O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
xolos, bola yotganida bu egriliklar tо„g„rilanadi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
xolos, bola yotganida bu egriliklar tо„g„rilanadi.
О‗smirlik davrida jinsiy voyaga yetish oldindan bel egriligi vujudga keladi. Umurtqa pogona suyaklarini suyaklanishi asta bola yoshidan о‗smirlik davrigacha, sо‗ng katta odamda ham davom etadi. Bolaning 10 yoshida ham umurtqalar orasidagi tog‗ay tо‗qimasi qalin bо‗ladi. Bolaning 14-15 yoshlarida shu tog‗ay tо‗qimalarida yangidan suyaklanish nuqtalari hosil bо‗ladi. Odamning 23-26 yoshida umurtqaning barcha qismlari suyaklashib tutaydi. Umurtqa pog‗onasini tez о‗sish protsessi о‗g‗il bolalarda qiz bolalarga qaraganda kechroq tugaydi. Yuqorida keltirilgan umurtqa pog‗onasining xususiyatlari: yuqori egiluvchanligi, togay tо‗qimasi qavatini qalinroq bо‗lishi va tо‗liq bо‗lmagan suyaklashish bolalarni parta, stolda notо‗tri о‗tkazilishi tufayli umurtqa pog‗onasining turli normal bо‗lmagan egriliklarini vujudga kelishiga sababchi bо‗lishi mumkin. Umurtqa pog‗onasidagi notо‗g‗ri shakllanish bolaning qaddi-qomatini buzilishiga ba‘zi umurtqa pogonasini bir tomonga egilib qolishi skolioz va boshqa potologik holatlarga sababchi bо‗ladi. Umurtqa pogonasini bо‗yin va bel qismi juda xarakatchan. Umurtqa pog‗onasida quyidagi harakatlar bо‗lishi mumkin: bukish va yozish о‗ng va chapga egilish, shuningdek kо‗ndalang о‗q atrofida burilish. Umurtqa pog‗onasining xarakatchanligi bolalarda kattalarga qaraganda ancha ortiq. Katta erkak kishida umurtqa gyugonasining uzunligi 75 sm, ayollarda esa 68 sm bо‗ladi. Kо‗krak qafas skeleti. Kо‗krak qafasi 12 juft qobirg‗alar tо‗sh suyagini birikishidan hosil bо‗ladi. Haqiqiy qobirg‗alar 1-dan 7-tog‗ay yordamida tо‗sh suyagiga qolgan 5 juft qobirgalarni 8-9-10-juftlarning tog‗ay qismi bilan 7 juft qobirg‗aga birikadi. 11-12-qobirg‗alarning tog‗ay uchi bо‗lmaydi, bularni uchi erkin bо‗lib, biroz harakatchan, qobirg‗alar umurtqalarga bо‗g‗im orqali birikkan bо‗ladi. Tо‗sh suyagi toq suyak bо‗lib, uning dastasi, tanasi va о‗simtasi ajratiladi. Kо‗krak qafasining shakli bolaning yoshi va tana tuzilishining konstitusiyasiga bog‗lik bо‗ladi. Odamlarda ikki xil shaklidagi kо‗krak qafasi uchraydi: uzun ensiz va qisqa keng. Kо‗krak qafasini shakliga tо‗sh suyagi ham mos keladi. Kо‗krak qafasining asosiy shakllari konussimon, silindrsimon va yassi bо‗lishi mumkin. Kо‗krak qafasini shakli bolaning yoshi ortishi bilan о‗zgarib turadi. Bolaning birinchi yoshida kо‗krak qafasi konus shaklida bо‗ladi. Bolaning 2,5-3 yoshigacha kо‗krak qafasi tanasining
9
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 137- bet mazmun va moxiyatidan foydalanildi
о‗sishi bilan parallel о‗sib boradi. Keyinroq gavdaning о‗sishi kо‗krak qafasini о‗sishidan tezroq bо‗ladi. Bolaning 12-13 yoshlarida kukrak qafasini shakli katta odamning kо‗krak qafasini shakliga о‗xshash bо‗ladi, lekin uning о‗lchamlari kichikroq bо‗ladi. Kо‗krak qafasining jinsiy farqlari 15 yoshdan hosil bо‗laboshlaydi. 15 yoshdan boshlab kо‗krak qafasining sagital razmerlari tez ortib boradi. Nafas olinganda о‗til bolalarda kо‗krak qafasidan qobirg‗alar, qizlarda esa yuqorigi qobirgalar kо‗tariladi. Kо‗krak qafasining aylanasida ham jinsiy farqlar ajratiladi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling