O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Tarix fanini o‘qitishda elektron xaritalardan foydalanish


Download 173.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi173.36 Kb.
#1277657
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Mavzu Tarix fanini o‘qitishda tarixiy, siyosiy, elektron xaritalardan samara

Tarix fanini o‘qitishda elektron xaritalardan foydalanish. Tarixiy xarita 
o‘quv materialini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi voqea bo‘lib 
o‘tgan joyini devorga osilgan xaritadan ko‘rsatgan vaqtda o‘quvchilarning o‘sha 
joyni o‘z xaritasi yoki atlasidan izlab topishi, o‘qituvchi rahbarligida xaritaning 



tahlil qilinishi, o‘quvchilarning o‘z daftarlaridagi eskizlar va darslikdagi xaritalar 
ustida uyda mustaqil ishlashi, navbatdagi darsda berilgan savollarga xaritadan 
foydalanib javob berishi o‘quv materialining puxta o‘zlashtirilishi va uzoq vaqt 
esda saqlanishiga yordam beradi. 
Tarix darslarida o‘quvchilarni mamlakatimizning tabiiy sharoiti va 
iqtisodiyotining rivojlanish tarixi bilan chuqurroq tanishtirish maqsadida tabiiy va 
iqtisodiy geografik xaritalardan ham foydalaniladi.
Birorta ham darsni xaritasiz tasavvur etish qiyin. Xarita tarix darsining eng 
zaruriy qo‘llanmasi bo‘lib hisoblanadi. Xarita avvalo o‘rganiladigan mavzuga mos 
bo‘lishi lozim. O‘qituvchi voqealar rivoji davomini bayoni jarayonida xaritadan 
ko‘rsatib borishi, ayni vaqtda o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatadigan joyni 
qo‘llaridagi xarita yoki atlasdagi xaritadan izlab topishlari lozim. 
Har bir yangi xarita o‘rgana boshlanganda unga qisqacha obzor berish, uni 
o‘rganilgan eski xarita bilan solishtirib, o‘quvchilarni yangi xaritadagi o‘zgarishlar 
bilan tanishtirish, ularning tarixiy taraqqiyotning izchilligi va har bir bosqichning 
o‘ziga xos muhim xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. O‘quvchilar 
ikki xaritani solishtirib mamlakat hududi toraygan yoki kengayganini, 
shaharlarning o‘sganligi va boshqa o‘zgarishlar yuz berganligini aniq tushunib 
oladilar. 
O‘qituvchi xarita yuzasidan savollar va topshiriqlar berish yo‘li bilan 
o‘quvchilarni 5-6-sinfdan boshlab xarita ustida ishlashga o‘rgatib boradi. 
O‘quvchilarni xaritani o‘qib tushunishga, ulardan tarixiy bilimlar manbai sifatida 
foydalana bilishga o‘rgatish kerak. 
Tarix darslarida ta’limning texnika vositalaridan foydalanish darsning 
samaradorligini oshiradi. Ta’limning texnika vositalari o‘qitish va o‘rganish 
sifatini ko‘tarishga o‘quvchilarning o‘quv materialini qiziqib o‘rganishiga va puxta 
o‘zlashtirishiga xizmat qiladi. 

Download 173.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling