Organizmlardagi biologik maromlar O’simlik va hayvonlarning hayotiy formalari Reja: Tashqi ekzogen maromlar


Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi


Download 3.65 Mb.
bet7/33
Sana10.11.2023
Hajmi3.65 Mb.
#1761521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
MARUZA

Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi. Turning umumiy biologik sistemasi ichidagi biotic munosabatlar va uning abiotik omillarga bo’lgan talabi, turning ekologik darajasi, yashash ozuqa joyi – nishasi deb ataladi. Bu termini Jozef Grinnell (1928) birinchi bor qo’llagan. Agar organizmning yashash joyi bo’lsa, uni shu yerdan topish mumkin bo’ladi. Ekologik joy – nisha tushunchasi ancha keng, ya’ni: makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joy-nisha; trofik- nisha (turlaro aloqalardagi turning joyi), ko’p gomerli yoki giper hajmli nisha. Bulardan shu narsa ko’rinadiki, organism ekologik nishasida organism qayerda yashayotganligi va uning atrof-muhitga bo’lgan umumiy talabi inobatga olinadi. Ekologik nishaning asosiy konsepsiyasi – turli turlar o’rtasidagi va turlar ichidagi farqni miqdor bo’yicha baholashda katta ahamiyatga egadir.

Biotsenozlar tuzulishi. Biotsenoz turlar tarkibi bo’yicha tuzulishi ekologik abiotik va biotic omillarga bog’liq. Ma’lum joydagi biotsenoz ichida uchraydigan har xil turlarning soni, ularning bir-biriga nibatan oz va ko’pligidir. Biotsenozlar turlarga boy va ularda turlar (ayniqsa, agrobiotsenozlar) kam bo’lishi mumkin.

Masalan, Afrika, Antraktida, yuqori tog’, issiq sahrolar (Qoraqum, Qizilqum, Sahroi Kabir cho’llari) va sovuq Pomir cho’llari, buloqlar yoki ifloslangan biologic hovuzlarda organizmlarning turlar soni kam bo’ladi.



Biotsenoz ichidagi turlar boyligi va dominantligi. Biotsenoz ichidagi turlar boyligi, bu ma’lum maydonda uchraydigan tur vakillarining darajasi fasllar va yil davomida hamda turli tasodifiy ofatlar (yomg’ir, suv bosish, yer siljishi, chigirtkalar bosishi) ta’sirida o’zgarib turadi. Turlar boyligini aniq belgilashda: 0-tur yo’q, 1-siyrak sochilgan, 2-uncha siyrak emas, 3-boy, 4-juda boy kabi ballar qo’llaniladi.

Biotsenoz ichidagi turlarning uchrash darajasiquyidagi kategoriyalarga bo’linadi:

a). Doimiy turlar, 50% maydonlarda uchraydi

b). Qo’shilgan turlar, 25-50% belgilangan maydonlarda uchraydi.

v). Tasodifan turlar, ular belgilangan maydonlarning 25%i dank am joyda uchraydi.

Ma’lumki, tabiatda uchraydigan tirik organizmlar va ularni o’rab turgan o’lik jinslar bir-birlari bilan doimiy uzviy bog’liq bo’ladi. Har qanday katta-kichik biologic sistemalar o’z ichida uchraydigan harakatdagi organizmlarni qamrab oladi. Ularni bir- birlari va tashqi muhit omillari bilan munosabatlarini boshqarib, shi sistema ichida biotic tuzilishda energiyaning oqimini, uning tirik yoki o’lik qismida moddalar almashinishini ta’minlaydi. Bunday birlik ekologik sistema yoki ekosistema deb ataladi.

Ekosistema ekologiyaning asosiy funksional birligi bo’lib, unga tirik organizmlar va muhit omillari kabi komponentlari kiradi, ular bir-birlariga ta’sir qiladi. Yer yuzasida hayorning tiriklik va tabiat qonunlari ekosistemalar darajasida o’rganiladi.

Ekosistema biotop va biotsenozdan iborat bo’lib, bu sistema bo’yicha joining relefe, iqlim,botanik, zoologik, tuproq, gidrologik va gioximik nuqtai-nazaridan ekosistema butun abiotik va biotic omillarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik ekosistemalar uzoq evolyutsion rivojlanish va turlarning yashash muhitiga moslashishi jarayonida tashkil topgandir. Ekosistemalar o’z navbatida birlashib, biosferani hosil qiladi. «Ekosistema» atamasi birinchi marta ingliz ekologik olimi a.Tensli (Tansli, 1935) tomonidan fanga kiritilgan. Shu davrda V.N.Sukachevning “biogeotsenoz” atamasi ham kiritilgan.

“Biogeotsenoz” va “Ekosistema” atamalarining tushuinchasibir-biriga yaqin, lekin bir-birini qaytarmaydi. Ular to’la o’xshash emas, ikkala holatda ham tirik organizmlar va ular guruhlarining yig’indisi bir- birlari muhit bilan munosabatini ifodalaydi.


Download 3.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling