O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
o‟tkazish aksesuar tuzilmalari bor
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
o‟tkazish aksesuar tuzilmalari bor
38 . Quloq suprasi va uning muskullari hayvonlarda yaxshi taraqqiy etgan. Tashqi eshituv yо‗lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yо‗li devorchalarining yuzasi tuklar bilan qoplangan va maxsus bezchalar qulov; kiri (sarig‗i) deb ataladigan yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan о‗rta quloq о‗rtasida nogora parda bor. Nog‗ora parda oval shaklida bо‗lib, uning qalinligi 0,1 mm. Nog‗ora parda fibroz tо‗qimadan tuzilgan elastik bо‗ladi. Nogora parda havo tо‗lqinlari ta‘sirida tebranib, bu tebranish buzulmasdan maxsus eshituv suyakchalari yordamida о‗rta quloqqa о‗tkaziladi. О‗rta quloqqa nogora bо‗shlig‗idan (о‗rta quloq bо‗shlig‗idan), eshituv suyakchalaridan va Yevstaxiyev nayidan iborat о‗rta quloq bо‗shligi Yevstaxiyev nayi deb ataladigan maxsus kanal yordamida burun-xalqumga tutashadi. О‗rta quloq ichida eshituv suyakchalari - bolg‗acha, sandon va
38 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 645- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
uzangi bor. Bolgacha dastasi bilan nog‗ora pardasiga yopishgan, boshchasi esa sandon asosi bilan birlashib bо‗gim hosil qilgan bо‗ladi. Sandon о‗siqlaridan biri uzangi boshchasi bilan bо‗g‗im hosil qilib tutashgan. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishadi. Eshituv suyakchalari sistemasi shunday tuzilganki, bu nog‗ora pardasidagi hamma tebranishlarni takrorlab oval pardaga о‗tkazadi. Eshituv suyakchalari sistemasi tovush tebranishlarini о‗zidan kuchaytirib о‗tkazadi. YA‘ni oval darcha pardasiga bо‗ladigan * tebranishni taxminan 50 marta kо‗paytiradi. О‗rta quloq bо‗shligining burun-xalqum bо‗shlig‗i bilan tutashganligi juda muhim ahamiyatga egadir. О‗rta quloq bо‗shlig‗idagi bosim tashqi havo bosimiga barobar bо‗lgandagina nog‗ora parda normal ravishda tebranadi. О‗rta quloq bо‗shlig‗i Yevstaxiyev nayi orqali burun xalqumiga tutashganligi tufayli nog‗ora pardasining ikki tomonidagi bosim shu tariqa muvozanatlashib turadi. О‗rta quloq bо‗shlig‗idagi bosim tashqi havo bosimidan farq qiladigan bо‗lsa, eshituv sezgisining о‗tkirligi buziladi. Nogora pardaning ikki tomonidagi bosim xaddan tashqari kо‗p farq qiladigan bо‗lsa, bu parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq labirintdan iborat bо‗lib, yumaloq darcha bilan о‗rta quloqqa tutashadi. Suyak labirintning ichida parda labirint bor. Suyak labirint devorchalari о‗rtasida kichik bir bо‗shliq bо‗lib, bu bо‗shliq perelimfa degan suyuqlik bilan tо‗ladi. Parda labirint ichida ham suyuqlik bо‗lib, buni endolimfa deb ataladi. Oval darchaning orqasida ichki quloq labirint daxlizi, chig‗anoq va yarim doRa ' kanallar bor. Chiganoq-shilliq qurt chig‗anog‗iga о‗xshash gajakdor suyak kanalidir. Chiganoqning ichida kortiyev organi turadi. Kortiyev organi tovush sezadigan organdir. Eshituv nervining shoxchalari shu organda tugaydi. Kortiyev organi ikki turli hujayralardan tuzilgan. Bular tayanch va qoplovchi hujayralardan iborat bо‗lib, tovush tо‗lqinlarini qabul qiladi. - Tovush tebranishlarini qabul qilishi. Eshitish sezgisi havo tо‗lqinlarini nog‗ora pardaga ta‘siri natijasida vujudga keladi. Havoning tebranishi tashqi eshituv yо‗li orqali nog‗ora pardasini tebratadi. Nog‗ora pardasining tebranishi eshituv suyaklarida takrorlanadi va uzangining serbar tomoni orqali ichki quloqning oval darchasidagi pardaga о‗tadi. Oval darcha pardasining tebranishi perelimfaga о‗tadi. Perelimfa tebranib bu о‗z navbatida endolimfaning tebranishiga sabab bо‗ladi. Endolimfa tebranib - kortiy organidagi tuklarni tebrantiradi va shu bilan eshituv nervining oxirlarini qо‗zgaydi. Eshituv
nervining retseptorlaridan kelib chiqqan qо‗zg‗alish impulsi bosh miya yarimsharlar pо‗stlog‗iga eshituv analizatorlarining miyadagi uchlariga yetib boradi, natijada eshituv sezgisi hosil bо‗ladi. Kо‗pchilik tomonidan qabul qilingan nazariyaga kо‗ra, kortiyev organining turli tolalari muayyan tonga sozlangandir. Turli tondagi tovushlarni analiz qilish chig‗anoqdan boshlanadi. Chig‗anoqning alohida tolalari tovushlarga differensiyalashgan bо‗lib, chiganoq asosidagi kalta tolalar baland tonlarni sezadi. Odam quloqining tovush sezadigan muayyan chegaralari bо‗lib. sekundiga 16 martadan to 20000 martagacha tebrinishdagi tovushlarni sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovush sezish chegarasi kamayib boradi. Odam qulog‗i 1000 dan 4000 gersdagi tovush tо‗lqinlariga sezgirroq bо‗ladi. Bundan ortiq yoki kam bо‗lgan havo tо‗lqinlariga eshitish sezgirligi juda kamayib ketadi. Bola tutilishi bilan eshitish analizatori funksiyalana boshlaydi. I. P. Nechayevning kо‗rsatishicha, 4010 gs dan 810 gs bо‗lgan tonlarni bola 4 yoshligida differensiyalaydi, 3010 gs dan 810 gs gacha bо‗lgan tonlarni bola 4,5-5,5 oyligida differensirovka qiladi. Eshitish analizatorini funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 14-15 yoshda eshitish sezgirligi juda kam bо‗ladi, sо‗ng orta boradi. 40 yoshgacha 3000 gs tovushga eshitish sezgirligi kamayadi. 40-49 yoshda 2000 gs dan, 50 yoshdan sо‗ng 1000 gs tonlarga eshitish sezgirligi past bо‗ladi. Eshitish organini sog‗lom bо‗lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish lozim. quloqni toza saqlash lozim. quloq kirini qatgiq narsa bilan tozalash, kavlash mumkin emas, chunki bunda quloqning nog‗ora pardasini teshib qо‗yish yoki quloqqa turli infeksiya tushishi mumkin.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling