MITOTIK BO’LINISH
(Mitoz yunoncha –ip degan
manoni beradi) Hujayraning
hayotiy sikli va bo’linishi.
Yangi bo‘linib hosil bo‘lgan hujayra hayotida differensiatsiya ro‘y beradi, u maxsus faoliyatini bajarishga
moslashadi, funksiyasini o‘taydi, qariydi va nihoyat o’ladi.
Hujayra sikli ikki qismdan:
interfaza va mitoz . ---------------------- Ikki bo‘linish oralig’i
interfaza
hisoblanadi.
Interfaza 3 davrni o‘z ichiga oladi:
1)
Bo’linishdan keyingi ya’ni sintezdan oldingi—
birinchi o ‘sish (G
1
) davri
2)
DNK sintezi ro‘y beradigan davr
(S); Sintez davri
3)
sintezdan keyingi yoki mitozdan oldingi—
ikkinchi o ‘sish (G
2
) davri.
Interfaza yakunida, odatda hujayrada mitotik bo’linish (
M) ro‘y beradi. Hujayraning bo‘linishga tayyorlanishi
(interfaza) va bo‘linishi (mitoz) uning mitotik sikli hisoblanadi.
Organizm hayoti davomida ko‘pgina hujayralar almashinib turadi. Bundan nerv hujayralari mustasno.
Nerv hujayralari organizm tug'ilgandan keyin o‘sadi, murakkablashadi, ammo qayta hosil bo‘lmaydi,
demak ularda bo‘linish hodisasi ro‘y bermaydi.
Birinchi o ‘sish (G
1
) davri-- hujayrada o ‘sish, oqsillar va RNK to ‘planishi bilan boshlanadi. Bu jarayon
natijasida hujayra o'zining shunday massasiga ega boiib qoladiki, u mitotik siklning keyingi --
S davrining
boshlanishini taqozo etadi. G
1
davr mobaynida DNK yangi molekulasini va uning sintezini, RNK va oqsil
metabolizmini ta’minlovchi fermentlar sistemasi hosil boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: