Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


Download 3.65 Mb.
bet2/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
MARUZA

Tashqi ekzogen maromlar. Ko’pchilik hayvonlarda kun davomidagi davriylik fiziologik funksiyalarning o’zgarib turushiga to’g’ri kelmaydi.Jumladan, hayvonlardagi sutka davomida periodiklik kunduzgi, g’ira – shira va tunda yashaydigan hayvonlarga xosdir.Suv havzalarida plankton organizmlarning kunduz va tunda almashib turushi kuzatiladi.Yerning aylanishi bilan geofizik o’zgarishlar  quyosh radiatsiyasining aktivligi tirik tabiat (har 11 yilda) va undagi tirik jonzotlar holatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Hamma tirik organizmlarda sutkalik maromlar mavjud. Biologik maromlar hayotning hamma tuzulishi  oddiy hujayradagi bioximik reaksiyalardan tortib, eng murakkab tuzulishga ega bo’lgan organizmlarda bo’lib o’tadi. Har bir hujayra, har bir organizm o’zining “ish maromi “ (ritmi) ga ega. Taxminan 24 soat vaqtdagi (sirkat ritim) sutkalik ritimlar asosida ish maromlari bir – birlari bilan bog’langan.

Tirik organizmlardagi sutkalik (sirkat) maromlar juda keng diapazonda kuzatiladi. Sutkalik maromlar nafas olish va tana harorati o’zgarishida, yurak faoliyati va qon aylanishida, ichak – oshqozon va ortiqcha moddalarning tanadan chiqarish jarayonlarida kuzatiladi.

Bioritm organizmning vaqtni seza bilishi bo’lib, bu holat “biologik soat” deb aytiladi. Organizm kunlik o’zgarishga emas, balki tabiatdagi ancha marakkab giofizik o’zgarishlarga ham oriyentirovka qilinadi.



Fotoperiodizm. Yerning quyosh attofida harakat qilishida yorug’likning qonuniy, davriy o’zgarishi hamda uning natijasida yil davomida kun va tunning uzunligi kelib chiqadi. Yorug’likning bunday o’zgarishlarini o’simliklar ko’pchilik hayvonlar juda tez sezadi va kun davomidagi yorug’lik harakati, o’zgarish vaqtini o’zlaricha “o’lchaydi”. Organizmlarning kun va tun uzunligini sezishi, qabul qilishi va ularning o’zgarishi fotoperiodizm (yorug’lik davri) deb ataladi.

Kunning uzunligini aniqlaydigan va o’simliklarning gullash davrida o’tishu uchun zarur bo’lgan fotiperiodik reaksiyaga bog’liq holda o’simliklar 3 ta guruhga bo’linadi:

1. Qisqa kunli 2. uzun kunli 3. fotodavrga neytral (befarq) o’simliklar

O’simliklarda ko’p biomassa- organik moddalar uzoq yorug’lik kunlarida hosil bo’ladi. Bunday kunlar Moskva atrofida 17 soat, Arxangelsk kengliklarida 20 soatdan ham ortiq, O’rta Osiyo yozining eng yorug’ kunlari 14-15 soatdan ortmaydi.

O’simlik urug’larining tinchlik davrini to’xtatib, unish, o’sish boshlanishi bo’yicha ular 3 turga bo’linadi: tabiiy, majburiy va indutsiranli tinchlik davrlarini o’tadi.

Ayrim hollarda uzoq qizil (736 nm) va yaqin qizil (660 nm) nurlar ta’sirida ham urug’lar tinchlik davriga o’tishi mumkin. Qizil nurlar daraxt va o’simliklar yaproqlari oralaridan o’tib, tuproq ustiga, urug’larga ta’sir qiladi. Yaproqlar tushib, yer beyiga nurlar ko’p va to’g’ri tushgandan keyingina urug’lar tinchlikdan chiqadi, unish va o’sish boshlanadi.

Hayvonlarda ham o’simliklardagi kabi tashqi muhit ta’siriga javoban “tinchlik davri” ni o’tadi. Hayvonlarda noqulay sharoit yuzaga kelganda quyidagicha moslashishi:


  1. Hayvonlarning qulay sharoit paydo bo’lishini tezda sezishi;


  2. Noqulay sharoit yuzaga kelganda uyquga ketishlari orqali bo’ladi.


Ko’pchilik sut emuzuvchi hayvonlar yashash sharoiti yomonlashishi bilan ma’lum tayyorlanish fazalarini o’tadi. Uxlash davrida ular tanasi ancha “turg’unlik” ka ega bo’ladi, ya’ni tana harorati pasayishi bilan modda almashinishi, nafas olish, moddalar sintez qilishi, sekinlashishi va umumiy energiya tejalishi kuzatiladi.

Tabiatdagi organizmlarda chegaralangan tinchlik davri, chuqur va majburiy tinchlik davrlari ma’lum, ya’ni o’simliklar mevalari, yer osti tuganaklari (kartoshka) kuzda yuqoro issiqlik bo’lsa- da ko’karmaydi; chuqur tinchlik davri o’simliklarning sovuqqa chidamlligi bo’lsa, majburiy uzoq qish, qalin qor ularning o’sishini to’xtatib turadi. Bu evolutsion rivojlanish va muhitga moslashish yo’lidir.

Atrof-muhitdagi turli xil o’simlik va hayvohlarni bir –biridan farqlash va aniqlashning kaliti – ularning turli iqlim sharoitlardagi hayotiy formalari bo’yicha ajratishdan iboratdir. Jumladan, o’simliklar klimaksida cho’l bioiqlimlari – cho’l boshoqdoshlar guruhlari va shu boshoqdoshlar boshqa iqlim klimakslarida ham uchraydi, ya’ni dasht hududida o’t o’simliklar asta –sekin o’rmon daraxtlari bilan almashadi. O’simlik, hayvonlarning morfologik ko’rinishlari, muhitga eko –fiziologik moslashishlari evolutsion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan va bu morfologik moslashish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning tashqi tuzulishlari turlarning yashab qolishi rivojlanishiga imkon bergan.Suv muhiti tirik organizmlarning tana tuzulishlari, uning harakat qilishiga moslashgan. Suv hayvonlarning formalari suvda tez harakat qilishiga, suvning pastki va yuza qatlamlariga tushib – chiqib turushiga (plankton organizmlar) moslashgan.




Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling