Organik reaksiyalarning turlari


Download 230.74 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi230.74 Kb.
#1011218
1   2   3
Bog'liq
Organik reaksiyalarning turlari

Sikloalkanlar
Sikloalkanlar – halqali to’yingan uglevodorodlar. Ular yana naftenlar, polimetilen uglevodorodlar deb ham nomlanadi. Umumiy formulasi CnH2n . Birinchi vakili siklopropan – C3H6
Nomenklaturasi:
Sikloalkanlarni nomlashda halqa raqamlanadi, o’rinbosar holati ko’rsatiladi, shu sikloalkanga to’g’ri keladigan alkan nomiga siklo- old qo’shimchasi qo’shiladi: Masalan: C3H8 - propan, C3H6 – siklopropan

Izomeriyasi:
Sikloalkanlarda ham alkanlardagi izomeriya turlari kuzatiladi. Shuningdek, ularda halqadagi uglerodlar soni o’zgarishi bilan ham izomeriya hodisasi kuzatiladi.
1) O’rinbosar izomeriyasi:

2) Halqa izomeriyasi:

3) Holat izomeriyasi:

Olinishi:
Sikloalkanlar va ularning hosilalari asosan neft va o’simliklar tarkibida uchraydi. Birinchi bo’lib rus olimi V.V.Markovnikov o’z shogirdlari bilan neftdan siklopentan, siklogeksan va ularning hosilalarini ajratib olgan
1) Gustavson usuli: sikloalkanni digaloid birikmalarga rux metali (yoki magniy) ta’sir ettirib olinadi.

2) Alkanlarni degidrogenlash: metal katalizatori ishtirokida alkanalrni degidrogenlash orqali ham olish mumkin.

3) Benzol va uning gomologlarini gidrogenlab siklogeksan va uning gomologlari olinadi:

Kimyoviy xossalari:
Sikloalkanlar umumiy xossalari jihatdan alkanlarga o’xshash. Chunki sikloalkanlar ham to’yingan uglevodorodlar bo’lib, paraffin uglevodorodlardan tarkibida faqat 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, bunday o’xshashlik siklopropan va siklobutanlarga tegishli emas. Bu ikki boshlang’ich gomolog o’z kimyoviy xossalari jihatdan to’yinmagan uglevodorodlarni eslatadi. Buning sababai 3 va 4 a’zoli halqalar beqaror bo’lib, birikish reaksiyasiga oson kirishadi.
1) Galogenlar ta’siri: siklopentan va undan yuqori aikloalkanlarga galogen ta’sir ettirilsa, halqa ochilmaydi. Bunda halqadagi vodorod atomi galogenga almashinadi:


Download 230.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling