Tayyorladi: Norboyeva Nodira 59-guruh
O'zbek orfografiyasining tamoyillari - Tamoyil (prinsip) – lotincha boshlanish demakdir. Imloviy tamoyillar yozuvning poydevoridir. Orfografiyaning uchta asosiy tamoyili bor: 1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy-an'anaviy tamoyil. Bulardan tashqari, 4) differensial tamoyil va 5) grafik yoki etimologik tamoyillar ham mavjud. Lekin keyingi ikkalasi asosiy rol o'ynamaydi. O'zbek orfografiyasidagi mazkur tamoyillar o'zaro bog'liq holda ish ko'radi. Yozuvda xilma-xillikka yo'l qo'ymaslik uchun bularga qat'iy rioya qilinadi.
Fonetik tamoyil - So'z tarkibidagi nutq tovushlarining aytilishi va eshitilishiga ko'ra yozilishi fonetik tamoyilga xos. Bunga ko'ra so'zlar adabiy talaffuzda qanday aytilsa, shunday yoziladi. Masalan, ong o'zagidan la affiksi bilan yasalgan so'z ongla emas, angla shaklida yoziladi, ya'ni o'zakdagi o o'rniga a talaffuz qilinarkan, xuddi shunday yoziladi. Ishla negizidan yasalgan ishlovchi so'zida a o'rniga o yoziladi. (tara – taroq so'zlarida ham shunday). Shuning-dek, ruscha счёт, счётка so'zlari ham eshitilishiga ko'ra cho't, cho'tka tarzida yoziladi.
- Fonetik tamoyil orfografiyani jonli talaffuzga yaqinlashtiradi. Yozuv va talaffuzda ma'lum darajada umumiylik saqlanadi.
- Nutqimizda tushdi so'zi tushti, tushgan so'zi tushkan tarzida talaffuz qilinadi. Ba'zan so'z oxirida bir undosh tushirilib aytiladiki (Samarqan, xursan, pas kabi), bu so'zlar talaffuzdan boshqacharoq yoki to'liq yoziladi. Bu holat fonetik tamoyil orfografiyaning yagona tamoyili bo'la olmasligini ko'rsatadi.
- Xuddi shuningdek, alifbodagi kamchiliklar tufayli unlilar qattiq va yumshoq talaffuz qilinishidan qat'iy nazar, bir xilda yoziladi: biz, tiz, qiz, qish, ko'l, ko'z, qo'y, qo'zi, qalb, ona, qur, bur, tur, o'r, ur kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |