Orfografiya va punktuatsiya slayd


Etimologik yoki grafik tamoyil


Download 11.08 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi11.08 Kb.
#1543121
1   2   3   4
Bog'liq
orfografiya va punktuatsiya

Etimologik yoki grafik tamoyil

  • O'zlashgan so'zlarning qadimgi etimologik yoki grafik holatini saqlab qolish asosida yozish imloda etimologik yoki grafik tamoyil deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, yozuvda o'zlashma so'zning etimologiyasi saqlanadi. Masalan, Navoiy, Lutfiy, Maoniy, mutolaa, mushoira, muammo kabi so'zlar ham shu tamoyil asosida yozilgan. Rus tili va u orqali o'zlashgan rol, sentner, tender, kompyuter, bank, senator, aksiya kabi so'zlar etimolo-gik-grafik tamoyil asosida yozilmoqda. Shunisi xarakterliki, o'zbek tili talaffuzi uchun qiyin bo'lgan ba'zi ruscha-internatsional so'zlar hozirgi orfografik qoidalarga ko'ra, istisno tarzda, tilimizning talaffuz xususiyat-lariga moslab yoziladi va talaffuz qilinadi: kiosk – kioska, propusk – propuska, otpusk – otpuska, bank – banka kabi.
  • Ayni vaqtda orfografiya tamoyillari o'rtasida uzviy aloqa ham mavjud. Oilaviy, Navoiy kabi so'zlarning oxiridagi -viy, -iy qo'shimchalari tarixiy-an'anaviy tamoyilga ham, etimologik-grafik tamoyilga ham mos keladi.
  • Jo'nalish kelishigi shakli -ga, -ka, -qa yozilishida fonetik va morfologik tamoyillar mos keladi.

O`zbek tili punktuatsiyasi.

  • Pungtuatsiya yozma fikrni aniq va ravon, tushunarli va ifodali bayon qilishda muhim ahamiyatga egadir. Yozma nutqning ayrim leksik-garamatik vositakar bilan ifoda qilish mumkin bo’lmagan tomonlarini ifoda qilishda pungtuatsiyaning ahamiyati yanada ortadi.
  • Pungtuatsiya tilshunoslikda uch ma’noda qo’llanadi: tinish belgilari sistemasi va ularninq qo’llanish qoidalari haqidagi bilim: tinish belgilarining qo’llanishi haqidagi qoidalar to’plami: tinish belgilari.
  • Umuman, pungtuatsiyaning tekshirish obekti tinish belgilaridir.
  • Pungtuatsiya grafika va orfografiya, sintaksis, intonatsiya bilan uzviy aloqadordir.

O’zbek tili pungtuatsiyasining asosi va tamoyillari.

  • Pungtuatsiya asosi deganda tinish belgilarinig qo’llanishi nimaga bog’liqligi tushuniladi.
  • O’zbek tili Pungtuatsiyasining birinchi asosi o’zbek tilining grammatik sistemasi nutqning mazmun, intonatsiya va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil qiladi. Bu o’zbek tili pungtuatsiyasining negizidir.
  • O’zbek tili pungtuatsiyasining ikkinchi asosi rus tilining punktuatsion sistemasidir.
  • Grammatik sistema nutqning mazmuni, intonatsion va tuzilish tomonlarining bir butunligini tashkil qiladi. Bu o’zbek tili pungtuatsiyasining negizidir.
  • O’zbek tili pungtuatsiyasining ikkinchi asosi rus tilining pungtuatsion sistemasidir. Bu- o’zbek tilidagi ko’pchilik tinish belgilarining rus tilidan o’zlashganligi, rus tilida pungtuatsiyasining ilmiy va nazariy jihatdan chuqur ishlanganligi, bilan bog’liq. Pungtuatsiya prinspi –tinish belgilarining qaysi usul va tartibda qo’llanilishi demakdir.

Download 11.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling