O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari


-мавзу:    BOSH, GAVDA, QО„L, OYOQ  SUYAKLARINING TUZILISHI


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/138
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#236054
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138
Bog'liq
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari

4-мавзу:    BOSH, GAVDA, QО„L, OYOQ  SUYAKLARINING TUZILISHI 

1.  Bosh skeleti 

2   Umurtqa pog‗onasi. 

3.  Kо‗krak qafasi. 

4.  Qо‗l skeleti. 

5.  Oyoq skeleti. 



Tayanch sо„zlar:  Qо‗l.  Kо‗krak. Umurtqa. Bosh. Ponasimon. Bel. yonoq  jag‘       

Bosh  skeleti  funksiyasi  va  rivojlanishining  xususiyatlariga  qarab  2  qismga,  miya  qutisi 

suyaklari va yuz suyaklariga ajratiladi. 

Miya  qutisi  suyaklariga:  1.  ensa  suyagi,  peshona  suyagi,  asosiy  suyak,  ponasimon  suyak, 

tepa suyaklari, chakka suyagi, burunning pastki chanoq kо‗z  yoshi suyagi, burun suyagi kiradi. 

Yuz suyaklariga: pastki jag‗ suyagi va til osti suyagi kabi toq suyaklar kiradi. Juft suyaklarga: 

yuqori   jag   suyagi,   tanglay   suyagi   va   yonoq   suyagi   va   b.   kiradi. 

Bolalarning      kalla      skeleti      kattalar      bosh      skeletidan      о‗lchamlari,  tanaga  nisbatan 

proporsiyasi, birikishi bilan farq qiladi. 

Bolalarda   bosh    skeletning    yuz   qismi    miya   qutisi    qismiga nisbatan   kichikroq   

bо‗lib,      bolaning    yoshi      ortishi      bilan      bu    farq  yо‗qolib  boradi.  Bosh  skeleti  bolaning  2 

yoshigacha bir tekisda о‗sadi. Bolalarda ensa suyagi bо‗rtib chiqadi va tepa suyaklari bilan birga 

tez   о‗saboshlaydi.   Yangi   tug‗ilgan   bola   boshi   kalla   suyaklarini suyaklanishi protsessi 

tugamagan  bо‗lib,  u  bolaning  1-15  oyligigacha  davom  etadi.  Yangi  tugil1'an  bolaning  boshida 

kalla suyaklarini bir-biri   bilan   biriktiruvchi   tо‗qima   yordamida   tutashgan   qismlari  bо‗lib,    

bularga    likildoq    deb    aytiladi.    Bunday    likildoqlar ! peshonada,    ensada,    chakkada    

bо‗ladi.    Bolaning    1,5   yoshida    kalla suyaklaridagi   likildoqlar   tо‗liq   suyaklashadi,    4   

yoshda      esa      miya  qutisini  choklari  hosil  bо‗ladi.      Kalla    suyaklarini    о‗sishida  uchta 

tezlashuvni kuzatish mumkin.  3-4 yoshlarda,  6 dan 8 yoshgacha va   11 yoshdan 15 yoshgacha 

(S.I.Galperin). 

Bolaning  18-14  yoshidan  peshona  suyagi  intensiv  о‗sadi.  Kalla  skeletining  о‗sishi  va 

rivojlanishi 20 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Maktab yoshidagi bolalarda boshning barcha 

razmerlari juda sekin о‗sadi. Boshning razmerlarini tezroq о‗sishi о‗smirlarning balogat yoshida 

qiz bolalarda 13-14 yoshda, о‗til bolalarda 13-15 yoshida kuzatiladi. 

Kalla  suyaklari  pastki  jag‗  suyagi  va  til  osti  suyagidan  tashqari  barcha  suyaklar  bir-biri 

bilan  harakatsiz  oraliqsiz  birikkan  boshqacha  aytganda,  choklar  yordamida  birikkan  bо‗ladi. 

Kalla  suyaklari  bir-biri  bilan  uch  xil  chok:  tishsimon,  tangasimon  va  tekis  chok  hosil  qilib 

birikkan bо‗ladi. 

Umurtqa pog‗onasi. Umurtqa pog‗onasi alohida - alohida umurtqa suyaklarini umurtqaaro 

tog‗ayli  disk  qavat  qatlami  yordamida  ustma-ust      joylashishi      natijasida      vujudga      keladi.   

Umurtqa      pog‗onasi  skeletni  uqi  va  tayanchi  hisoblanadi  va  orqa  miyani  turli  tashqi 

ta‘sirotlardan      saqlaydi.        Umurtqa      pogonasi        yuqori      va      pastki  kamarni  ogirligini 

yengillashtirishda qatnashadi. Umurtqa  yoylari va tanalaridan hosil   bо‗lgan teshiklari tutashib 

umurtqa  kanalini  hosil    qiladi.      Umurtqa      kanali      yuqoridan      miya      qutisi      bо‗shlig‗iga 

tutashgan bо‗ladi, pastdan esa dumg‗aza suyagini teshigi bilan tugaydi. Umurtqa    pogonasining   

yonida   umurtqaaro    teshiklar    bо‗lib,    bu teshiklardan orqa miya nervlari, qon tomirlari va 

limfa  tomirlari  kiradi    yoki    chiqadilar.      Embrion    umurtqa    pogonasi    orqa  xordasi  atrofiga 

boshlangich  zarodish  tо‗qimalardan  hosil  bо‗ladi,  о‗zining  taraqqiyotida  tog‗ayli  bosqichni 

о‗taydi.  Yangi  tug‗ilgan  bolada  xorda  yangi  hosil  bо‗lgan  umurtqa  tanalar    bidan    bosilib  asta 

yо‗qolib  ketadi.      Umurtqa      pog‗onasi      33-34      umurtqalardan      tashkil      topgan.  Umurtqa 

pog‗onasining 7 ta. bо‗yi, 12 ta kо‗krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‗aza va  4-5   ta   dum   umurtqalariga   



ajratiladi.    Katta   odam   umurtqa pog‗onasida 4 ta egrilikni ajratish. mumkin.  Bu egriliklar 

yangi tug‗ilgan bolada bо‗lmaydi, yangi tugilgan bolaning umurtqa pogonasi tо‗g‗ri bо‗ladi. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling