Organizmlarning ko’payishi
DNK sintezi ro‘y beradigan (S
Download 431.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5433971100818084363
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi o ‘sish (G 2 ) davri
- Profaza, Metafaza, Anafaza, Telofaza
DNK sintezi ro‘y beradigan (S) davr-- davri hujayra siklining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Sintetik
davrsiz somatik hujayralarda mitoz ro‘y bermaydi. Bu davrda DNK reduplikatsiyasi, ya’ni yangi DNK molekulasining sintezi ro‘y beradi. S davr so‘ngida hujayra ikki molekula DNK ga ega bo‘ladi (mitoz jarayonida hosil boladigan har bir qiz hujayrasiga bir molekuladan DNK ni taqsimlab berish uchun ko‘rilgan tayyorlanish ro‘y beradi) Sintetik davrda hujayra organoidlari ham ortadi. Ikkinchi o ‘sish (G 2 ) davri-- G2 davrda RNK va bolinish jarayonini ta’minlovchi oqsillar sintezlanadi (ayniqsa, bolinish dukini hosil qiluvchi oqsillarning sintezlanishi diqqatga sazovordir). Mitoz bosqichi Somatik hujayralar mitoz yo’li bilan bo’linib ko‘payadi. Mitozda hujayrada ketma-ket ro‘y beradigan 4 davr tafovut qilinadi: Profaza, Metafaza, Anafaza, Telofaza Mitoz jarayonida hosil bo’lgan 2 ta qiz hujayra ona hujayraga xos bo‘lgan barcha tuzilmalarga va,ayniqsa, to’liq irsiy materialga ega bo‘ladi.Mitoz natijasida genetik modda ikki qiz hujayra o‘rtasida teng bo‘linadi. Profaza. Bu davrda interfazada unchalik ko‘z ilg‘amas genetic mahsulot - xromatindan oddiy yoruglik mikroskopida ham yaqqol ko‘rinuvchi xromosomalar shakllana boshlaydi.Xromatinlar spirallashadi va buraladi – xromatin iplari yo‘g‘onlashadi, qisqaradi. Shunday qilib, shakllanayotgan har bir xromosoma 2 ta xromatin ipidan iborat bo‘lib, ular bir-biri bilan sentromera orqali qo‘shiladi. So‘ng xromosomalar yadro qobig'I bo‘ylab joylashib oladi. Xromosomaning spirallashishi kuchayib, uning kaltalanishi ro‘y beradi.. Har bir juft sentrioladan yangi mikronaychalar hosil bo‘lib, bir-biriga qarab yo‘naladi. Ikki qutb sentriolalardan yo‘nalgan mikronaychalar urchuq iplarini hosil qiladi. Profaza davomida yadro qobig‘i parchalanib ketadi, yadrocha yo‘qoladi. Endi sentriolalar va ulami tutashtirib turuvchi urchuq iplari sitoplazma o‘rtasiga siljiydi. Sitoplazmada erkin joylashgan xromosomalar hosil bo‘lishi davomida ular urchuq ipiga o‘ralashib ketadi. Urchuq ipining to ‘la shakllanib borishi bilan sentriolaning har bir jufti bir-biridan uzoqlashib boradi, hujayra anchagina cho'ziladi. Download 431.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling