Organik kimyoni endi boshlaganlar uchun maslahatlar


| Uglevodorodlarni kimyoviy xossasi (6 ta sinfni gidrogenlash)


Download 1.93 Mb.
bet9/21
Sana28.09.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1689210
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Organika nazarya tayyori (1)

39 | Uglevodorodlarni kimyoviy xossasi (6 ta sinfni gidrogenlash)


Alkanlarda: Alkanlar gidrogenlanish reaksiyasiga kirishmaydi, chunki to`yinmagan bog` yoki halqa mavjud emas.
Sikloalkanlarda: Kichik halqali (siklopropan va siklobutan) birikmalar, ularning katta halqali gomologlariga (siklopentan va siklogeksan) nisbatan birikish reaksiyasi oson kirishadi. Sababi kichik halqalarni katta halqalarga nisabatan beqarorligidir.

+H2→CH3-CH2-CH3 propan (50-70oC va Pt katalizator)


+H2→CH3-CH2-CH2-CH2-CH3 pentan (300oC va Pt katalizator)




Alkenlar, alkadiyenlar va alkinlar vodorod bilan to`yinmagan bog`lari hisobiga reaksiyaga kirishadi:
CH3-CH=CH2+H2→CH3-CH2-CH3
CH2=C=CH2 + 2H2→CH3 – CH2 – CH3
CH≡CH + 2H2→C2H6


Aromatik uglevodorodlarda: Benzol va uning gomologlari gidrogenlani siklogeksan va uning gomologlarini hosil qiladi.



40 | Uglevodorodlarning 6 ta sinfiga galogenlar ta`siri
Alkanlarda: Metan bilan xlor yorug`lik ta`sirida reaksiyaga kirishib, metandagi vodorod atomlari birin-ketin xlor atomlari bilan o`rin almashadi.
CH4+Cl2→CH3Cl+HCl CH3Cl – metil xlorid
CH3Cl+Cl2→CH2Cl2+HCl CH2Cl2 – metilen xlorid
CH2Cl2+Cl2→CHCl3+HCl CHCl3xloroform
CHCl3+Cl2→CCl4+HCl CCl4 – uglerod xlorid

Agar CH4 va Cl2 aralashmasi quyosh nuri ta`sirida portlaydi, natijada HCl va C hosil bo`ladi:


CH4+2Cl2=4HCl+C

Tarmoqlangan uglevodorodlarni galogenlashda, asosan, uchlamchi uglerod atomlaridagi, keyin ikkilamchi uglerod atomlaridagi va oxiri birlamchi uglerod atomlaridagi vodorod o`z o`rnini galogenga beradi.




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling