O‟rganish usullari reja: Anatomiyani tekshirish usullari
-мавзу: NAFAS ORGANLARINING TUZILISHI, FUNKSIYALARI VA YOSHGA
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari fanini organish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sо„zlar
9-мавзу: NAFAS ORGANLARINING TUZILISHI, FUNKSIYALARI VA YOSHGA
OID XUSUSIYATLARI. Reja:
1. Nafas organlarining ahamiyati. 2. Nafas organlarining tuzilishi va funksiyasi. 3. Nafas organlarining yoshga oid xususiyatlari.
Barcha tirik organizmlar tirikligini saqlashi uchun nafas olib turishi kerak. Nafas olganda tashki muhitdagi havo о‗pka Hо‗jayralariga undan qonga о‗tib, qon orqali barcha hujayralarga yetkazib beriladi. Kislorod yordamida ovqat moddalar oksidlanadi. Natijada yuqori • molekulalik organik moddalardan ma‘lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agarda organizm hujayralariga kislorod yetishmasa hujayralar о‗ladi. Modda almashinuvi natijasida hosil bо‗lgan karbonat angidrid gazi va suv parlari о‗pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas organlarining tuzilishi. Nafas organlariga: burun, tomoq, xiqildoq, kekirdak, broixlar, bronxmollar va о‗pka kiradi. Burun bо‗shlig‗i. Burun bо‗shligi suyak, tog‗aylardan tuzilgan bо‗lib, peshana suyagining ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan. Uning pastki, yuqorigi va ikki yon devori bor. Burun bо‗shligi tо‗siq yordamida ikkiga bо‗linadi. Burunning shilliq qavati qon tomirlar, kо‗p qavatli tukli epiteliy bilan qoplangan. Bu qavatda shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlar bо‗ladi. Burunning shilliq qavati chang zarrachalarini tutib qoladi, havoni biroz ilitib, namlab, о‗pkaga utkazadi. Hiqildoq. Hiqildoq halqumining oldida bо‗yinning oldinga qismida, til osti suyagining ostida joylashgan, hiqildoq asooan qalqonsimon, uzunsimon, chо‗michsimon, hiqildoq ustligi, shoxsimon va ponasimon tog‗aylardan tuzilgan. Hiqildoq ichki yuzasidagi shilliq parda tukli epitelii bilan qoplangan bо‗lib, unda bezlar kо‗p. Hiqildoqda tovush apparata joylashgan. Traxeya va bronxlar. Traxeya yarim halqa shaklidagi 16-20 ta elastik togaylardan tuzilgan bо‗lib, bu tog‗aylar xalqasimok boylamlar yordamida bir-biriga birikkan.' Katta odamda traxeyaning‗ uzunligi 13 sm. Traxeyaning shilliq pardasi hiqildoqnikiga о‗xshaydi, lekin burmalar bо‗lmaydi. Traxeya о‗ng va chap bronxlarga bо‗linadi. Bronxlar yana bir necha marta tarmoqlanadi va bronxlar daraxtini hosil qiladi. Bronxlar о‗pkalarga kirib, uning ichida davom etadi va ikkilamchi, uchlamchi va bronxlar hosil qilib tarmoqlanadi. Sо‗ng bronxlar kengayib, alveola bilan tugaydi. О‗pkalar. О‗ng va chap о‗pka kо‗krak qafasining beshdan tо‗rt qismini egallab turadi. Har bir о‗pka alohida seroz parda ichida joylashgan bо‗lib, u plevra xaltasi yoki pardasi deb ataladi. har qaysi о‗pkani chuqur egatlar bо‗laklarga bо‗ladi. О‗ng о‗pka uch bо‗lakka, chap о‗pka ikki bо‗lakka bо‗linadi. О‗pkaga kirgan bronxlar tarmoqlanib, diametri 1 mm li bronxiollar hosil qi\adi. Bular tarmoqlanib oxirgi bronxiollarni hosil qiladi. Oxkrgi bronxiollarning uchi havo pufakchalari - alveolalar bilan tugaydi. Alveolalar 400-500 millionta bо‗lib, ularning umumiy satxi 60-120 m 2 gacha yetadi. Alveolalar juda kо‗p kapillyar qon tomirlar bilan о‗ralgan. Ular orqali qon va alveolalar havo orasida gazlar almashinuvi sodir bо‗ladi. Har bir о‗pkaning о‗rtacha vazni 500-600 g keladi. Upkalar ustki tomondan seroz parda plevra bilan о‗ralgan bо‗ladi. Bu parda ikki qavatdan iborat bо‗lib, ichkisi visseral, tashqisi pariyetal qavat deyiladi. Ichki parda о‗pkaga yopishgan bо‗lib, tashqi parda kо‗krak qafasi devoriga yopishgan bо‗ladi. Pardalar orasida 1-2 ml suyuqlik bо‗ladi.
Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling