Shaxsga yo’naltirilgan ta’limda o`qituvchi ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilishi, muloqot qilishning buyruqbozlik usulidan voz kechib, uni rag‘batlantirishi, bajargan ishlarining foydali ekanini ta’kidlashi zarur. Maqsad o‘quvchi-talabada avvaldan belgilangan xususiyatlarni shakllantirish emas, balki uning o‘zo‘zini anglashi, o‘zligini namoyon etishi uchun imkon berishdir. - Shaxsga yo’naltirilgan ta’limda o`qituvchi ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilishi, muloqot qilishning buyruqbozlik usulidan voz kechib, uni rag‘batlantirishi, bajargan ishlarining foydali ekanini ta’kidlashi zarur. Maqsad o‘quvchi-talabada avvaldan belgilangan xususiyatlarni shakllantirish emas, balki uning o‘zo‘zini anglashi, o‘zligini namoyon etishi uchun imkon berishdir.
- Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasida shaxs ta’lim jarayonining markaziy figurasi hisoblanadi. Bunda o‘quvchi-talabaning intellektual-psixologik rivojlanish darajasi, qobiliyati va sifatlari inobatga olinadi; o‘quv faoliyatida ta’lim oluvchi bilimlarni mustaqil egallab, amalda qo‘llashga o‘rgatiladi.
- O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim-o’quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir o’quvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. O’quvchi-o’qituvchi hamda o’quvchi-o’quvchi hamkorligi ko’zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi.
Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi samarali faoliyat ko’rsatishi uchun shaxsga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar, ularning mazmuni va mohiyati, turlari va amalga oshirish yo`llari haqida keng bilimga ega bo`lishi lozim. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiya usullarini qo’llaganda bolalarning erkinligi, ijodkorligi, faolligiga keng sharoit yaratish kerak. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish tushunib olingan va maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida kechishi lozim. O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim amalga oshirish uchun musobaqa darsi, ijod darsi, shubha bildirish darsi, ijodiy hisobotlar darsi, ilmiy-fantastika darsi va shu kabilardan samarali foydalanishi ta’limning yanada samaraliroq bo`lishiga olib beladi. - Xulosa qilib aytganda, o’qituvchi samarali faoliyat ko’rsatishi uchun shaxsga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar, ularning mazmuni va mohiyati, turlari va amalga oshirish yo`llari haqida keng bilimga ega bo`lishi lozim. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiya usullarini qo’llaganda bolalarning erkinligi, ijodkorligi, faolligiga keng sharoit yaratish kerak. Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanish tushunib olingan va maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida kechishi lozim. O’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan ta’lim amalga oshirish uchun musobaqa darsi, ijod darsi, shubha bildirish darsi, ijodiy hisobotlar darsi, ilmiy-fantastika darsi va shu kabilardan samarali foydalanishi ta’limning yanada samaraliroq bo`lishiga olib beladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati - Foydalanilgan adabiyotlar ro yxati
- Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни.– Т.: 2020 йил 23-сентябрь
- Ш.Шодмонова. «Педагогик технологиялар» курси бўйича таълим технологияси.-Т.: 2010 й
- И.Муслимов, М.Усмонбоева ва бошқ. Инновацион таълим технологиялари.-Т,. 2015 й
- Ишмуҳамедов Р., Абдуқодиров А.. Таълимда инновацион технологиялар.-Т., 2008
Do'stlaringiz bilan baham: |