O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot
Download 305.59 Kb. Pdf ko'rish
|
lp0bhpCF0vdQZ2YgFEgqRNzv7hPMsVR1k4Am0XE5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilgari surilgan gipotezalarni asoslash va isbotlash ko‘nikmasi O‘quv muammosini hal qilishning topilgan usulini amalda qo‘llash ko‘nikmasi
Muammoli ta’lim samaradorligi ko‘rsatkichlari Muammoni ko‘ra bilish va anglash ko‘nikmasi Muammoni ta’riflash va yangicha ta’riflash ko‘nikmasi Taxmin va giotezalarni ilgari surish ko‘nikmasi Ilgari surilgan gipotezalarni asoslash va isbotlash ko‘nikmasi O‘quv muammosini hal qilishning topilgan usulini amalda qo‘llash ko‘nikmasi O‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabati xarakteriga ko‘ra muammoli ta’limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin: Muammoli ta’lim darajalari O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati Mustaqil bo‘lmagan (odatdagi) faollik darajasi O‘qituvchi tushuntirganini o‘quvchi tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat Yarim mustaqil faollik darajasi Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llash va o‘quvchilarning o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan o‘quv muammolarining еchish usullarini izlashda ishtirok etish Mustaqil faollik darajasi Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan o‘quvchining o‘zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo‘llanadi, konstruksiyaaydi, o‘rtacha murakkablikdagi masalalarni еchadi, o‘qituvchining ko‘magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k. Ijodiy faollik darajasi Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o‘ylab topishni, o‘quv muammolarini еchishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish Muammoli ta’limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki o‘quvchi tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta’minlaydigan, bilimlarni ijodiy o‘zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko‘maklashadigan hamda e’tiqodni tarkib toptiradigan ta’limning bir turi deb qarash lozim. Muammoli ta’lim hamma o‘quvchilar bopmi? Amalda deyarli hamma uchun tushunarli. Biroq muammolilik saviyasi va mustaqil bilish darajasi o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning muammoli ta’lim texnologiyasi bilan o‘qitilganlik darajasiga qarab farqlanadi. O‘quv jarayonida muammoli vaziyat – bu ta’lim oluvchining oldin o‘zlashtirgan bilimlari va ayni paytdagi intellektual darajasi o‘rtasidagi tafovut yoki ziddiyatlar tizimi. Muammoni еchish uchun o‘quvchi o‘zida mavjud bilim va malakalari еtarli emas ekanligini va o‘z intellektual yuksalishi yo‘lida qo‘shimcha izlanishi, o‘qishi, o‘rganishi, tajriba orttirishi lozimligini tushunib еtadi. Yoki bo‘lmasa ta’lim oluvchiga yangi bilimlar negizida o‘z imkoniyatlari darajasini sinab ko‘rish, o‘z-o‘zini tashxislash va baholash uchun sharoit yaratiladi. Eng muhimi o‘quv muammosini o‘rganishda va hal qilishda ta’lim oluvchida intellektual va ma’naviy-madaniy rivojlanishga nisbatan kuchli motivatsiya yuzaga keladi. Muammoli vaziyat quyidagi sifatlar bilan xarakterlanadi: o‘quvchi uchun o‘quv axborotida no‘malumlikning mavjudligi; o‘quv muammosini hal qilishga bo‘lgan birlamchi ichki va tashqi motivatsiyaning shakllanishi; o‘quv muammosi va o‘quvchi bilim, ko‘nikma va malakalari tizimi o‘rasidagi ziddiyatlarning yuzaga kelishi; muammoni еchish uchun kasbiy-intellektual yuksalishga bo‘lgan shaxsiy ehtiyoj negizida ikkilamchi motivatsiyaning yuzaga kelishi; muammo asosida o‘quvchining mustaqil ijodiy-izlanuvchanlik faoliyatga yo‘naltirilganligi. qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yеtkazib berish, ularda ma’lum faoliyat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat xamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni talab qiladi. muammoli ta’limni tashkil kilish natijasida madaniyatli, intellektual malakali mutaxassislarni tarbiyalash maqsadlarini amalga oshirish muvaffaqiyatli kechishi mumkin. Download 305.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling