Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi


Download 1.06 Mb.
bet27/44
Sana10.06.2020
Hajmi1.06 Mb.
#116905
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
Amaliy mashg'ulotlar Qurilish


1.122. Tarkibida 93 % SiO2 bo‘lgan 4,5 kg qum yuqori haroratda natriy ishqori bilan ishlanganda 8,39 kg natriy silikat hosil bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 98,6 %).

1.123. Tarkibida 5,45 g kalsiy nitrat bo‘lgan eritmaga mo‘l miqdor natriy oksalat qoshganda 4,14 g kalsiy oksalat cho‘kkan bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 97,3 %).

1.124. Reaksiya unumi 87,5 % bo’lganda qo‘rg‘oshin sulfatning 31,3 g cho‘kmasi hosil bo‘lgan. Buning uchun qancha massa qo‘rg‘oshin nitrat olish kerak? (Javob: 37,83 g).

1.125. Zavodning sulfat kislota sexiga tarkibida 78 % FeS2 bo‘lgan boyitilgan 86,5 t pirit keltirildi. Piritdan SO2 olish jarayoni unumdorligi 95 %, SO3 olish unumdorligi 97 % va oxirgi bosqichda H2SO4 olish unumdorligi 98,5 % bo‘lsa, shuncha massa piritdan qancha sulfat kislota olinishi mumkin?



Yechish: Pirit tarkibidagi FeS2 ning massasi:

t.

Reaksiya tenglamalari:4FeS2+11O28SO2+2Fe2O3,

2SO2+O22SO3,

SO3+H2OH2SO4.

Tenglamalar asosida yagona sxematik tenglama tuzsak:

FeS22SO22SO32H2SO4



hosil bo‘ladi. Sxematik tenglama bo‘yicha tuzilgan proporsiya:

t.

Reaksiyalar unumlari 100 % bo‘lganda 110,2 t H2SO4 hosil bo‘lardi. Berilgan bosqichlar unumi hisobga olinsa, bosqichlarning umumiy unumi: Bundan: t H2SO4.

1.126. Fosfat kislota sexiga tarkibida 76,5 % Ca3(PO4)2 bo‘lgan 82,4 t boyitilgan fosforit rudasi keltirilgan bo‘lsa, unga sulfat kislota ta’siridagi reaksiya natijasida unumdorlik 96,78 % bo‘lganda, qancha massa ortofosfat kislota olish mumkin?

(Javob: 38,6 t).

1.127. Tarkibida 97,5 % NaCl bo‘lgan toshtuzning 15,78 t massasidan unga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib, unumdorlik 98,5 % bo‘lganda, qancha massa vodorod xlorid olish mumkin? (Javob: 9,46 t).


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling