O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
yo‟qotishi ham mumkin,shuningdek kо„krak qafasining oson harakatlanishini
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
yo‟qotishi ham mumkin,shuningdek kо„krak qafasining oson harakatlanishini
chegaralaydi. О‗gil bolalarning 8 yoshdan 10 yoshgacha kо‗krak qafasini aylanasi bir yilda 1-2 sm, 11 yoshdan boshlab 2-5 sm ga ortadi. 11 yoshli о‗g‗il bolalarda kо‗krak qafasining о‗sishi, qiz bolalarga qaraganda sekinroq bо‗ladi. Bolaning tana og‗irligini ortishi bilan kо‗krak qafasini aylanasi orta boradi. Shuning. uchun kо‗krak qafasi aylanasini tana og‗irligiga nisbatan yesh ortishi bilan asta bir meyorda kamayib boradi. Jinsiy voyaga yetilish davrida yoz va kuz oylarida kо‗krak qafasini aylanasi tez о‗sadi. Kо‗krak qafasining rivojlanishi skelet muskullarini taraqqiyotiga ham bog‗liq. Suzish, qayiq xaydash va boshqa jismoniy mashqlar bilan sistemalik ravishda shug‗ullangan odamlarda muskullari bilan birga kо‗krak qafasi rivojlangan bо‗ladi. Bola noqulay sharoitda tarbiyalansa sistemalik jismoniy mashq bilan shug‗ullanmasa kо‗krak qafasi va muskullari yaxshi rivojlanmaydi. Bolani partaga notо‗g‗ri о‗tkazish, bola partaga kо‗kragini tirab о‗tirishi natijasida kо‗krak qafasi deformatsiyalanadi, bu esa yurak, qon tomirlar va о‗pkalarni normal rivojlanmaslikka sababchi bо‗ladi. Bundan tashqari, raxit, о‗pka, sil va boshqa kasalliklar ham kо‗krak qafasini normal rivojlanishida orqada qolishi uchun sababchi bо‗ladi. Sistemalik ravishda nafas olish organlarini mashq qildirib borilsa, kо‗krak qafasining aylanasi ortib boradi va shu bilan yurak qon tomirlar sistemasi taraqqiy eta boradi. Qо‗l skyoleti. Qо‗l skeletiga yelka kamarining suyaklari (kurak va umrov suyaklari) erkin qо‗l suyaklari (yelka suyagi, bilak va tirsak ' suyaklari, panja suyaklari) kiradi. Yuqori kamar va qо‗l suyaklari embrionining uch haftaligidan brshlab hosil bо‗la boshlaydi. Umrov suyagi ontogenezda kam uzgaradigan suyaklarga kiradi. Yangi tug‗ilgan bolada umrov suyagini faqat tо‗sh uchini biroz qismi togayli qolgan qismi suyakli bо‗ladi. Tо‗sh uchida suyaklashish yadrosi 16-18 yoshda hosil bо‗lib, yangi tutilgan bolada kurak suyagining tanasi va qirrasi suyaklashgan bо‗ladi. Kurak ; suyag‗ining qolgan qismlari tog‗ayli bо‗ladi. Kurak suyagi 18-25 yoshda tо‗piq suyaklashib tutaydi. Yelka suyagi 20-25 yoshda, bilak suyagi 21-25, [ tirsak suyagi 21-24 yoshda kaft ustki suyaklari 19-13 yoshda,
10 Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 138-bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
kaft -suyaklari 12 yoshda, barmoq falanga suyaklari 9-11 yoshda suyaklashib ; tugaydi. Yelka kamar va qо‗l suyaklarini suyaklashib tugashi erkaklarga qaraganda ayollarda 2 yil avval bо‗ladi. Bolalarning suyaklarini suyaklashish muddatlari ta‘lim-tarbiyada, mehnat faoliyati, jismoniy tarbiya, yozish va rasm solishda e‘tiborga, olinishi kerak. Oyoq skeleti. Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaklari (nomsiz suyaklar) va erkin oyoq suyaklari (son suyak, boldir suyaklari va panja suyaklari) kiradi. Chanoq kamariga ikkita chanoq suyagi kiradi. Chanoq suyagi uchta suyakdan yoybosh suyagi, kuymuch suyagi va qov suyagidan iborat. Bu suyaklar suyaklanishi natijasida 16-18 yoshda bitta chanoq suyagi bо‗lib qо‗shiladi. Yonbosh, quymich va ov suyaklari quymich kosasi sohasida о‗zaro birlashadi. quymich kosasiga son suyagining sharsimon boshchasi birikib, natijada tos-son bо‗gimi hosil bо‗ladi. Chanoq suyaklari bir-biri bilan qov birikmasini hosil qiladi. Dumg‗aza esa dumgaza- yonbosh bо‗gimi, shuningdek boylamlarning birlashtiradi, natijada chanoq vujudga keladi. Chanoqni katta va kichik chanoqqa bо‗linadi. Ayollar chanogi shakli va kattaligi bilan erkaklar chanog‗idan farq qiladi. Ayollar chanog‗i erkaklar chanog‗idan serbarroq va kaltaroq suyaklari yupqaroq va silliqroq bо‗lishi bilan farq qiladi. Kichik chanoq ayollarda kengroq erkaklarda torroq bо‗ladi. Chanoqni kiripg teshigi ayollarda erkaklarga qaraganda kattaroq bо‗ladi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling