Organik moddalarni tozalash usullari


Download 1.15 Mb.
bet6/8
Sana14.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1198610
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
organik kmyo

VAKUUMDA HAYDASH

  • VAKUUMDA HAYDASH
  • Olinayotgan organik moddalarning ichida shunday birikmalar bo’ladiki, ularni o’zlarining qaynash xaroratiga qadar qizdirganda xam parchalanib ketadilar. Shuning uchun bunday moddalar vakuumda haydaladi. Ma'lumki, moddalarning qaynash xarorati atmosfera bosimiga bog'liq. Moddalar past bosimda - vakuumda oddiy sharoitga qaraganda ancha past temperaturada qaynaydi. Vakuumda haydash moddalarning uchuvchanligini orttiradi, moddalarda azeotrop aralashmalar xosil bo’lishini kamaytiradi. Moddalarni vakuumda haydash uchun 5- rasmda ko’rsatilgandek asbob yig'iladi. Vakuumda haydash uchun faqat yumaloq tubli va deflegmatorli kolbalar ishlatiladi.

Bosim 760 mm dan 10-25 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday vakuum suv nasoslari yordamida xosil qilinadi) moddalarning qaynash xarorati 1000C gacha, bosim 1-2 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday kuchli vakuum moy nasoslari yordamida xosil qilinadi) qaynash xarorati 2000C gacha pasayadi.

  • Bosim 760 mm dan 10-25 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday vakuum suv nasoslari yordamida xosil qilinadi) moddalarning qaynash xarorati 1000C gacha, bosim 1-2 mm simob ustunigacha kamaytirilganda (bunday kuchli vakuum moy nasoslari yordamida xosil qilinadi) qaynash xarorati 2000C gacha pasayadi.

SUBLIMATLASH

  • SUBLIMATLASH
  • Qattiq organik moddalarni tozalashda sublimatlash usulidan foydalaniladi. Qattiq moddaning suyuqlanmay turib bug' xolatiga o’tishi va sovitilganda yana qaytadan kristallanishi - sublimatlanish (vozgonka) deyiladi. Bug'ining bosimi odatdagi haroratda ancha yuqori bo’lgan moddalar (xinon, benzoy kislota, naftalin) sublimatlanadi. Qayta kristallantirish yo’li bilan tozalanishi qiyin bo’lgan moddalarni, odatda sublimatlash yo’li bilan tozalanadi. Ko’p xollarda uchuvchan 24 moddalarni, ulardagi uchishi qiyin bo’lgan aralashmalardan tozalash uchun, qiyin va uzoq davom etadigan qayta kristallantirish o’rniga sublimatlantirish usuli qo’llaniladi. Bunda tozalanayotgan moddaning miqdori xam qayta kristallantirish usulidagiga qaraganda ko’proq bo’ladi. Yana shuni aytish kerakki sublimatlash usuli bilan olingan modda juda toza bo’ladi. Qattiq moddalarni sublimatlash asbobi 18 - rasmda ko’rsatilgan.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling