5-мавзу: MUSKULLARNING TUZILISH, FUNKSIYALARI VA YOSHGA OID
XUSUSIYATLARI
Reja
1. Muskullarning ahamiyati.
2. Skelet muskullarining tuzilishi va funksiyasi.
3.Muskullarning asosiy guruhlari.
4. Muskulni ishi va kuchi.
5. Muskullardagi tezlik, chaqqonlik va chidamlilik xususiyatini yoshga qarab о‗zgarib
borishi.
6. Muskullarni charchashi.
Tayanch sо„zlar: muskul. Skelet. Reflektor. Bosh. trapetsiyasimon, rombsimon
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bо‗lib, ular katta odam tanasi og‗irligining 45-50
foizini tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari, mehnat faoliyati, nutq funksiyasi, nafas
harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning gruppa-gruppa bulib, reflektor xarakati
natijasida sodir bо‗ladi. Muskullar tevarak-atrof muhitdagi turli ta‘sirlarning sezgi organlariga ta‘siri
va bu ta‘sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga borib, u yerdagi analiz-sintez
protsessi natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi.
Bulardan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor
yо‗l bilan ta‘sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |