- ADSORBTSION XROMATOGRAFIYA
- Adsorbtsion xromatografiya usulida aralash moddalarning adsorbent yuzasidan adsorbtsiyalanish (yutilish) va desorbtsiyalanish (yuvilish) jarayoni juda ko’p marta qaytariladi. Shunday qilib, adsorbtsion xromatografiyada so’rilmaydigan adsorbent bilan kolonkada harakatlanuvchi ajralayotgan aralash modda eritmasi o’rtasida qayta-qayta muvozanat o’rnatilishi - aralash moddani bir-biridan ajralishiga olib keladi. Moddalarni adsorbentda bog'lanishida va erituvchi bilan desorbtsiyalanishi bir xil bo’lmaganligi sababli, moddalar adsorbent ustini xromatografik kolonkaning yuqori qismidan pastga qarab so’rilib, xar bir modda birbiridan uzoqlasha borib xamda zonalarga ajralib xalqalar hosil qila boshlaydi va shu tarzda moddalar erituvchi bilan birgalikda siljib yuvilib tushadi.
- ION ALMASHINISH XROMATOGRAFIYASI
- Komponentlarning dissotsiyalanish darajasining bir xilda bo’lmasligi va ionlashuvchi bilan moddalarning ionlari orasidagi bog'lanishni turlicha bo’lishidan foydalanib, ion almashuvchi smolalar yordamida xam ba'zi aralash moddalarni birbiridan ajratadi. Ion almashinish xromatografiyasi tekshirilayotgan aralashma, ya'ni eritilgan moddaning ionlari bilan adsorbent adsorbtsiyalangan ionlar orasida yuz beradigan reaksiyaga asoslangandir. Ion almashuvchi smolalar (ionitlar) yuqori molekulali organik birikmalar bo’lib, asosli yoki kislotali xususiyatga egadirlar
TAQSIMLASH XROMATOGRAFIYASI - TAQSIMLASH XROMATOGRAFIYASI
- Taqsimlash xromatografiyasi bo’linayotgan aralashmadagi komponentlarni o’zaro bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik o’rtasidagi taqsimlanish koeffitsientini turlicha bo’lishiga asoslangandir. Taqsimlash xromatografiyasi xam o‘z navbatida yupqa qatlamda qog'ozda xromatografiyalash va kolonkada xromatografiyalash turlariga bo’linadi. Bundan tashqari gaz xromatografiyasini xam taqsimlash xromatografiyasining bir turi deb qarash mumkin. Polyar birikmalarining taqsimlash xromatografiya usuli bilan ajratishda siljimaydigan faza, suv, so’riluvchi faza suv bilan aralashmaydigan organik erituvchi, masalan, dietilefir, butanol bo'lib, unga ma'lum miqdorda suv qo’shiladi yoki uni suv bilan to’yintiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |