- EKSTRAKTSIYA
- Ekstraktsiya organik moddani eritmadan yoki qattiq modda aralashmalaridan ajratib olish usullaridan biridir. Ekstraktsiya olinayotgan modda va aralashmalarning xar xil erituvchilarda turlicha erishiga asoslangandir. Suvda erigan organik moddalarni suv bilan aralashmaydigan erituvchilar: dietil efir, benzol, petroley efir, xloroform va boshqalardan birida yaxshi erishini e'tiborga olib, suvli eritma aralashmasidan organik moddani ajratib olish mumkin. Bunda ishlatilayotgan erituvchilarning qaynash xarorati ancha past bo’lganligi uchun ular osonlikcha haydab olinadi.
XROMATOGRAFIYA - XROMATOGRAFIYA
- Moddalarni tozalash, ularni bir-biridan ajratish va aniqlash usullaridan biri xromatografik analizdir. Xromatografik analizni 1903 yilda rus olimi M.S.Svet kashf etgan. Aralashmalarni bir-biridan ajratish va tozalashda xromatografiya usulidan foydalanib yaxshi natijalarga erishish mumkin. Xromatografiya usulida aralashma xolidagi moddalar adsorbent yuzasiga yutilishi va ishlatilayotgan erituvchidan moddalarning so'rilishi turlicha bo'lishidan foydalanib bir-biridan ajratiladi: Xromatografik analiz 3 turga bo’linadi:
- 1. Adsorbtsion xromatografiyasi
- 2. Ion almashinish xromatografiyasi
- 3. Taqsimlash xromatografiyasi
Xromatografiyada adsorbtsiya xodisasi bilan birga boshqa fizikaviy va ximiyaviy xodisalar xam ro’y beradi. Masalan: Adsorbtsion xromatografiyada ion almashinish jarayoni, taqsimlash xromatografiyasida esa surilmaydigan suyuklikni ushlab turuvchi sifatida olingan adsorbentning xususiyatiga qarab moddalarning yutilishi va ionlashishi jarayonlari sodir bo’ladi. Xozirgi vaqtda keng qo’llanilayotgan qog'ozda va yupqa qatlamda xromatografiyalashda taqsimlanish jarayoni bilan adsorbtsiya jarayoni sodir bo’ladi. Xromatografiyada adsorbent sifatida alyuminiy oksid, silikagel, gilmoya kukuni, kraxmal, sellyuloza kukuni, aktivlangan ko’mir, poliamid va boshqalar ishlatiladi. - Xromatografiyada adsorbtsiya xodisasi bilan birga boshqa fizikaviy va ximiyaviy xodisalar xam ro’y beradi. Masalan: Adsorbtsion xromatografiyada ion almashinish jarayoni, taqsimlash xromatografiyasida esa surilmaydigan suyuklikni ushlab turuvchi sifatida olingan adsorbentning xususiyatiga qarab moddalarning yutilishi va ionlashishi jarayonlari sodir bo’ladi. Xozirgi vaqtda keng qo’llanilayotgan qog'ozda va yupqa qatlamda xromatografiyalashda taqsimlanish jarayoni bilan adsorbtsiya jarayoni sodir bo’ladi. Xromatografiyada adsorbent sifatida alyuminiy oksid, silikagel, gilmoya kukuni, kraxmal, sellyuloza kukuni, aktivlangan ko’mir, poliamid va boshqalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |