O’rganishning zamonaviy konsepsiyalari va pedagogic texnologiya turlarstrrepla
Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni
Download 51.99 Kb.
|
O’rganishning zamonaviy konsepsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ma`lumot mazmuni
- Ta`lim mazmuni
3.Ta`lim mazmuni va ma`lumot mazmuni.
O’quv materiali qator xususiyatlarga ega: u bilimlarning O’qituvchidan o’quvchilarga siljishini aks ettiradi; unda ma`lumot va ta`lim mazmuni moddiylashadi; o’quv materiali darslikning bir qismi; ta`lim o’quv materialini o’rganishdan boshlanadi; o’quv materiali ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni o’rtasidagi oraliq zveno hisoblanadi; ta`lim mazmuniga pedagogik ishlov berish o’quv materialidan boshlanadi. Yuqoridagilardan ko’rinadiki, didaktik loyihalashning barcha ko’rinishlari ma`lumot mazmuni, ta`lim mazmuni tushunchalari bilan bog’langan. «Ma`lumot mazmuni - yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo’ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo’li bilan tanlangan bilimlar, ko’nikma- malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir» (Didaktika, - T., «Fan», 1997, 85 b) Ma`lumot mazmuni o’quv rejalari, dasturlari, predmetlari, darsliklari, qo’llanmalarida moddiylashtiriladi. Shunga qo’ra bular ma`lumot mazmunini loyihalash vositalari hisoblanadi. Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O’qitish va o’qish uchun sinfga olib kiriladigan bilim, ko’nikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, shakllantiriladigan munosbatlarni «ta`lim mazmuni»tushunchasi kontekstida qaraymiz. quv materiallari, o’quv elementlari, o’quv savollari, o’quv ko’rsatmalari, o’quv topshiriklari ta`lim mazmunining shakllari bo’lib, ularni loyihxalashda topshiriq, savol, muammo, test, mustaqil ish kabilar ta`lim mazmunini loyihalash vositasi bo’lib hisoblanadi. Ta`limni didaktik loyihalash muammosi murakkab tizim sifatida quyidagicha tarkibiy qismlardan iborat: ma`lumot mazmuniga ijtimoiy talab - komil insonni yetishtirib chiqarish maqsadiga ko’ra didaktik ishlov berish. Didaktik loyihalash muammosini tasavvur qilish darajalarini pastdan yuqoriga qarab raqamlab chiqamiz: I o’quv materiali darajasi. Bunda «ta`lim mazmuni o’quv materialida moddiylashadi». Moddiylashtirish shakllari: o’quv topshirigi, muammosi, savoli, ko’rsatmalar, misol va masalalar, test, texnik vosita, chizma, jadval va boshqalar. II Ta`lim mazmuni darajasi. Bu erda « ta`lim mazmuni darsliklarda moddiylashadi» degan ezisga asoslanamiz. III ma`lumot mazmuni darajasi, «ma`lumot mazmuni dasturlarda moddiylashadi» degan tezisga asoslanamiz. IV fan darajasi. Bunda «fanning umumiy asoslari o’quv predmetlarida moddiylashadi» degan tezisga asoslanamiz. V ijtimoiy tajriba didaktik loyihalashning so’nggi, eng yuqori darajasida «ijtimoiy tajribaning mazmuni pedagogik konsepsiyalarda moddiylashadi» degan tezisda ish ko’riladi. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimidagi ta’lim jarayoni ilmiy va ekspertlar hamjamiyatida doimiy muhokama mavzusiga aylanib bormoqda. Xususan, mutaxassislar ta’lim jarayonining kompetensiyaga asoslangan yondashuvga yo‘naltirilganligini, uni axborotlashtirish va individuallashtirish, universitetda ta’lim shakllari va texnologiyalarini diversifikatsiya qilishni ta’kidlamoqda. Bu va boshqa ko'plab o'zgarishlar hali ilmiy tushunchaga ega bo'lmagan ko'plab yangi didaktik faktlarning to'planishiga olib keldi. So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimidagi ta’lim jarayoni ilmiy va ekspertlar hamjamiyatida doimiy muhokama mavzusiga aylanib bormoqda. Xususan, mutaxassislar ta’lim jarayonining kompetensiyaga asoslangan yondashuvga yo‘naltirilganligini, uni axborotlashtirish va individuallashtirish, universitetda ta’lim shakllari va texnologiyalarini diversifikatsiya qilishni ta’kidlamoqda. Bu va boshqa ko'plab o'zgarishlar hali ilmiy tushunchaga ega bo'lmagan ko'plab yangi didaktik faktlarning to'planishiga olib keldi. Didaktik bilimlar pedagogik bilimlarning bir qismi sifatida ta’lim amaliyotini umumlashtirish asosida shakllanadi. Didaktikadagi empirik qonuniyatlarni tahlil qilishdan kelib chiqadigan xulosalar ancha yuqori darajadagi nazariy umumlashmalardir. Pedagogik amaliyotning jadal sur’atlarda rivojlanishi oliy ta’lim didaktikasida uning rivojlanish yillarida to‘plangan bilimlar bilan mamlakatimizning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish amaliyoti o‘rtasidagi tafovut yil sayin ortib borishiga olib keladi. Download 51.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling