Organik kartoshka(Solanum tuberosum) yetishtirish texnologiyasining maxsulot dorivorlik xususiyatlariga ta’siri


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODLAR


Download 32.02 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi32.02 Kb.
#1598845
1   2   3
Bog'liq
maqola111

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODLAR
Tajriba Samarqand viloyati Jomboy tumani o‘tloqli bo‘z tuproqlarida o‘tkazildi. Dastlab kartoshka navining F1 avlodi urug‘lik uchun tanlab olindi, saqlash joyi tanlab olindi, tajriba o‘tqaziladigan hudud tanlandi va tuproq tarkibida mavjud organik o‘g‘it miqdori aniqlamdi. Tajriba uchastkasida sifatli darajada agrotexnik tadbirlar olib borildi va variantlar hisobiga organik ozuqa meyorlari taqsimlab chiqildi. Tajriba uchastkasida to‘rt xildagi (1-nazorat(o‘g‘itsiz), 2- 25t/ga, 3-30t/ga, 4-40t/ga ) variantlarga bo‘linib kuzatuv ishlari olib borildi.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
Organi kartoshka yetishtirish texnologiyasi tajriba uchastkasida kartoshkaning “SANTE” navi ustida olib borilgan tajriba to‘rt xildagi variantlarda kuzatuv ishlari olib borildi. Kuzatishlar natijasida, tanlangan urug‘lar 18-22*C haroratda,25-30 kunda nish unib chiqdi, gullash davrida o‘simlik poyasining uzunligi 30-40sm ni tashkil qildi. Vegitatsiya davri umumiy 85 kunni tashkil etdi.
Organik o‘g‘itlarning variantlar kesimida taqsimlanganlik miqdori nazorat variant(o‘g‘itsiz)ga nisbatan,hosildorlik miqdori bo‘yicha 15 – 20% gacha oshgan va maxsulotning dorivorlik (biokimyoviy) tarkibi jixatidan 22 – 30% gacha oshganligi aniqlandi.

XULOSA
Organik kartoshka yetishtirish tajriba jarayonida ekin ekiladigan maydonga yetarli miqdorda (o‘similk talabidan kelib chiqqan xolda) sifatli chiritilgan organik o‘g‘it solinganda, sifatli agrotexnik tadbirlar qo‘llanganda , zararkunanda va kasalliklardan ximoyalangandagina sifatli va mo‘l hosil olish mumkinligiga yana birbor amin bo‘ldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


1. I.T. ERGASHEV, B.M. ESHONKULOV, D.S.NORMURODOV,
F.A. OBLOKULOV. Kartoshka seleksiyasi va urugʻchiligi. Oʻquv qoʻllanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2021 y. –176 bet.
2. Abduraximov M. K. O‘simlikshunoslik. Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2021 yil – 272 bet.
3. Atabayeva X.N., Xudayqulov J.B. O‗simlikshunoslik. ―Fan va texnologiya‖ nashriyoti, -Toshkent. 2018. Darslik. -407 b.
QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR VA INTERNET SAXIFALARI
Abduqodir S. Karoshkaning shifobaxsh xususiyatlari. “Teglar’’- “Malxam’’ tabobat markazi. SALOMATLIK 22.10.2016.-5 bet.
R. Hakimov, B.Azimov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi sayti.
WWW.yoshfermer.uz sahifasi. Manba: “Tomarqa-daromad manbai” qo‘llanmasi.
WWW.Vikipediya.sahifasi.kartoshka. Manba: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) malumotlaridan foydalanildi.
Download 32.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling