSI1. A a harfi:


  • O'ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI. HARFLAR IMLOSI. UNLILAR IMLOSI1. A a harfi:

  • 1) aka, alanga, aloqa, og'a; sentabr, noyabr kabi so'zlarda old qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;

  • 2) bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa kabi so'zlarning oldingi bo'g'inida, vaqt, vahm kabi so'zlarda a aytiladi va yoziladi.

  • 2. O o harfi:

  • 1) ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat kabi so'zlarda orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;

  • 2) boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofondirektor, termos kabi o'zlashma so'zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.

  • 3. I i harfi:

  • 1) ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan, biroq, sira, qishloq, chiroq kabi so'zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;

  • 2) o'tin, o'rik, bo'lim kabi oldingi bo'g'inida o' unlisi keladigan so'zlar-ning keyingi bo'g'inida aytiladi va yoziladi.

  • 4. U u harfi

  • 1) uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura; ko'zgu, uyqu; aluminiy, yubiley kabi so'zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi;

  • 2) qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg'ovul, chirmovuq kabi so'zlarning oldingi bo'g'inida o unlisi kelsa, keyingi yopiq bo'g'in boshidagi v undoshi-dan keyin u aytiladi va yoziladi.

  • 5. O' o' harfi , o't, o'q, o'zbek, o'simlik, do'ppi; bo'tako'z, semizo't, gulko'rpa, noo'rin kabi so'zlarda orqa qator o'rta­keng unlini ifodalash uchun yoziladi.

Download 20.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling