O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


uchun 1/markazdanuzoqligi(m),butun optiktizimi 0.017 m bir old bosh uzunligi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

uchun 1/markazdanuzoqligi(m),butun optiktizimi 0.017 m bir old bosh uzunligi

37

Shox pardada qon tomirlar bо‗lmaydi. 

Tashqi  pardaning  ichkari  tomonida  о‗rta  (tomirli)  parda  bor.  Bu  pardada  qon  tomirlar  va 

pigment  kо‗p.  Turli  kishilarda  pigment  miqdori  har  xil  bо‗ladi.  Ba‘zi  odamlarda  kuzning  о‗rta 

pardasi  pigmentsiz  bо‗lib,  qon  tomirlar  kо‗rinib  turadi.  Shuning  uchun  ularning  kо‗zi  qizqish 

bо‗ladi. 

Tomirli  parda  oldingi  rangdor  (kamalak  parda)  о‗rta  kipriksimon  tana  va  orqa  xususiy 

tomirli  qismga  bо‗linadi.  Rangdor  pardada  ikki  xil  radial  va  xalqa  shaklidagi  silliq  muskullar 

joylashgan  bо‗lib,  xalqa  muskullar  qisqarganda  kо‗z  qorachigi  torayadi,  radial  muskullar 

qisqarganda  esa  qorachig‗  kengayadi.  Rangdor  pardaning  о‗rtasi  teshik  bо‗lib,  bunga  qorachig 

deb  ataladi.  Kipriksimon  tana  tomirli  pardaning  qalin  tortgan  о‗rta  qismini  egallaydi. 

Kipriksimbn  tananing  ichki  kismida  silliq  muskul  tolalaridan  iborat  kipriksimon  muskullar 

bо‗ladi.  Kipriksimon  muskullar  kipriksimon  boylamlar  yordamida  gavhar  pay  va  xaltachasiga 

birikkan bо‗ladi. 

                                                           

37

Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and 



Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004  635- bet mazmun 

va moxiyatidan foydalanildi 

 

 

 




Kо‗z soqqasi ichki pardasi yoki tо‗r parda murakkab tuzilgan bо‗lib, taraqqiy etish jihatdan 

kо‗ruv nervi bilan bir butun hisoblanadi. 

Tо‗r  parda  kо‗zning  butun  bо‗shligini  qoplab  turadi.  Tо‗r  pardaning  retseptorlari  bо‗lib, 

turli ta‘sirotlarni qabul qilib oluvchi 130 mln tayoqcha va yetti million kolbochka shaklidagi bir 

necha  qavat  hujayralar  hisoblanadi.  Tayoqcha  hujayralarining  tashqi  a‘zosida  kо‗rish  purpuri 

yoki  radopsin  moddasi  saqlanadi.  Tayoqcha  va  kolbochka  hujayralarining  ichki  a‘zosi  ikki 

о‗simtali  bipolyar  neyronlar  bilan  boglangan  bо‗ladi.  Kо‗z  soqqasining  yadrosi  suvsimon, 

gavhar  va  shishasimon  tanadan  iborat.  Rangdor  pardaning  orqasiga  tamomila  tiniq  yasmik 

shaklidagi  ikki  tomoni  qavariq  linza-gavhar  joylashgan.  Gavharning  orqa  tomoni  oldingi 

tomoniga  qaraganda  qavariqroq  bо‗ladi.  Gavhar  moddasi  yarim  suyuq  bо‗lib  yupqa  tiniq 

kapsulaning  ichida  turadi.  Gavharda  qon  tomirlari  bо‗lmaydi.  Uni  kо‗z  kameralarini  tо‗ldirib 

turadigan maxsus suyuqlik oziqlantiradi. Shox parda bilan rangdor pardaning о‗rtasida kichkina 

bо‗shliq  bо‗lib,  bunga  kо‗zning  oldingi  kamerasi  deyiladi.  Rangdor  parda  bilan  gavharning 

о‗rtasida ham bushliq bо‗lib, bunga kо‗zning orqadagi kamerasi deyiladi. 

Kо‗zning nur sindiruvchi muhitlari. 

Har  bir  kо‗ruv  nervida  1  mln.  ga  yaqin  nerv  tolalari  bor.  Tо‗r  pardada  kо‗ruv  nervining 

kirish  joyi  -  kо‗r  dog‗  va  narsalarning  yaxshiroq  kо‗radigan  sariq  dog‗,  dog‗ning  markazida 

chuqurcha  bо‗lib,  bunga  markaziy  chuqurcha  deyiladi.  Kо‗zning  ayrim  qismlari  (shox), 

shoxparda,  gavhar,  kо‗zning  shishasimon  qismi  о‗zidan  о‗tuvchi  yoruglik,  nurlarini  singdira 

oladi.  Kо‗zga  yorug‗lik  nurlari  ta‘sir  etganda.  radopsin  va  iodopsin  moddalari  parchalanib 

ximiyaviy reaksiya vujudga keladi. Kо‗zning nur singdiruvchi qismlariga shox parda, suvsimon 

suyuqlik, kо‗zning oldingi kamerasi, gavhar va shishasimon qism kiradi. Kо‗zning nur singdirish 

kuchi kо‗prok shox parda va gavharni nur singdirishga bog‗liq bо‗ladi. Nur singdirish dioptriya 

bilan  о‗lchanadi.  Bir dioptriya degaxda fokus oraligi  1 m  bо‗lgan linzaning nur sindirish kuchi 

tushuniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oralig‗i qisqaradi. 

Fokus  oraliqi  50  sm  bо‗lgan  linzaning  nur  sindirish  kuchi  2  dioptriyaga  (2D  ga)  teng 

bо‗ladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43 D, gavharning nur sindirish kuchi kamroq bо‗lib, 

о‗zgarib  turadi.  Yaqin  masofaga  qaralganda  -  ZZD,  uzoq  masofaga  qaralganda  esa  -  19D. 

Kо‗zning  butun  optik  sistemasini  nur  sindirish  kuchi  uzoqqa  qaralganda  59D,  yaqin  masofada 

esa - 70 D. 

Parallel  yorug‗  nurlari  shox  parda  va  gavharda  singandan  sо‗ng,  markaziy  chuqurlikning 

bir nuqtasida tо‗planadi. Shunday qilib, narsaning fokusi markaziy chuqurlikda hosil bо‗ladi. 

Kо‗rish analizatorlarining yoshlik xususiyatlari. 

Bolalarning kо‗zi katta odamning kо‗z tuzilishidan farq qiladi. 

Bolalarda  kо‗z  kosa  chuqurligi  va  kо‗z  soqqasi  tanasiga  nisbatan  kattalarga  qaraganda 

kattaroq  bо‗ladi.  Sklera  va  tomirli  pardalar  katta  odam  kо‗zini  shu  pardalariga  nisbatan 

yupqaroq, shox parda qalinroq bо‗ladi. 

Qovoqlarning kelishilgan harakati bolaning bir oyligidan boshlanadi, bolaning 2 oyligidan 

esa  kо‗z  soqqasi  turli  predmetlarga  va  yorug‗likka  nisbatan  harakatlanadi.  Bola  2  haftaligidan 

boshlab yaltiroq narsaga kо‗zini boshi bilan birlikka aylantirib qaray boshlaydi. 

Kо‗zning koordinatsiyalashgan harakati mashq qilish tufayli bolaning b oyligidan yoki bir 

yoshidan  boshlanadi.  Kо‗rish  analizatorining  avval  periferik,  sо‗ng  markaziy  qismi  taraqqiy 

etadi. 

Yangi  tug‗ilgan  bolada  kо‗ruv  nervi  tolalari  kam  differensiyalashgan  bо‗ladi.  Kо‗ruv 

nervining mielinlashuvi bolaning 1-1,5 yoshigacha davom etadi. 

Yangi  tug‗ilgan  bola  kо‗zining  nur  sindirishi  katta  kishilar  kо‗zining  nur  sindirish 

xossasidan farq qiladi. Yangi tug‗ilgan bolaning kо‗zi uzoqdan yaxshi kо‗rolmaslik xususiyatiga 

ega  bо‗ladi.  Tug‗ilgandan  to    4-7          kungacha  yaqini    kо‗rolmaslik  xususiyatiga    ega  bо‗ladi.    

Yangi   tugilgan    bolaning   kuziga    kuchli    yorug‗lik   ta‘sir ettirilsa kо‗z qorachigi torayadi. 

Kо‗pincha bogcha va maktab yoshidagi bolalarda gavhar yassiroq shaklda bо‗lgani uchun, 

uning  oldingi  -  orqa  о‗qi  kattalarniksh  a  nisbatan  kaltaroq  bо‗ladi.  Shuning  uchun  bolalarda 



uzoqni  yaxshi  kо‗rolmaslik  xususiyati  uchrab  turadi.  Yosh  bolalarda  gavhar  nihoyatda  elastik, 

shuning uchun ularda kattalarga nisbatan akkomodatsiya xususiyati asta-sekin rivojlanib boradi. 

Odamning  yoshi  ortishi  bilan  gavharning  elastikligi  kamayib  boradi.  Bolalarning  yoshi 

ortishi  bilan  kipriksimon  muskullarpkng  qisqaruvchanlik  xususiyati  kamayib  boradi,  shuning 

uchun  aniq  kо‗rishning  yaqin  nuqtasi  ortib  boradi.  Shuning  bilan  bir  vaqtda  akkomodatsiya 

chegarasi kamayadi. Masalan, 9-11 yoshda 14D, 12-14 yoshda 12.9D; 15-1? yoshda 12,3 D; 18-

20 yoshda 12D; 21 -22 yoshda 11,5D bо‗ladi. 

Bolalarda  yaqindan  va  uzoqdan  kо‗rish  yaxshi  kо‗raolmaslik  kasalligi  har  xil  sabablarga 

kо‗ra paydo bо‗ladi. 

Odam  kо‗z  о‗tkirligi  yoshiga  qarab  о‗zgaradi.  Bolalar  vaо‗smirlarning  kо‗rish  о‗gkirligi 

kattalarga  nisbatan  yuqori  bо‗ladi.  Bola  uzoq  vaqt  mayda  narsalar  bilan  shugullansa  kо‗zning 

kо‗rish  о‗tkirligi  kamaya  boradi.  Katta  bog‗cha  yoshdagi  bolalarda  kо‗rish  о‗tkirligi  1,00  va 

1,20D  teng  bо‗ladi.  О‗quvchiga  о‗qiyotgan  yoki  yozayotgan  vaqtda  xonaga  yoruglik  chap 

tomondan tushishi kerak. Kitob bilan kо‗zning orasi 30-35 sm dan kam bо‗lmasligi kerak. 

Eshitish analizatori. 

Eshitish analizatorining tuzilishi. 

Eshituv  organi  turli  tovushlarni  eshitish  va  muvozanat  funksiyasini  bajaradi.  Eshitish 

analizatori  chakka  suyagida  joylashgan  bо‗lib,  uch  qismga,  tashqi,  О‗rta,  ichki  quloqqa 

bо‗linadi. Tashqi quloq suprasi tashqi eshituv yо‗lidan iborat. 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling