Organizmlarning ko’payishi
Download 431.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5433971100818084363
Metafaza. Bu davming boshlangich bosqichida xromosomalar hujayraning ekvator qismiga siljiydi. So‘ng
barcha xromosomalar sentromerlari bilan hujayra ekvatori yuzasi bo‘ylab joylashadi. Metafazada xromosoma to‘liq shakllanadi. Shunday qilib, ko‘z ilg‘amas darajada va o‘ta uzun xromatin ipchasining spirallashishi va batartib taxlanishi oqibatida zich, qisqa xromosomalar hosil bo’ladi.Har bir sentromera xromosoma yelka laridan turli masofada joylashib har xil kattalikdagi yelkalarga ega bo‘lgan xromosomani shakllantiradi. Hujay raning har bir qutbidan yo‘nalgan urchuq iplari bitta xromosomaning sentromerasiga ikki tomondan birikadi. Anafaza. Har bir xromosoma bo‘ylamasiga alohida qiz xromatidasiga ajrala boshlaydi va sentromera ham ajraladi. Xromosomaning sentromera sohasidan xromatidlarga ajralib, hujayraning ikki qutbga tortilishi ro‘y beradi. Bu tortilishni sentromeraga birikkan, urchuq iplarining tarkibiga kiruvchi qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan aktin va boshqa oqsillar taminlaydi. Shunday qilib, xromatida tarzidagi qiz xromosomalari hujayraning ikki qutbiga tengma-teng miqdorda taqsimlanadi. Telofaza. Bo’linayotgan hujayraning o ‘rtasida siqiqlik paydo bo’la boshlaydi. Bir ipli xromosoma - xpomatida spirallari yoyiladi - dispirallashadi va interfaza holatidagi xromatin ko‘rinishiga ega boladi. Hujayradagi siqiqlik butun hujayrani qamrab, bo’linish botiqligini hosil qiladi. Hujayrada yadrocha shakllanadi va yadro qobigi hosil bo’ladi. Botiqlik chuqurlashib, hujayrani bo’ladi,ya’ni sitoplazmaning bo’linishi ro‘y beradi va hujayra 2 ta qiz hujayrasiga ajraladi. Doimo hamma hujayralarda ham mitoz jarayonidagi davrlar oxirigacha davom etavermaydi Ayrim hujayralarda xromosoma soni bir necha marta ortadi vo bu jarayon G2 dan so‘ng hujayra yadrosining qobigi saqlangan holda,urchuq iplari hosil bo’lmasdan ro‘y beradi. Ba’zan yadro profazadagi kabi erib ketsa- da, xromosomalar hujayra qutblariga tarqalmaydi va xromosomalarning xromatidalarga ajralishi bilan qayta yadro qobig'I hosil boiadi. Natijada xromosoma soni ona hujayranikiga nisbatar 2 marta ortgan poliploid hujayra hosil boiadi. Bu jarayonga endomitoz deyiladi. Poliploid hujayraning o ‘zi xuddi shunday jarayonni qayta o‘tab xromosoma sonini yana ham orttirib olishi mumkin. Ba’zan mitoz jarayonining oxirgi davrida qutblangan xromosomalar atrofida alohida yadrolar hosil boiadi- yu, lekin sitokinez kechmaydi. Buning oqibatida ikki yadroli (har bir yadrosidagi xromosomasoni ona hujayrasiga teng bo’lgan,diploid) hujayra paydo bo’ladi. Download 431.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling