Organik dehqonchilikda suv rejimini boshqarish Reja: Oʻsimliklar hayotida suvning ahamiyati
Download 20 Kb.
|
Organik dehqonchilikda suv rejimini boshqarish
Kapillyar suv tuproq qatlamlaridagi kapillyar gʻovaklar orqali quyi qatlamdan yuqori qatlamga erkin harakat qiladigan suvdir. Kapillyar suv tuproqning juda mayda kapillyarlarini (gʻovaklarini) toʻldiradi va oʻsimlikni suv bilan taʻminlashda asosiy manbalardan hisoblanadi.
Tuproqning nokapillyar gʻovaklari orqali yuqoridan quyi qatlamlariga erkin harakatlanadigan suv gravitatsion suv deyiladi va undan oʻsimlik qisman foydalanadi. Tuproqning suv rejimi uning agrofizik va suv xossalariga bogʻliq boʻladi. Tuproqning suv xossalariga suv oʻtkazuvchanligi, tuproqning suv koʻtarish xususiyati, nam sigʻimi kabilar kiradi. Tuproqning maʻlum miqdorda oʻziga suv singdirib ushlab turish qobiliyati uning nam sigʻimi deyiladi. Tuproqning nam sigʻimi maksimal gigroskopik, kapillyar, dala va toʻliq nam sigʻimlariga boʻlinadi. Deh-qonhilik nuqtayi nazaridan kapillyar, toʻliq va dala nam sigimlari aha-miyatli hisoblanadi. Kapillyar nam sigʻimi deganda tuproqning kapil-lyar gʻovaklarida ushlanib turgan suv miqdori tushuniladi. Kapillyar nam sigʻimi kapillyar gʻovakliklar hajmiga va shu kapillyarlarga namlikni kelib turishiga bogʻliq boʻladi. Hamma gʻovakliklarni suv bilan toʻlishi toʻliq nam sigʻimi deyiladi. Gravitatsion suv yuqoridan quyi qatlamga oqib ketgandan soʻng tuproqda ushlanib qolgan suv miqdoriga tuproqning maksimal dala nam sigʻimi deyiladi. Tuproqning suv oʻtkazuvchanligi deb yuqoridan pastki qatlamlariga suv oʻtkazish qobiliyatiga aytiladi. Kapillyar oraliqlar orqali suvni pastdan yuqoriga koʻtarishiga esa, tuproqning suv koʻtarish xususiyati deyiladi. Suv oʻtkazuvchanlik va suv koʻtarish tezligi sm /sek, sm/min va sm/soatlarda ifodalanadi. Tuproqning suv xossalari uning mexanik tarkibiga, strukturasiga va tuzilishiga bogʻliq boʻladi. Tuproq suv rejimini toʻgʻri boʻlishi uchun: tuproqning suv oʻtkazuv-chanligini yaxshilash, nam sigʻimini oshirish, namni yuqoriga koʻtarish xususiyati va uning bugʻlanish sathini kamaytirish zarur. Bevosita tup-roq suv rejimini boshqarishda qoʻllaniladigan tadbirlardan eng muhimi tuproqni sifatli ishlashdir. Yer sifatli ishlanganda tuproq tuzilishi yaxshilanadi, uning gʻovak, kesakli strukturasi saqlanadi va begona oʻtlar yoʻqoladi. Namlikning behuda sarf boʻlishi kamayadi. Tuproqning suv rejimini boshqarishda sugʻorishni toʻgʻri tashkil etish va sugʻorgan-dan soʻng yer yetilishi bilan sifatli ishlov berish muhim ahamiyatga ega. 4.Har qanday tuproqda hamma vaqt maʻlum miqdorda havo boʻlib, undagi boʻshliqlarni toʻldirib turadi. Maʻlum vaqt ichida tuproqqa havo kirishi va uning miqdori hamda tarkibini oʻzgarishi havo rejimi deyiladi. Tuproqda atmosferadan kirgan havo va tuproqdagi har xil bio-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil boʻlgan gazlar uchraydi. Atmosfera havosining tarkibi tuproq havosining tarkibidan anchagina farq qiladi. Atmosfera havosida N (azot) 78,8%, O2 (kislorod) 20,95%, CO2(korbo-nat angidrid) 0,03%, tuproq havosida esa N 78-80%, O2 19-21%, CO2 0,1-1,0% boʻladi. Tuproq havosi unda yashaydigan ayrim mikroor-ganizmlar uchun zarur, chunki tuproqda havo yetishmasa, aerob mikroorganizmlar hayot kechira olmaydi. Natijada organik qoldiqlar yahshi chirimasdan, oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan oziq moddalar hosil boʻlishi uchun sharoit boʻlmaydi. Tuproq havosi tarkibidagi kislorod tuproqdagi har xil mineral va organik moddalarni oksidlaydi. Natijada oksidlangan baʻzi elementlar eruvchan holatga oʻtsa, ayrimlari aksincha, havo yetarli boʻlmagan tuproqda oʻsimliklar hayoti uchun zararli boʻlgan har xil kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur hisoblangan azot anaerob sharoitda gaz holdagi birikmalarga oʻtib, tuproqdan atmosferaga erkin holda chiqib ketadi. Demak tuproqning unumdorligi uchun havoning ahamiyati ham muhim hisob-lanadi. Oʻsimliklar hayotida havo boshqa omillar bilan teng ahamiyatga ega. Chunki oʻsimliklar karbonat angidridni oʻzlashtirganda nafas olish jarayoni sodir boʻlib, bunda kislorlodni ham singdiradi va maʻlum miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Oʻsimliklar ildizi nafas olganda ajralib chiqadigan CO2 bir qancha mineral moddalarning eruvchanligini oshiradi. Bu oʻsimliklarning yaxshi oziqlanishiga yordam beradi. Oʻsimliklarda nafas olishga qaraganda fotosintez jarayoni bir necha bor faolroq oʻtadi. Shuning uchun ham oʻsimliklarda organik moddalar toʻplanadi. Fotosintez jarayonida oʻsimliklar atmosferadan 1 t uglerod oʻzlashtirsa, ayni vaqtda 2 t erkin kislorod ajralib chiqadi. Tuproq havosining tarkibi vaqt-vaqti bilan oʻzgarib turadi. Tuproq havosi tarkibidagi CO2 miqdorining ortishi bilan O2 miqdori kamayadi. Kislorod tuproq tipiga qarab, 2-3 % gacha kamayadi, CO2 miqdori esa 10% gacha ortadi. Tuproq havosining tarkibi va miqdori ekinlar turiga, haroratga, namlikka va uning aeratsiyasiga bogʻliq. Atmosfera va tuproq havosi-ning almashinishi tezligiga ekinlarni parvarish qilish agrotexnikasi taʻsir etadi. Yerlarni oʻz vaqtida haydash, sugʻorish, ekin qator oralarini ishlash tuproqda havo almashinishini tezlashtiradi. Oʻsimlik ildizining nafas olishida va aerob mikroorganizmlar faoliyatida tuproq havosidagi kislorod nihoyatda zarur. Izlanishlar shuni koʻrsatadiki, tuproq umumiy gʻovakligini 25-40 % i havo va 75-60% i suv bilan band boʻlganda, madaniy oʻsimliklar yaxshi oʻsadi. Oʻsimliklarning normal oʻsishi va rivojlanishiga tuproq havosi-ning tarkibi ham taʻsir etadi. Masalan, tuproq havosida kislorod yetish-may, karbonat angidrid miqdori ortiqroq boʻlsa, oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi sustlashadi, ayrim vaqtda esa quriydi. Tajriba maʻlumotlariga qaraganda, tuproqqa kislorod bemalol kirib turgandagina nitrofikatsiya jarayoni aktiv kechadi va azotobakteriya-larning tuproqda azot toʻplashi uchun sharoit vujudga keladi. Kislorod mikroorganizmlar uchun juda zarur. Tuproqning havo oʻtkazuvchanligi uning mexanik tarkibiga, dona-dorligiga va tuzilishiga bogʻliq. Donador gʻovaksimon va yumshoq tuzilishga ega boʻlgan tuproqlar havoni yaxshi oʻtkazadi. Strukturasiz, zich tuproqlar havoni yomon oʻtkazadi. Tuproqning oʻzida maʻlum miqdorda havo ushlab turish qobiliyati uning havo sigʻimi deyiladi. U asosan tuproqning gʻovakligiga va nam-lanish darajasiga bogʻliq boʻladi. 5..Ekinlardan yuqori hosil olishda tuproqda qulay havo rejimini yaratish zarur tadbirlardan biri hisoblanadi. Buning uchun yerni chu-qur va sifatli shudgorlash, chizellash, boronalash va kultivatsiyalash kabi agrotexnik tadbirlardan keng foydalanish, tuproqdagi namlikni meʻyoridan oshiq boʻlib ketishiga yoʻl qoʻymaslik zarur. 6.Oʻsimliklarning urugʻdan unib chiqishi, normal oʻsib rivojlanishi va tuproqdagi turli mikroorganizmlarning hayoti bevosita tuproqdagi issiqlikka bogʻliq. Ekilgan urugʻlarga ularning unib chiqishi va keyingi oʻsishi uchun tuproqda maʻlum harorat boʻlishi kerak. Urugʻlar muayyan haroratda unib chiqadi. Agar harorat urugʻning unib chiqishi uchun yetarli boʻlsa, minimal, oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay boʻlsa, optimal, agar undan yuqori boʻlsa, maksimal harorat deyiladi. Maksi-mal harorat oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga salbiy taʻsir etadi. Oʻsimlik urugʻining unib chiqishi uchun zarur harorat, yaʻni minimal harorat bilan oʻrtacha sutkalik harorat orasidagi farq foydali yaʻni samarali harorat deyiladi. 7.Oʻsimliklar turiga qarab harorat sharoitiga turlicha munosabatda boʻladi. Masalan, ulardan baʻzilari yuqori haroratda (gʻoʻza, suli, makkajoʻxori va boshqalar) normal oʻsib rivojlansa, boshqalari bahori don ekinlari nisbatan pastroq haroratni talab etadi. Kuzgi don ekinlari qishni yengil oʻtkazadi, bahorgilari esa qishki past haroratda nobud boʻladi. Gʻoʻza uchun optimal harorat 25-300C, maksimal harorat esa 35-370C; kuzgi gʻalla ekinlari (kuzgi javdar, kuzgi bugʻdoy, bahori arpa, suli, ba-hori bugʻdoy) uchun optimal harorat 20-250C, maksimal harorat esa 30-350 hisoblanadi. Makkajoʻxori uchun optimal harorat 25-300C va maksimal harorat 35-400 hisoblanadi. .Harorat koʻtarilganda issiqlikning oʻsimliklar hayot faoliyatiga taʻsiri tubdan oʻzgaradigan darajasi harorat nuqtalari deyiladi. Oʻsimliklar issiqqa boʻlgan talabiga koʻra ikki guruhga boʻlinadi. 1) Moʻtadil iqlim mintaqasida oʻsadigan oʻsimliklar . 2) Janubiy kengliklarda oʻsadigan oʻsimliklar. Birinchi guruhga mansub oʻsimliklar: arpa, suli, bugʻdoy, javdar, koʻk noʻxat, beda va boshqalar. Ularning urugʻi oʻrtacha harorat +1…50C boʻlganda unib chiqadi, +10…120C da gullaydi va yetiladi. Bu oʻsimliklar-ning maysasi +5…100C da ham hayot faoliyatini davom ettiraveradi. Shuning uchun bu oʻsimlikning urugʻi erta bahorda - fevralning oxiri va martning boshlarida ekiladi. Ayrim ekinlar sovuqqa ancha chidamli boʻladi. Masalan, beda qor tagida - 400C , qor boʻlma-ganda esa -30 0C sovuqqa chidaydi. Ikkinchi guruhga issiqsevar oʻsimliklar: gʻoʻza, makkajoʻxori, oqjoʻxori, sholi, qovun, tarvuz va boshqalar kiradi. Ularning urugʻi +10…120C da unib chiqadi va 15-200C da gullaydi. Shunga koʻra, ularning urugʻi kech yaʻni martning oxiri va aprelning boshlarida ekiladi. Bu oʻsimliklar orasida gʻoʻza oʻta issiqsevarligi bilan ajralib turadi, chigit tuproq harorati +10…120C boʻlganda unsa ham, maysasi 160C da yer betiga chiqadi. Uning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun harorat 25-300C dan past boʻlmasligi shart, aks holda gʻoʻzaning rivoj-lanishi susayadi. Chigit unib chiqishi uchun 840C foydali harorat zarur. 8.Issiqlik rejimini boshqarish tuproq unumdorligini oshirishda va ekinlardan moʻl hosil yetishtirishda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Ekinlarning turiga qarab urugʻini unib chiqishi, oʻsishi va rivojlanishi uchun har xil miqdorda issiqlik talab etiladi. Yerga solingan chirimagan goʻng, organik oʻgʻitlar tuproqning issiqlik rejimini yaxshilaydi, chunki 1 t goʻng chiriganda 4-5 mln kkal issiqlik ajralib chiqadi. Yerga barqaror sovuq tushmasdan oldin chuqur va sifatli shudgorlash tuproqning issiqlik rejimini yaxshilashda samarali tadbir hisoblanadi. Egat va pushtalardagi qulay issiqlik rejimi tuproqning fizikaviy xossalari bilan bogʻliq holda chigitning barvaqt va qiygʻos unib chiqishiga imkon beradi. Bunday yerlarda chigit tekis yerdagiga nisbatan 5-6 kun oldin unib chiqadi. Tuproq haroratini oshirishni va rejimini tartibga solishning yana bir asosiy omili chigit yoki boshqa ekinlar urugʻi ekilgandan keyin yerlarni mulchalashdir. Mulcha sifatida chirigan goʻng, koʻmir kukuni, qora qogʻoz va plyonka kabi materiallardan foydalanish mumkin. Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling