Quyida geografiya darslarida muammoli interfaol metodlardan foydalanish
bo‘yicha namunalar keltiramiz.
«Muammo» texnologiyasi - o‘quvchilarga mavzudan
kelib chiqqan turli
muammoli masala yoki vaziyatlarning еchimini to‘g‘ri topishlariga o‘rgatish, ularda
muammoning mohiyatini aniqlash bo‘yicha malakalarni shakllantirish, muammoni
еchishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va muammoni еchiщda mos uslublarni
to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, muammoni kelib chiqish
sabablarini va muammoni
еchishdagi xatti-harakatlarni to‘g‘ri aniqlashga o‘rgatishda qo‘llash tavsiya etiladi.
9-sinf. Zamonaviy ekologik muammolar mavzusi misolida
Muammoning
turi
Muammoni kelib
chiqish sabablari
Muammoni yеchish
yo‘llari va sizning
harakatlaringiz
Zamonaviy ekologik
muammolar
Insoniyatda ekologik
madaniyatning еtarlicha
shakllanmaganligi
Atrof-muhit va ekologiyani
asrab-avaylashga oid tadbirlar
o‘tkazish
“Qarorlar shajarasi” strategiyasi (“Qaror qabul qilish texnologiyasi”) -
metodi geografiya fanidagi murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni
har
tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan
muayyan xulosalarga
kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha
xulosalar orasidagi eng
maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan metod hisoblanadi.
6-sinf. Okean boyliklari va ulardan foydalanish va muhofaza qilish muammosi
Do'stlaringiz bilan baham: