Organik sintez fanidan mustaqil ish mavzu: Antibiotiklarni ishlab chiqarish


Download 352.83 Kb.
bet1/9
Sana21.01.2023
Hajmi352.83 Kb.
#1108189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
antibiotik

Organik sintez fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Antibiotiklarni ishlab chiqarish

Bajardi : Tolipjonova Diyora

Tekshirdi: Olimova M

Reja:

1. Antibiotiklar va ularning xalq xo’jaligidagi ahmiyati; 2. Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar; 3. Sanoat sharoitida antibiotiklar olish texnologiyasi; 

4. Sintetik va yarim sintetik usullarda olish texnikasi

5. Ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan shtammlar

6. Antibiotiklarni ishlab chiqarish va etkazib berish usuli

1. Antibiotiklar va ularning xalq xo’jaligidagi ahmiyati; 

  • Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik sinov farmasevtik preparatlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi (masalan, polioksin, baridamisin, kosgalisin va x.k.) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin, tetrasiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo’llaniladi. Atigi 6 avlodga mansub zamburug’larni 1000 dan ortiq xilma-xil antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Ko’pgina antibiotiklarni aktinomisetlar sintez qiladilar. Birgina Streptovyces griscus 50 dan ortiq antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Mikroorganizmlar sintez qiladigan antibiotiklardan atigi bir qismigina amaliyotda keng ishlatiladi. Eng avvalo bular penisillinlar va sefolasporinlardir. Bu antibiotiklarni sintez qiluvchi zamburug’lar Penicillum va Ctpholosporum avlodiga mansub. Streptomisin, gentamisin, tetrasiklin kabi antibiotik Streptomyces avlodiga mansub aktinomisetlar hamda Micromonospora va Bacillus avlodlariga mansub bakteriyalar tomonlaridan sintez qilinadilar.. Gen muxandisligi “davri”gacha antibiotik sintez qiluvchi mikroorganizmlar shtammlarini asosan mutagenez va seleksiya yo’llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda fermentasiya sharoitlarini tanlash oqibatida sanoat sharoitida penisillin ishlab chiqaradigan shtammni hosildorligi 1 litr oziqa muhitida 40 grammgacha ko’tarildi. Bu ko’rsatkich, dastlabki, Penecillum chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko’proqdir.

Download 352.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling