3)
Kurtaklanish usuli bilan ko'payishda ona organizmi (hujayra)da yadroning bir qismini tutgan
sitoplazmatik do‘mboqcha — kurtak paydo bo‘ladi. Do‘mboqcha o ‘sadi va ona qismidan ajraladi. Ayrim
bakteriyalar va kipriklilar shu zaylda ko‘payadi.(Achitqi)
4)
Spora hosil qilish (sporogoniya). Bu xil ko‘payish ayrim o’simlik va bir hujayrali mavjudotlarning
ko‘payish usuli hisoblanadi. Spora — bu ko‘payish jarayonini ta’minlovchi va tashqi ta’sirdan saqlanish
uchun qobiqqa o‘ralib olgan hujayralar to‘plamidir. Jinssiz ko‘payishning bir xili bo‘lgan sporogoniyani ayrim
bakteriya (yoki bir hujayrali organizm, masalan, ichak balantidiysi, lambliya) larning spora hosil qilishidan
farqlamoq lozim. Bu xil sporalanish ko‘payish uchun emas, balki noqulay sharoitdan saqlanishgagina yoki
tarqalishi xizmat qiladi.(xlorella, xlamidomanada,zamburug’)
Ko’p hujayralilarda:
1) Kurtaklanib ko‘payish usulida ko‘p hujayrali organizm tanasining bir qismidagi hujayralar to‘plamidan
yangi organizm hosil bo‘ladi. Masalan, gidralar ko‘payishida ona organizmidan hujayralar to‘plamidan
iborat kurtak hosil bo‘ladi va so‘ng u ajralib, alohida organizmni yaratadi.Halqali va kiprikli chuvalchanglar
ma’lum qismlarga bo'linib har bir qism o‘z navbatida yangi organizm hosil qilishi
mumkin.G’ovak,Kovakichli,Halqali
2) Fragmentatsiya usuli tana bo’laklari orqali ko’payish usuli bo’lib,regeneratsiya
jarayoniga asoslangan. Suv o’tlarida (spirogira)da, g’ovak tanlilar,kovakichlilar,yassi
chuvalchang,igna tanlilar
3) Vegetativ ko’payish usuli o’simliklarni qalamcha,gajak,ildizbachkisi,tugunak,piyozcha,ildizpoya orqali
ko’payish.
Tugunak orqali: Kartoshka, batat, shoyigul,
Do'stlaringiz bilan baham: |