Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar
Download 3.65 Mb.
|
MARUZA
Havo va edafik omillar.
Quruqlik - havo muhiti ekologik jihatdan murakkab yashash muhitidir. Havo zichligi past bo’lgani uchun tayanch bo’lib xizmat qila olmaydi. Shuning uchun bu muhitdagi organizmlar tanasini tutib turish uchun uz tayanch sistemasiga ega. O’simliklarda bu mexaniq to’qima bo’lsa, hayvonlarda qattiq skeletdir. Havo zichligining pastligi organizmlarning harakatini yengillashtiradi. Shuning uchun evolyutsiya jarayonida ko’pchilik organizmlarda uchish qobiliyati paydo bo’ladi. Quruqlikdagi hayvonlarning 75% uchish kobilyatiga ega. Havo zichligining pastligi quruqlikda bosimning ham pastligini ta’minlaydi. Balandlikka ko’tarilish bilan bosim kamayib boradi. Ko’pchilik hayvon va o’simliklar 6000m balandlikkacha 54
Umuman quruqlikdagi organizmlar suv organizmlariga nisbatan stenobat hisoblanadi. Havoning tarkibi deyarli doimiy bo’lsada, undagi oz o’zgarishlar ham organizmlarga ta’sir qiladi. Havo tarkibidagi SO2 miqdori oz miqdorda o’zgarib turishi mumkin. Ayrim joylarda SO 2 miqdorining pasayishi o’simliklarda fotosintez jarayonini susaytiradi. SO2 miqdorining ko’payishi esa o’simliklarga zaharli ta’sir ko’rsatadi. Havoga turli xil zaharli qo’shimchalarning qo’shilishi, ayniqsa, organizmlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu qo’shimchalarga metan, oltingugurt oksidi, is gazi, azot oksidlari va xlorli birikmalar kiradi. Yer ustki qatlamining xususiyatlari ham organizmlarga ta’sir ko’rsatadi va ular edafik omillar deb ataladi. Edafik omillarga tuproq xususiyatlari va joyning relyefi kiradi. Tuproq xususiyatlariga munosabatiga qarab o’simliklarni bir necha ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Tuproq kislotaliligiga munosabatiga qarab quyidagi guruhlar farqlanadi. 1. Asidofil turlar - kislotali tuproqlarda o’sadigan o’simliklar (rN 6,7 dan past) (botqoq o’simliklari). 2. Neytrofil turlar - neytral tuproqda o’sadi (rN 6,7-7,0, ko’pchilik madaniy o’simliklar). 3. Bazifil turlar - ishqoriy tuproqda o’sadi (rN 7 dan yuqori). 4. Indifferent turlar - barcha tuproqlarda o’saveradi. Bundan tashqari shur tuproqda o’sishga moslashgan turlar golofitlar, toshli tuproqlarda o’sadigan o’simliklar - petrofitlar, qumda o’sadigan o’simliklar - psammofitlar deyiladi. Tuproq xususiyatlari hayvonlarga ham ta’sir ko’rsatadi. Ochiq joyda yashaydigan hayvonlar uchun tuproqning qattiqligi tez chopish uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda uya kaziydigan hayvonlar uchun qattiq tuproqlar noqulaydir. Tuproq xususiyatlaridan tashqari iqlim sharoitlari va ob - havo rganizmlarga ta’sir ko’rsatadi. SANOATDAGI EKOLOGIK JARAYONLAR VA ULARNING ATROF-MUHITGA TA’SIRI 7.1. Ishlab chiqarish texnologiyasini ekologik toza holga keltirish Odam o‘zi yashagan tabiatga zarar keltirmay yashasa, tabiatdagi muvozanat uzoq vaqt yaxshi holatda saqlanib qoladi. Afsuski, odamlar sonining ko‘payib borishi natijasida tabiatga ham ozor yetkazilmoqda. Odamlar soni ko‘payar ekan, har bir odam uchun oziq-ovqat, kiyim, uyjoy va boshqalar kerak bo‘ladi. Odam o‘ziga kerakli sharoitni yaratish uchun ko‘p miqdorda xomashyoni qayta ishlaydi va ko‘plab yoqilg‘ilarni yoqishga majbur bo‘ladi. Bularni bajarish jarayonida tabiatga bilgan holda katta zarar yetkaziladi. Ammo inson harakat qilsa, tabiatga yetkazilayotgan zararni kamaytirishi mumkin. Ular quyidagilar hisoblanadi: ● ishlab chiqarishdagi zararli tarmoqlarni ekologik jihatdan mukammallashtirish; ● kam chiqindi ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish; ● havoga, suvga va tuproqqa tashlanadigan chiqindilarni to‘liq tozalashga erishish. Endi bu holatlarni alohida ko‘rib chiqamiz. Texnologik jarayonlarni takomillashtirish o‘z ichiga bir qancha hususiyatlarni oladi. Tabiiy va energetika zahiralaridan to‘liq foydalanish. Ma’lumki, hali bizda yoqilg‘i-energetika zahiralaridan to‘liq foydalanilmaydi, ko‘p qismi behudaga, tozalanilmay atmosferaga yoki tuproqqa tushib ketadi. Masalan, neftni qayta ishlashda uning tarkibida oltingugurt sof holda bo‘lib, undan zarur sohalarda foydalanish mumkin. Ammo bizda ko‘p tashkilotlarda bundan qo‘shimcha daromad olishga va ekologik tozalik jarayonlariga e’tibor berilmas edi. Lekin hozirda bu jarayonlarni mukammallashtirish natijasida atmosferani ifloslanishining oldini olishga, shuningdek, atrof-muhitni qisman bo‘lsa ham toza saqlashga erishildi. Bunda qo‘shimcha issiqlik hosil qilish uchun yana yoqilg‘i sarflanib, atmosferaga SO2 va NO2 tashlanmaydi. Ikki tomonlama tejash ishlari boradi. 74 Texnologik jarayonlarning mukammallashuvi bir necha bosqichdagi ishlarni bir yoki ikki bosqichda bajarish imkonini beradi, bunda yoqilg‘i, ishchi kuchi tejalib, atrof-muhitga zararli gazlar kam tashlanadi. Masalan, benzin olishda bir necha jarayonni bir martada bajarish natijasida xomashyo tejalib, ekologik holat yaxshilanadi. Sanoatda po‘lat quyishda ishlarning uzluksiz jarayonini tashkil qilish natijasida xomashyo va issiqlik 30 % ga tejaladi. Ma’lumki, pechlarni isitib olish uchun katta miqdorda yoqilg‘i sarf bo‘ladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonini kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish natijasida bir qator qayta ishlash jarayoni tezlashdi, bu narsa, birinchidan, xomashyo va yoqilg‘ini tejash imkonini bersa, ikkinchidan, ishlab chiqarishni ekologik toza holga olib keldi. Neftni qo‘lda qayta ishlab bo‘lmaydi, uni faqat texnologik jarayonda qayta ishlash mumkin. Texnologik jarayonlarni jadallashtirish ishlab chiqarishda vaqtni va energiya zahiralarini tejash imkonini beradi, ammo bu jarayon olinadigan mahsulotning sifatini pasaytirmasligi kerak. Har bir sohada, qaysi kimyoviy mahsulot turi ko‘p bo‘lsa, shu sohani rivojlantirishga erishish zarur. Bundan tashqari, sanoatda ishlatiladigan barcha apparatlarni takomillashtirish zarur. Agar apparatlar takomillashsa, ish jarayoni tezlashadi, olinadigan mahsulotning tannarxi pastlashadi, atmosferaga chiqariladigan gazlar miqdori kamayadi. Apparatlarning hajmi kichraysa, ular egallab turadigan maydon qisqaradi va ularni qurish xarajatlari kamayadi hamda tannarxi pasayadi. Foydalaniladigan apparatlarning mahkamligini (avtoklavlar) oshirish zarur. Neftni qayta ishlash sohalarida xomashyoning chiqib ketishi mutlaqo mumkinmas, toshib ketgan neft xomashyosi atmosferani ifloslantiradi, tuproq mutlaqo yaroqsiz holga keladi yoki yonib ketsa, katta yong‘inlarga sabab bo‘lishi mumkin. Sanoatda hamma vaqt yangi konstruktiv xildagi uskunalarni qo‘llashga harakat qilish zarur, yangi apparatlar uskunalarning xizmat muddatini uzaytiradi, korroziyani suslashtiradi. Olinayotgan zahiralarning asoslangan ilmiy-amaliy xususiyatlarini bilish lozim. Benzin ishlab chiqarishda juda katta miqdorda suv sarfi kuzatiladi. Benzin olish uchun ichimlik suvi emas, balki texnik suvdan, avval ishlatilgan suvni to‘plab, qayta ishlatish mumkin. 75 Oldindan xomashyo va yoqilg‘ini tayyorlab qo‘yish natijasida texnologik jarayon arzonlashadi, atrof-muhitga zararli moddalar kam tashlanadi. Masalan, xom neftdan oltingugurt ajratib olinsa, yonish natijasida atmosferaga tashlanadigan SO2 chiqindilari kamayadi. Zaharliligi yuqori materiallarni (simob, qo‘rg‘oshin va kadmiy) zaharliligi past turli bo‘yoqlar, katalizator, elektrolitlar bilan almashtirish zarur. Shuningdek, chetdan tashib keltiriladigan xomashyolarni imkon qadar mahalliy xomashyoga almashtirish lozim. Tayyor mahsulotni mukammallashtirish ham bir qator ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Bular: ● olingan mahsulotlarni standart me’yorlarga to‘g‘ri kelishi; ● mahsulotlarda foydalanish muddati cho‘zilishi; ● atrof-muhitda ayrim omillarni qayta tiklashga erishish yoki ayrimlarini yo‘q qilish (utillash). Ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil qilishni mukammallashtirish uchun quyidagilarga erishish zarur: ● ishchi kuchidan to‘g‘ri foydalanish, barcha xomashyo va energetika zahiralaridan tejab foydalanish, ishni to‘g‘ri tashkil qilish va bekor turib qolishga yo‘l qo‘ymaslik; ● ishlab chiqarishga yangi apparatlarni joriy qilish; ● olinadigan mahsulotning ekologik tozaligini ta’minlash; ● viloyat, tuman va shahar ekologiya tashkilotlari o‘rtasida hisobot berib turish; ● hamma vaqt kutilmagan ekologik vaziyatlarga tayyor bo‘lish. Kam chiqindili texnologiyalar Hozirgi kunda butun olib borilayotgan texnologik jarayonlar qay holatda bo‘lmasin, chiqindi kam bo‘lishini talab qiladi. Chiqindi, gaz, tutun, suyuq va qattiq holatlarda bo‘lishidan qat’iy nazar, u atrofmuhitga kam chiqishi zarurdir. Chunki chiqindilar doimo qay holatda bo‘lishiga qaramasdan albatta atrof-muhitga zarar keltiradi. Keyingi yillarda qabul qilingan Yevropa iqtisodiyot komissiyasining “kam chiqindili texnologiya yoki chiqindisiz texnologiya” nomli ish uslubi hammaga ma’qul tushgan. Chiqindisiz texnologiya bugungi kun talabidir. Bu yerda xomashyo va energiya o‘zaro munosabatda bo‘lib, harakat jarayonida xomashyo va energiya quyidagicha harakat qiladi. Xomashyo zahiralari – ishlab chiqarishdagi talab – ikkilamchi zahiralar yoki xomashyodan asosiy mahsulot bilan birgalikda ikkilamchi mahsulot ham olinadi. Bu vaqtda atrof-muhitga chiqindi tashlanmaydi. Kam chiqindili ishlab chiqarish deb shunday sohaga aytiladiki, mazkur tashkilotdan atrof-muhitga tashlanadigan zaharli moddalar miqdori belgilangan me’yordan oshmaydi, sanitariya-gigiyena qoidalari buzilmaydi. Chiqindiga chiqqan bir qism xomashyo qayta ishlanadi yoki ko‘mib tashlanadi. Toza ishlab chiqarish deganda, atrof-muhit ifloslanishining oldini oladigan, xomashyo va energiyadan oqilona foydalanadigan, mutlaqo zaharli xomashyo ishlatmaydigan, mabodo zaharli toksinlar hosil bo‘lsa, ularni ham yo‘qotadigan tashkilot faoliyatiga, shuningdek, eng yangi texnologiyalardan samarali foydalanadigan, zarur paytda ishlab chiqarishini o‘zgartira oladigan tashkilotlarga aytiladi. Kam chiqindili zamonaviy ishlab chiqarish tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qaroriga muvofiq soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar berilgan. Kam chiqindili texnologiyani quyidagi holatlarda ko‘rish va amalda foydalanish mumkin. Masalan, oddiy neftni qayta ishlash zavodida suvdan foydalanish jarayonini o‘rgansak. Zavodda suv aylanish tizimidan tashqari, har bir bo‘limda alohida suvning aylanish tizimi ham mavjud. Har bir bo‘limning o‘z suv aylanish tizimining bo‘lishi suvni tayyorlash, texnologik jarayonda uni kam sarflashga, shuningdek, suv bilan zaharli moddalarni atrofga tashlashni kamaytiradi. Suvni tozalangandan so‘ng, qoldiq ikkinchi mahsulot sifatida ishlatiladi, olingan metallurgiya shlaklaridan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Download 3.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling