marta ortik bо„lsa ham ular organizmni kasallanmaydi.
Katta odam uchun uglevodlarni bir sutkalik miqdori 400-500 g. Bolalarga utlevodlar
miqdori tanasining kg ogirligiga qarab belgilanadi
18
.
Uglevodlarni bir sutkalik miqdorini 1-1,5 yoshda 160-175 g, 1,5-3 yoshda 225 g, 3-5 yoshda
260 g, 5-7 yoshda 280 g, 7-11 yoshda 345 g, 11-15 yoshda 438 g belgilanadi.
Yoglar organizmda hujayra tarkibiga kiradi, plastik material bо‗lib hisoblanadi.
Uglevodlardan organizmda yoglar sintezlanadi. Yoglar ichak devorlaridan glitserin, yog‗
kislotalari holida surilib jigarga boradi. Ortiqcha yog‗ teri ostida, yurak, buyraklar atrofida zahira
bо‗lib saqlanadi. Organizmda zapas yog‗lar sovuqda, och qolganda energetik material bо‗lib
xizmat qiladi. О‗simlik va mol yog‗i 97-98% о‗zlashtiriladi, kuy yog‗i 90% о‗zlashtiriladi. Bir
sutkada katta odam uchun о‗rta hisobda 100 g yog‗ kerak. Iste‘mol qilingan yog‗ning 70-75%
hayvon, 25-30% о‗simlik yog‗idan iborat bо‗lishi kerak, 6 oylikdan 4 yoshgacha bо‗lgan
bolalarni har kg og‗irligi 3,5-4 g, maktabgacha yoshdagi bolalarning har kg og‗irlig‗i uchun 2-
2,5 g yog‗ zarur. Yog‗lar yetishmasa bola ozib ketadi, organizmning immunitet qobiliyati
kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |